1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov
Download 2.35 Mb. Pdf ko'rish
|
электрон-дарслик-КГ (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ba’zi bir shifoxonalar uchun kasallarning joyiga qarab maydonlarni aniqlash Kasallar joyi (karavotlar soni)
- Bolalar shifoxonasi
334
saqlash vazirligi shifoxonalar hamda poliklinikalarning sanitariya normalari va qoidalarini ishlab chiqdi. SHIFOXONALAR UCHUN JOY TANLASH SHifoxonalarning qurilishi uchun joy tanlashda, uni loyiha-lashda asbob-anjomlar bilan jihozlashda va shifoxonadagi tartib-intizomni ishlab chiqishda, har doim bemorning tinchligini, unga tabiiy omillarning ijobiy ta’sir ko’rsatishini ko’zda tutish zarur. SHuning uchun ham shifoxonalarni shahar xududida joylashtiril-ganda, ular uchun ajratiladigan joylarning etarli bo’lishi, bemor-larning tez tuzalib ketishiga, ular uchun kerakli sharoitlarni tug’-dirishga imkon byeradi (obodonlashtirish, daraxtzor, gulzor, dam olish maydonlarini tashkil qilish va boshqalar). Odatda shifo- xonalarni shahar chegarasida joylashtirish shahar shovqinlaridan ularni asraydi, shahar chetidagi havo ancha musaffodir. Mabodo, yangi loyiha va bosh rejalar asosida qurilayotgan bo’lsa, u holda sog’liqni saqlash muassasalarini alohida sxemasi asosida shahar xududida joylashtirish katta ahamiyat kasb etadi. SHaharlarni kengay-tirilganda shifoxonalar daraxtzorlarga, suv xavzalariga yaqinroq joylarda qurish gigienik talablarga javob byeradi. SHifoxonalar uchun mo’ljallangan joylarning katta-kichikligi shi-foxona qancha kasalga mo’ljallab qurilayotganiga qarab belgilanadi. 46- j a d v a l Ba’zi bir shifoxonalar uchun kasallarning joyiga qarab maydonlarni aniqlash Kasallar joyi (karavotlar soni) 1 karavat uchun yer maydonlarining o’lchovi – m 2 da Umumiy turdagi shifoxonalar Bolalar shifoxonasi 35 50 150 300 400 350 300 150 125 125 - - 250 200 200 SHifoxonalar qancha kichik bo’lsa ularning maydonlari shuncha kat-ta bo’ladi. Jumladan, 50 karavot-ga mo’ljallangan kasalxonada har bir bemor uchun 300 dan 400 m 2 maydon ajratilsa 800-1000 ka- ravotli kasalxonalar uchun har bir bemor o’rniga 80-100 2 maydon ajratiladi. SHifoxonalarni qurish uchun turli tipdagi loyihalardan foydalaniladi. Jumladan, mar-kazlashgan va binolari tarqoq joylashgan ko’p 335 500 600 800 1000 100 100 80 80 135 135 - - Tug’ruqxonalar uchun 40 60 100 120 320 250 230 200 - - - - profilli shifo-xonalarni qurishga mo’ljal-langan loyihalar bor. Markazlashgan shifoxonalarda hamma bo’limlar bir joyda, bir binoda joylashadi, tarqoq shifoxonalarda bo’limlar alo-hida- alohida binolarga joy- lashgan bo’ladi. Jumladan xirurgiya, tug’ruqxonalar, ichki kasallik bo’limlari va boshqalar. Ko’p profilli shifoxonalarning bo’linmalari alohida-alohida binoda yoki bir binoda joylashgan bo’ladi. Masalan, tyerapiya, nevrologiya, kardiologiya bo’limlarini bir binoga joylashtirish mumkin. Katta - 300-400 o’rinli shifoxonalar qurishni loyihalashda bo’limlarni to’g’ri joylashtirishga ahamiyat berish kerak bo’ladi. Lekin, qaysi holat yuz byermasin yuqumli kasalliklar bo’limi, o’likxonalar alohida-alohida binoda bo’ladi. Xo’jalik binolari ham alohida quriladi. Odatda, shifoxonalar kungay tomonga, bahavo joylarga quriladi. SHuningdek, bu joydan havo yo’li o’tmagan bo’lishi kerak. SHunigadek, shifoxonalar shovqin-surondan, sanoat korxonalaridan va sport maydonlaridan yiroqroqda joylashishi kerak. Vodoprovod, kanalizaciya, gaz va elektr tarmoqlari shifoxonalarga yaqin bo’lishi kerak, shunda ularni ulash qulay bo’ladi. SHifoxonalar gigienasining yana bir kerakli tomoni, uning hududini zonalarga (mintaqalar) bo’lishdir. Qo’shimcha tuzilgan sanitariya qonun- qoidasi bo’yicha quyidagi zonalar ko’zda tutiladi. — yuqumsiz kasalliklarni davolash binolari; — yuqumli kasalliklarni davolash binolari; — bog’lar va dam olish zonasi; — poliklinikalar zonasi; — o’likxonalar zonasi; — xo’jalik binolari zonasi. Hozirda bu mintaqalar qatoriga radioizotop laboratoriyasi, av- tomobillar turishi uchun maydonlar ham qo’shilgan. Davolash binolari bir-biridan 30 metr uzoqlikda joylashtiriladi, 336 shifoxonalar umumiy maydonining 60% iga daraxtlar o’tkazilib, dam olish bog’lari barpo etiladi. Har bir karavotga 25 m 2 hisobida ko’kalamzor maydonlar mo’ljallanadi. SHifoxonalar uchun tabiiy omillarning ahamiyatini hisobga olib, umumiy ajratilgan maydon hajmini yanada oshirish mumkin. Masalan, yuqumli kasalliklar va o’simtali kasalliklar hamda salomatlikni tiklash shifoxonalarining maydonlarini 15% dan 25% gacha, bolalar shifoxonalari maydonini 40% gacha oshirish mumkin. Loyihada shifoxonalardagi xonalarning kattaligi va o’zaro bog’lanishlari ko’zda tutiladi. Odatda shifoxonalar uzog’i bilan 9 qavat, xonalar balandligi 3,0-3,3 metr, jarrohlik xonalarining balandligi 3,5 metrga teng bo’ladi. Bir kishilik palatalarning kengligi 2,9 metrga, vrachlar xonasining kengligi 2,4 metrga, palata yo’laklarining kengligi ham 2,4 metrga, jarrohlik va reanimaciya bo’limlari yo’laklarining kengligi 2,8 metrga teng bo’ladi. Yo’laklarning kengligi karavotlarni va bemorlarni tashiydigan zambillarni bemalol olib kirish imkonini byeradi. Download 2.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling