1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov
TO’SATDAN O’TKIR VA SURUNKALI ZAHARLAIISH TO’G’RISIDA
Download 2.35 Mb. Pdf ko'rish
|
электрон-дарслик-КГ (2)
TO’SATDAN O’TKIR VA SURUNKALI ZAHARLAIISH TO’G’RISIDA
TUSHUNCHA 470 Tibbiyotda fiziologik faol moddalar bilan zaharlanishning ikki turi: birdaniga o’tkir (qattiq) zaharlanish va surunkasiga zaharlanish bir-biridan farq qilinadi. Ta’sirchan, zaharli moddalarning organizmga bir yo’la ko’p miqdorda tushishi oqibatida sodir bo’ladigan zaharlanish b i r d a n i g a o’ t k i r z a h a r l a n i sh deb ataladi, mazkur ta’sirchan moddaning uzoq vaqt mobaynida organizmga oz-ozdan tushib turishidan zaharlanish holati s u r u n k a l i z a h a r l a n i sh deb ataladi. Organizm birdaniga, favqulodda zaharlanganida yuzaga chiqadigan elementlar surunkali zaharlanishda kuzatiladigan alomatlardan farq qiladi. Masalan, kuchli ta’sir ko’rsatadigan biror fosfororganik moddaning o’ldiradigan miqdori (dozasi) hayvon organizmiga bir yo’la yuborilsa, hayvon darrov bezovtalanib, g’ayri-tabiiy holatga keladi: muskullari tortishadi. Juni xurpayib, nafasi bo’g’ilib qoladi, og’zidan so’lak oqib, ichak pyeristal’tikasi (to’lqinsimon harakati) kuchayadi. Hayvonning qon aylanishi buziladi, oqibatda nafas olishi qiyinlashib, o’ladi. Pesticidlar, kimyoviy moddalar bilan surunkasiga zaharlanishda o’zgacha holatlarni kuzatish mumkin. Bunda zaharlanishga xos belgilar asta-sekin avj olib boradi, jumladan turli muskul guruhlari, xususan orqa oyoq muskullari asta-sekin falajlanadi, yurak muskullari spazmaga yo’liqadi, yutish hamda hazm qilish qiyinlashib, hayvon ozib-to’zib ketadi va oqibatda o’ladi. Bir turdagi zaharli moddalar organizmga oz-ozdan, biroq su-runkasiga tushib turganda zaharlanish alomatlar kelib chiqishiga yana bir sabab shuki, ta’sirchan kimyoviy moddalar (xususan lipoidotrop, ya’ni yog’larga singiydigan moddalar - DDT, al’drin, geksaxloran a boshqalar) tyeri osti yog’ to’qimalariga asta-sekin to’planib boradi (zahar depolarini hosil qiladi). Sodir bo’lishi mumkin bo’lgan o’tkir zaharlanish yoxud surunkali zaharlanish bo’lsin, ularning kelib chiqish mexanizmi mohiyatini atroflicha |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling