1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov
SHIFOXONALARNING UMUMIY TARTIBI VA XONALARNI PARDOZLASH
Download 2.35 Mb. Pdf ko'rish
|
электрон-дарслик-КГ (2)
SHIFOXONALARNING UMUMIY TARTIBI VA XONALARNI PARDOZLASH
Kasalxonaga tushgan har bir bemor tezda tuzalib oilasiga, jamo-asiga sog’ayib qaytishni o’ylaydi. SHifoxonada bemorlarga dori-dar-monlarni o’z vaqtida byerib turish bilan birga, shifoxona xodimla-rining bemorlar bilan xushmuomalada bo’lishi talab qilinadi. Bu esa o’z navbatida bemorlarning tezda sog’ayib ketishiga hissa qo’shadi. Palata xonalarini asabni tinchlantiruvchi rangga bo’yashning ham ahamiyati katta. Palataning yorug’ va shinam bo’lishi bemorlar bahri-dilini ochadi. Palatalarning devori va shipi nihoyatda tekis suvalgan va bo’yalgan bo’lishi kerak. Devorlar g’adir-budir, notekis bo’lsa uning yuzasida chang to’planib qolishi mumkin. Kafel’ o’rnatilgan devorlarning tepa tomoni albatta gipsli moddalar bilan suvalishi va tekis yuza paydo qilishi maqsadga muvofiqdir. Tez-tez yuvilishi va tozalanishi lozim bo’lgan xonalarning devorlariga sopol plitka va kafellar yopishtirilishi zarur. Havo namligi yuqori bo’lgan xonalarning devorlarini ohakli bo’yoqlar bilan, oyna romlari, mebellar, yo’lak devorlari, zinapoyalar esa yog’li bo’yoqlar bilan bo’yaladi. Ul’trabinafsha nurlar ishlatiladigan xonalarni shu nurlarni shimadigan lak va bo’yoqlar bilan bo’yash zarur. Xona pollari esa ranga loyqalangan bo’yoqlar bilan bo’yaladi, yaltiroq bo’yoqlar bilan polni bo’yalsa yorug’lik kuchli qaytarilib ko’zni charchatadi. Pollarni choki iloji boricha bo’lmasligi kerak, mabodo choki 347 bo’lsa uni maxsus tayyorlangan moddalar bilan byerkitiladi. SHunda polning gigienik nuqtai nazardan tozalipshi saqlash mumkin bo’ladi. Xullas, palata xonalarining pollari tekis bo’lishi maqsadga muvofiq. Haddan tashqari ochiq, yaltiroq bo’yoqlarni ishlatish bemorlarning asabiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Palatalarni chiroyli mebellar bilan jihozlash bemorlar kayfiyatini ko’tarishga yordam byeradi. Olib borilgan kuzatishlardan ma’lum bo’lishicha, kasalxona xodimlarining ishni noto’g’ri uyushtirishlari goho kasallarning shovqin-suroniga sabab bo’ladi, natijada 75-80% bemorlar kasalxonalardagi bo’layotgan shovqinlardan bezor bo’lib shikoyat qiladilar. SHuning uchun, shifoxona xodimlari muomala madaniyatiga amal qilishlari, ortiqcha shovqin ko’tarilishiga yo’l qo’ymasliklari kerak. Ruxsat etiladigan shovqin darajasi kunduzi 35 dB, kechasi 25 dB ga teng. Download 2.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling