1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov
SHIFOXONALARNING SANITARIYA VA TEXNIKA ANJOMLARI
Download 2.35 Mb. Pdf ko'rish
|
электрон-дарслик-КГ (2)
SHIFOXONALARNING SANITARIYA VA TEXNIKA ANJOMLARI
Har qanday shifoxonalar jamoa joyi bo’lib, ularni obodonlashtirish talab qilinadi. YA’ni, shifoxonalarni kanalizaciya, vodoprovod, issiq suv bilan ta’minlash sanitariya tartib-intizomini amalga oshirish imkonini byeradi. SHuning uchun, shifoxonalarni shahar vodoprovod, kanalizaciya, issiqlik tarqatuvchi shohobchalarga ulash qulay bo’lgan joylarga qurish kerak. Bularning hammasi ishlab chiqilgan loyihalarda ko’rsatiladi. Har bir bemorga sutkasiga 300-400 litr suv etkazib byerilishi kerak. SHifoxonalarning chiqindi suvlarini yaxshilab tozalaydigan inshootlarga yuboriladi. Unda chiqindi suvlarni zararsizlantirish uchun zamonaviy usullardan, ya’ni biologik, qayta tozalash va zararsizlantirish usullaridan foydalaniladi. Bu ishlar yuqori malakali injenyer-texniklar yordamida amalga oshiriladi. YUqumli kasalliklar shifoxonalarining chiqindi suvlarini zararsizlantirish uchun vaqtinchalik ishlab chiqilgan tavsiyanomadan foydalanish kerak (tavsiyanoma 1978 yili Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan 8 avgustda tasdiqlangan). Bunday chiqindi suvlar tarkibida juda ko’p miqdorda patogen mikroorga-nizmlar mavjud bo’lib, ular aholiga juda katta xavf tug’diradi. Bu chiqindi suvlar tarkibida vabo kasalligini, qorin tifini, ichburug’ni chaqiruvchi mikroblar, brucellyoz, sal’monellyoz, kuydirgi, sil va boshqa 345 og’ir yuqumli kasalliklarni chaqiruvchi mikroblar, turli gijja tuxumlari, sarig’ kasalligini tarqatuvchi viruslar, entyeroviruslar va boshqalar bo’ladi. YUqumli kasalliklar shifoxonasining chiqindi suvlarini tozalash, zararsizlantirish inshootlari shifoxona hududiga sanitariya himoya chegaralarini hisobga olib quriladi. Ular chiqindi suvlar miqdoriga bog’liq. Jumladan, bir sutkalik chiqindi suv miqdori 200 m 3 ga etganda sanitariya himoya chegarasi boshqa binolarga nisbatan 100 metr, 500 m 3 ga etsa 150 metr bo’ladi. Tozalash inshootlarining atrofi 1,6 metr balandlikda devor bilan o’ralib, ko’kalamzorlashtiriladi. Yo’llar yoritilib asfalt yotqiziladi, yo’llarning eni 3,5 metr bo’ladi. Tozalangan va mikroorganizmlardan, gel’mintlardan zararsizlantirilgan chiqindi suvlar ochiq suv havzalariga oqiziladi. CHiqindi suvlarni zararsizlantirish natijasini nazorat qilish maqsadida bir sutkada eng kamida 3-4 marotaba chiqindi suv namunasi qoldiq xlorga va ichak tayoqchalariga tekshiriladi. Qoldiq xlor miqdori bir litr suvda 1,5 mg dan kam bo’lmasligi kerak, chiqindi suv biologik tozalashdan so’ng va xlorlangandan keyin uning koli indeksi uzog’i bilan 1000 bo’lishi kerak. Bu ishlarni bajarish uchun tozalash inshotolarida kontaktli katta rezyervuar (idish), xlorator asbobi, cho’kmani olish uchun moslama va boshqa laboratoriya anjomlari bo’lishi talab qilinadi. SHifoxona binolarining issiq va sovuq suv bilan ta’minlanishi bemorlar uchun qulay sharoit tug’diradi. Bu esa o’z navbatida bemorlarning shaxsiy gigiena talablarini bajarishga yordam byeradi. SHifoxonalarning elektr enyergiya sistemasi shahar yoki nohiya elektr enyergiyasi setiga ulangan bo’lishi kerak. Ba’zi bir hollarda elektr enyergiyasi bo’lmay qolganda, kasalxona og’ir holatga tushib qolmasligi uchun uning o’zini elektr enyergiya ishlab chiqadigan uskanalari, ya’ni kichik elektrodvigatellari bo’lishi kerak. Palata va xonalarni yoritish uchun sut rangiga ega bo’lgan 346 yoritgichlardan foydalanish tavsiya qilinadi. Lyuminescent lampalar ham ishlatilishi mumkin. Umuman olganda xuddi kunduzgidek yorug’lik tarqatuvchi lampalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bulardan tashqari har bir karavot boshiga kichik joyni yoritish maqsadida stol usti yoritish lampalari o’rnatiladi. SHifoxonalarni yoritishda sanitariya normasi va qoidasidan foydalaniladi. Download 2.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling