1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov


PESTICIDLAR VA TASHQI MUHIT


Download 2.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/165
Sana04.11.2023
Hajmi2.35 Mb.
#1748082
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   165
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ (2)

PESTICIDLAR VA TASHQI MUHIT 
Insoniyat yashab faoliyat ko’rsatayotgan tabiiy muhit odamning 
chiqindilari bilangina ifloslanib qolmasdan, balki tabiiy jarayonlar 
(vulqonlar otilishi, geyzyerlar natajasida, keng ko’lamda yong’inning sodir 
bo’lishi, tabiiy chirish jarayonlari va boshq.) natijasida ham ma’lum 
darajada ifloslanishi qayd etiladi. Asosan insonning tez suratlar bilan 
o’sayotgan ishlab chiqarish faoliyati tufayli biosfyeramiz ifloslanmoqda. 
Insoniyatning kimyo sohasida erishayotgan yutug’i xalq xo’jaligini 
rivojlantirish bobida g’oyat katta omil bo’lib hisoblansada, lekin shu bilan 
bir vaqtda gigienik jihatdan muhim bo’lgan bir qancha mu-ammolarni ham 
tug’diradi, kimyo fani va uning ko’pgina jabhalari tez rivojlanish bilan bir 
vaqtda, zo’r muvaffaqiyatlar qozonib, hozirgi kunda xalq xo’jaligini 
rivojlantirishning juda muhim vositasi bo’lib qolgan gigiena fani tirik 
organizmga, avvalo odam orga-nizmiga salbiy ta’sir qilishi mumkin 
bo’lgan kimyoviy moddalar ta’-sirini atroflicha, har tomonlama o’rganib 
boradi. Ayni vaqtda maz-kur moddalarning tashqi muhitda, umuman 
biosfyerada qanday o’zga-rishlarga uchrashini (bir ob’yektdan boshqasiga 
o’tib turishi, turli muhitlarda yig’ilib-to’planib borishi mumkin-
mumkinmasligi, qan-cha vaqtdan keyin parchalanib ketishi va boshqalar) 
o’rganadi. SHu bi-lan bir qatorda tashqi muhit va aholi
salomatligini saqlash, 
pesticidlarning organizmga ko’rsatishi mumkin bo’lgan zararli ta’sirini bar 
taraf etish yo’llari va usullari ishlab chiqiladi. CHunki shu xildaga chora-


474
tadbirlar ishlab chiqilmasa, pesticidlar turli yo’llar bilan oziq-ovqat 
mahsulotlari, suv, atmosfera havosi bilan birga organizmga kirib, 
odamlarning salomatligiga yomon ta’sir qilishi mumkin. 
Ziroatchilikda, madaniy o’simliklarni parvarishlashda margimush va 
simob preparatlaridan foydalanish oqibatida odamlarning pesticidlar 
o’rnida ishlatiladigan mazkur moddalardan zararlangani XVIII asrdayoq 
ma’lum bo’lgan. 
XIX asrning oxiri XX asrning boshlariga taalluqli ma’lumot-lardan bu 
preparatlar bilan zaharlanish hollari endi Yevropada, xususan Gyermaniya, 
Franciya, Ispaniya va boshqa mamlakatlarda ham uchrayotganligi ma’lum 
bo’lmoqda. SHuningdek, bu manbalarda odamlar-ning nikotin, mis, fosfor, 
brom va cianamidlar singari preparat-lardan ham zaharlangani tilga olinadi. 
CHunonchi, 1945-1949 yillar mobaynida zaharli kimyoviy moddalardan 
1700 kishi, 1950 yildan 1954 yilgacha 7300 kishi zaharlanganligi chet el 
tibbiyotiga taalluqli adabiyotlarda qayd etilgan, 1955-1959 yillarda esa 
kimyoviy preparatlardan zaharlangan kishilar soni 15000 dan ziyod 
bo’lgan. 
Keyingi o’n yilliklarda qishloq xo’jalik zararkunandalariga va 
kasalliklariga qarshi, shuningdek boshqa maqsadlarda qo’llanila-digan 
pesticidlar turi (assortimenti) yangi fosfororganik birik-malar hisobiga ortib 
bordi, shular bilan birga yangi birikmalar sinfi - karbomatlar, fenoksiacetat 
kislota va triazin unumlari hamda boshqa kimyoviy birikmalar hisobiga 
ancha kengaydi. O’z-o’zidan ma’lumki, qo’llanuvchi kimyoviy moddalar 
turining ortishi bu moddalarning keng ko’lamda ishlatilishidan darak 
byeradi. Keyingi 25 yil ichida zaharli kimyoviy moddalarni qo’llaydigan 
mamla-katlarda bu ta’sirchan moddalardan zaharlangan kishilarning soni 
bir necha o’n mingdan ortib ketgan. Ko’pchilik hollarda odamlarning 
yoppasiga zaharlanish hollari ham sodir bo’lib turadi. CHunki aholi 
tomonidan sotib olinadigan oziq-ovqat mahsulotlariga, shuninldek ro’zg’or 


475
buyumlariga pesticidlar yuqib qoladi. Tiofos, GUCG, geksaxloran, teodan, 
polixlorpinen va boshqa preparatlar noto’g’ri tashilishi, saqlanishi va 
ishlatilishi natijasida suv, havo, tuproq, oziq-ovqat mahsulotlari, 
etishtiriladigan tabiiy ne’matlar ular-dan zararlanib, shular orqali inson 
organizmiga tushishi natija-sida turli ko’rinishdagi zaharlanishlar sodir 
bo’ladi. Bu borada surunkali zaharlanish salmoqli o’rin tutadi. 
Zaharli kimyoviy moddalarni ehtiyotlik bilan saqlash va ishlatishga 
doir gigiena normativiga bekamu ko’st amal qilib borish aholi salomatligini 
saqlashning ishonchli yo’li hisoblanadi, ularning tashqi muhitdagi miqdori 
gigiena normativlaridan ortib ketishiga mutloq yo’l qo’yib bo’lmaydi. 
Pesticidlarni ishlatish me’yoriga (normalariga), muddatlariga, ayrim 
formalarining ishlatish qoidalariga qattiq amal qilib bo-rish katta ahamiyat 
kasb etadi. Turli buyum va asboblarning sirtida ma’lum darajada yuqi 
qoladigan va meva hamda sabzavotlarning bir- 
muncha ichkari qatlamlariga o’ta oladigan moyli emul’siyaldr ko’proq 
xavfliligi bilan ajralib turadi. 
Zaharli kimyoviy moddalar noto’g’ri saqlanishi va ishlatshshshi 
natijasida yog’in-sochin suvlari bilan suv manbalariga tushishi mumkin. 
Bunga yo’l qo’ymaslik uchun ariq va hovuzlarning chetlarini 
mustahkamlab, bunday xavfdan ehtiyot qilish kerak. 
Zaharli kimyoviy moddalar ichida ayniqsa xlororganik pesticidlar 
ariqlarda ushlanib qolishi mumkin, shuning uchun ariqlarni vaqti-vaqti 
bilan tozalab turish zarur bo’ladi. 
Qishloq xo’jaligida ishlatiladigan juda ko’p zaharli moddalar tashqi 
muhit ta’siriga chidamli bo’lib, ular suv va tuproqda uzoq vaqt saqlanib 
turishi va tuproqning bir muncha chuqur qatlamlarini o’tishi mumkin 
(masalan, DDT, polixlorpinen, GXCG, al’drin, polixlorkamifen va 
boshqalar shular jumlasidandir). 
Xlororganik moddalarning o’ziga xos xususiyatlaridan biri ularning 


476
suvda yomon erishi va tashqi muhitga chidamli bo’lishidir. 
Gigiena tasnifiga muvofiq, bir qancha xlororganik birikmalar juda 
chidamli preparatlar jumlasiga kiradi. Masalan DDT ishlatilgan joyda 
(tuproqda) u 8-10 yildan keyin, GXCG, al’drin, geptaxlor kabi preparatlar 
esa 4-6 yildan keyin ham tuproqda saqlanganligi aniqlangan. Lindan 
preparati 2-4,5 yil mobaynida tuproqning yuqori qatlamida saqlanib turish 
xususiyatiga ega va asta-sekin tuproqning chuqur qatlamlariga singib 
boradi. Preparatning tuproqda qanchalik uzoq saqlanishi tuproq turiga 
(tipiga) bog’liq ekanligi ham aniqlangan. Organik moddalarga boy 
tuproqlarda pesticidlar minyeral moddalarga boy tuproqlarga qaraganda 
ko’proq to’planadi. Zaharli moddalardan saqlanishda tuproq 
mikroorganizmlari, qor va yomg’ir suvlari ko’p-ozligining ham ahamiyati 
bor. Organik birikmalarning tuproqda qanchalik to’planib borishi 
preparatlarning qanday normada va necha marta ishlatilganligiga ham 
bog’liq bo’ladi. Bu pesticidlar o’simlik va hayvonlardan olinadigan 
mahsulotlarda ham to’planib boradi, ularning o’simliklarda qanday miqdor 
va qancha muddatda saqlanib turishi bir qancha omillarga (faktorlarga) 
uzviy bog’liq bo’ladi. Jumladan, preparatlarning tashqi muhit faktorlari 
ta’siriga chidamsiz va chidamliligiga, qayta-qayta ishlatilishiga, qo’llanish 
miqdoriga, o’simliklarning turiga, zaharli ximikatlar ishlatiladigan nohiya 
yoki viloyatlarning iqlim sharoitiga va boshqalarga bog’liqdir. 
Qishloq xo’jaligida ishlatiladigan xlororganik pesticidlarga qaraganda 
fosfororganik preparatlarning afzalligi shundaki, ular tashqi muhitga 
kamroq chidamli bo’lib, ayniqsa issiq kunlarda zaharsiz mahsulotlarga 
parchalanib ketadi. CHunonchi, tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, 
metilmyerkaptofos o’simliklarning barglarida 30 kun, antio 10 kun, 
fosfamid 7-10 kun saqlanib turadi. Modomiki, shunday ekan, mazkur 
preparatlar singari fosfororganik birikmalar to’g’ri, tadbirkorlik bilan 
ishlatilganida o’simliklar tarkbida ular ko’p to’planib qolmaydi. 


477
O’simliklarni himoya qilishda va ularni parvarishlashda ishlatiladigan 
pesticidlarning mumkin qadar jonivorlarga zarari tegasligi katta ahamiyatga 
ega. SHu boisdan ham jahondagi ko’pgina mamlakatlarning olimlari 
o’simliklarning zararkunandalari va kasalliklariga qarshi kurashda yaxshi 
naf byeradigan, shu bilan birga am va hayvonlar uchun zaharli ta’sir 
ko’rsatmaydigan fosfororanik pesticidlarni kashf etish yuzasidan keng 
ko’lamda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. Hozirgi vaqtda 
xlorofos, karbofos singari kam zaharli preparatlar ishlab chiqarilmoqda. 
Hozirda atroflicha qo’llaniladigan pesticidlarning yana bir guruhi 
karbomatlar, ya’ni karbominat kislota hosilalaridir. Odatda, mazkur
preparatlar ko’pgina zararkunanda hasharotlarga zaharli ta’sir 
ko’rsatadilar, biroq tashqi muhitga kam chidamli bo’lishi bilan ajralib 
turadi. 
Xulosa qilib aytganda, qishloq xo’jaligida qo’llaniladigan pesticidlar 
o’zining fizik-kimyoviy xossalari, tashqi muhitga chidamliligi va boshqa 
xosiyatlari jihatidan bir-biridan anchagina farq qiladi. SHu tufayli oziq-
ovqat mahsulotlari, atmosfera havosi, shuningdek tuproqning ifloslanishiga 
yo’l qo’ymaslik uchun bu preparatlarni to’g’ri tanlab, me’yorida, 
tadbirkorlik bilan ishlatish va ayni vaqtda gigiena qoidalariga bekamu ko’st 
amal qilib borish juda muhim (faqat mazkur ekin uchun ijozat byerilgan 
pesticid namunalarini qo’llash, ularni ishlatish muddatlari, usullari, 
me’yoriga amal qilish, biror maydon dorilangan bo’lsa, belgilangan muddat 
o’tganidan keyingina o’sha maydonga ishlashga chiqish) hisoblanadi. 
Hayvon va o’simliklarning biror turi uchun qishloq ko’jaligida qabul 
qilingan norma va reglamentlarni boshqa turdagi hayvon yoki o’simliklarga 
va boshqa ob’yektlarga qo’llash taqiqlanadi. Umuman, pesticidlardan 
foydalanishda tinimsiz nazorat olib boriladi. 
Qishloq xo’jaligada ko’proq ishlatiladigan ayrim pesticid 
namunalarining tashqi muhitda qanday o’zgarishlarga yo’liqishi haqida 


478
ma’lumotlar keltiramiz. Bu esa o’quvchilarni zaharli kimyoviy 
moddalarning tabiatda qanday holda aylanib yurishi, sifat va miqdor 
o’zgarishlariga uchrashi to’g’risida tasavvur hosil qilishiga yordam 
byeradi. 

Download 2.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling