1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov
DAVOLASH-PROFILAKTIKA MUASSASALARI
Download 2.35 Mb. Pdf ko'rish
|
электрон-дарслик-КГ (2)
DAVOLASH-PROFILAKTIKA MUASSASALARI
331 GIGIENASI Davolash-profilaktika muassasalar gigienasi shu yerdagi mehnat sharoitini tibbiy xizmat xodimlarining sog’lig’iga ta’sirini (kimyoviy va biologik moddalar, fizik omillar va boshqalar), shu muassasalarning qurilish loyihalarini o’rganib ularning gigienik normalarini ishlab chiqadi. Davolash va kasalliklarni oldini olish muassasalarining gigienasi gigienaning ko’p jihatlarini o’z ichiga oladi, jumladan kommunal gigiena, oziq-ovqat va ovqatlanish gigienasi, medicina xodimlarining mehnat gigienasi, ijtimoiy gigiena va boshqalar. Kitobning keyingi sahifalarida davolash va kasalliklarni oldini olish muassasalarining gigienasini shifoxonalar gigienasi deb nomlaymiz, maqsad shu bobni soddaroq yoritishdir. SHifoxonalar gigienasining maqsadi shu sohada yig’ilgan taj-ribalarni o’rganib, sanitariya vrachlarining bilimini oshirishdir. SHuningdek, gigiena, epidemiologiya, baktyeriologaya va boshqa fanlar yutug’ini, kasallarning sog’ayishiga yordam byeradigan tomonlarini amalga tatbiq etishdir. SHifoxona gigienasining vazifasiga: — bemorlar bilan xushmuomalada bo’lish; — kasalxonada kommunal xizmatni yo’lga qo’yish; — bemorlarga byeriladigan medicina yordamini gigienik chora- tadbirlar bilan bog’lab olib borish; — shifoxona xodimlarining hammasini (vrachlar, o’rta va kichik tibbiyot xodimlari) gigiena qonun-qoidalaridan xabardor qilish va buni amalda ko’rsatish; — kasallar va shifoxona xodimlari o’rtasida sanitariya maorifini tashviqot qilish. SHifoxonalarda gigiena fani talablarini amalga oshirish bemorlarning tezroq tuzalipshga ma’lum darajada hissa qo’shadi. Bu degan so’z bemorlarni ish qobiliyati yaxshilanib, ishlab chiqarish unumdorligi oshadi demakdir. Bemor shifoxonaga tushib qolganda o’zini yot muhitga tushib 332 qolgandek his qiladi. YAna buning ustiga bemorlik davrida kishining umumiy kayfiyati yaxshi bo’lmaydi. SHuning uchun ham Sog’liqni saqlash vazirligiga qarashli muassa-salarda bemorlarga shunday sharoit tug’dirish kerakki, ular bir oz bo’lsa ham dardlarini unutib, kayfiyatlarini yaxshilashlari kerak. SHifoxona xonalarining tozaliga, yorug’ligi, kasallar bilan shifoxona xodimlari o’rtasidagi o’zaro munosabatlar samimiyligi kasalning tezroq tuzalishiga yordam byeradi. Ayniqsa davolovchi vrachning xushmuomalasi kasalni parvarish qilishda yaxshi natija byeradi. Bundan tashqari, shifoxona hovlisiga daraxtlar va gullar ekilgan bo’lsa, ariqlardan shildirab suvlar oqib tursa, shuningdek shifoxona shovqin-surondan uzoqroqda joylashgan bo’lsa bemor asabiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Hozir bu sohadagi eng dolzarb masalalardan biri shifoxonalarda ichki infekciyalar tarqalishiga yo’l qo’ymaslikdir, negaki shifoxona ichida tarqalgan infekciya birinchi bo’lib bemorlarga yuqadi, qolavyersa shifokorlarga ham yuqib, ular kasallik tarqatuvchilarga aylanadilar. SHifokorlar o’zlarini va bemorlarni kasal tarqatuchi manbaga aylanishdan ehtiyot qilishlari kerak. Bu esa tibbiyot xodimlari sanitariya saviyasining yuqori darajada bo’lishini taqozo qiladi. SHifoxonalarda sanitariya qoidalariga rioya qilish, poliklinika, ambulatoriya va boshqa davolash muassasalari xodimlarining hamkorligida amalga oshiradigan ishdir. Gigiena yuqtai nazaridan shifoxona xonalaridagi atmosfera havosining sifatiga, kichik iqlim xolatini normada saqlashga, epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarning bajarilishiga va shifoxonalarda uyushtirilgan tartib intizomga ahamiyat berish eng zaruriy ishlardan hisoblanadi. Ayniqsa, shifoxonalarning atmosfera havosiga ahamiyat berish juda zarur. Olib borilgan kuzatishlardan ma’lum bo’lishicha shifoxona xonalarining havosi sutka davomida o’zgarib ketishi aniqlangan. Buning 333 bir qancha sabablari bor. Jumladan, ba’zi bir bemorlarning harakat qilolmay yotishlari oqibatida modda almashuvining buzilishi yoki opyeraciya qilingan bemorlar qabul qilgan dorilarining hidi va boshqalar xona havosini buzib yuboradi. Havo tarkibida ortiqcha gazsimon kimyoviy moddalar, ko’p miqdorda mikroblar aniqlanadi. Bularning hammasi xona havosini buzadi. Masalan, xona havosida ammiak, is gazi, karbonat angidrid, formal’degid, stirol, fenol, mikroblardan stafilokokk, gemolitik streptokokk va boshqalar aniqlanadi. Palatalardagi bunday ahvol bemorlar sog’lig’iga salbiy ta’sir qiladi. SHifoxonalarda ichki infekciyaning tarqalishi bemorlarning tuzalish muddatini birmuncha cho’zmoqda. Aleksandrning fikricha Amyerikada, shifoxona ichki infekciyalarining tarqalishi oqi-batidagi ortiqcha xarajat yiliga 10 mlrd dollarga etadi, Loshanciy dalillari bo’yicha Vengriyada 150- 180 mln forintni tashkil qiladi, Sobiq SSSR da faqatgina 6 xil tyeri, tyeri osti yiringi infekciyasi tufayli bo’ladigan xarajat 750 mln so’mni tashkil qiladi (L.A. Genchikov). SHu dalillardan ko’rinib turibdiki, hozirda shifoxona, poliklinika, ambulatoriya va boshqa davolash muassasalarining sanitariya holatiga, tibbiyot xodimlari sanitariya madaniyatining darajasiga ahamiyat berish eng zaruriy ish bo’lib qoladi. SHifoxonalar uchun qulay yer maydonlarini ajratish, ularni yangi tipdagi loyihalar asosida qurish, vrachlardan tortib kichik medicina xodimlarining gigienik ilmini oshirish, shifoxonalarda infekciyaga qarshi kurashish chora-tadbirlarini amalga oshirish hozirgi kunning talabidir. Aks holda, shifoxona ichki infekciyasi bemorlarga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Ayniqsa tug’ruqxona-lardagi ichki infekciya yangi tug’ilgan chaqaloqlarning o’limiga sabab bo’ladi. Hozir tibbiyot muassasalari sanitariya qonun-qoidalariga rioya qilgan holda hamda Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiq etilgan ko’rsatma va talablar asosida qurilmoqda. Jumladan, 1990- 1992 yilda Sog’liqni |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling