1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov
Download 2.35 Mb. Pdf ko'rish
|
электрон-дарслик-КГ (2)
TUG’RUQXONA BO’LIMLARI
Odatda, tug’ruqxonalarni qurish shahar territoriyasidagi, nohiyalardagi aholi sonini hisobga olib loyihalanadi. Loyihada har bir o’rin uchun maydonlar m 2 hisobida ajratiladi. 300 o’rinli va undan ko’proq bo’lgan tug’ruqxonalar uchun har bir o’ringa 124 m 2 , 200 o’rinli tug’ruqxonaning har bir karavotiga 175 m 2 yer maydoni, 100 karavotli tug’ruqxonalar uchun bir karavotga 300- 200 m 2 341 yer maydoni ajratiladi. Tug’ruqxonalar katta ko’chalardan 30 metr ichkarilikda quriladi, unda ko’cha bilan tug’ruqxona orasida 15 metr masofali daraxtzorlar tashkil qilinadi, tug’ruqxona maydonlarining 15% tug’ruqxona binolari uchun quriladi, ko’kalamzor daraxtlar normasi har bir karavot uchun 25 m 2 ga teng. Tug’ruqxonalarda bir necha xonalar bo’ladi. Jumladan: a) tug’ruq oldi xonasi va tuqqandan keyingi fiziologik xona; b) kasal-homiladorlar xonasi; v) chaqaloqlar xonasi; g) kuzatuv bo’limi; d) qabul qilish xonasi hamda ko’zi yorigan ayollarni uyiga kuzatish xonasi. Bunday xonalarning bo’lishi ko’zi yorigan ayollarga gigienik jihatdan yuqori saviyada xizmat ko’rsatishga sharoit tug’diradi. Keyingi yillarda shifoxonalarni loyihalashda reanimaciya va anesteziologiya bo’limlarini kengaytirish ko’zda tutilmoqda. Jumladan: reanimaciya zali uchun - 38-40 m 2 , reanimaciya oldi xonasi - 18 m 2 , shoshilinch analizlar laboratoriyasi - 24 m 2 ; qon saqlanadigan va uning gruppasini aniqlash xonasi uchun - 8 m 2 maydon ajratiladi. Qo’shimcha apparatlar xonasi uchun - 15 m 2 , xodimlar xonasi uchun - 10 m 2 , kasalni yuvintirish xonasi uchun - 8 m 2 , katta hamshira xonasi uchun - 10 m 2 , xo’jalik xodimlari xonasi uchun - 10 m 2 , bir qavatli jadal davolash xonasi uchun - 10 m 2 , hamshira posti uchun - 5 m 2 joy ajratiladi. SHifoxonalar va boshqa xonalar havosi me’yorida bo’lishi zarur. Buning uchun xonalar haroratini va ularda havo almashinipshni muntazam kuzatib turish katta ahamiyatga ega. 49-j a d v a l Download 2.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling