1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov


YUqumli kasalliklar bo’limi


Download 2.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/165
Sana04.11.2023
Hajmi2.35 Mb.
#1748082
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   165
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ (2)

YUqumli kasalliklar bo’limi. Bu bo’limlarning o’ziga xos tomonlari 
ularni qurish uchun maxsus loyihalar chizishni taqazo qiladi. Asosiy 
maqsad, bo’lim ichida boshqa yuqumli kasalliklarning tarqalishini oldini 
olishga qaratilgan bo’ladi, hamda bo’limdagi bemorlar o’z kasalliklarini 
boshqalarga yuqtirmaslik chora-tadbilari kuriladi. SHuning uchun ham 
yuqumli kasalliklar bo’limi, shifoxonalar hududida alohida binoga 
joylashtiriladi. 
YUqumli kasalliklar bo’limida har bir infekciya uchun boks yarim 
boksli xona bo’lib, tashqi tomondan bemorlarni kirishi uchun mo’ljallangan 
eshik qurish ko’zda tutiladi. Bu boksining ichki tomonida bemor uchun 
zarur sharoitlar tug’diriladi. U tuzalgandan so’ng o’sha tashqi eshikdan 
chiqarib yuboriladi. 
Boks tarkibiga palata (1 yoki 2 o’rinli), hojatxona, vanna va xodimlar 


340
kirib-chiqishi uchun mo’ljallangan shlyuz va yo’lakcha kiradi. Bir o’rinli 
boks uchun 22 m
2
va ikki o’rinli boks uchun 27 m
2
joy ajratiladi. 
YArim boksli xonalarning o’ziga xos tomoni shundaki, ularning 
eshiklari tashqi tomonga ochilmaydi, kasallarni qabul qilish yoki jo’natish 
bo’lim yo’laklari orqali amalga oshiriladi 
Ikki qavatli yuqumli kasalliklar shifoxonasida boks va yarim bokslar 
har bir qavatda tashkil qilinadi. Boksli yoki yarim boksli qismlardan 
tashqari, yuqumli kasalliklar shifoxonasida umumiy palatali bo’limlar ham 
bo’ladi. Bu palatalarda albatta bir xil kasallikka uchragan bemorlar 
davolanadi. Jumladan, qorin tifi bilan og’rigan bemorlar bir bo’limda, 
sarig’ kasali bilan og’rigan bemorlar ikkinchi bo’limda davolanadilar. Har 
bir yuqumli kasallik bo’limi alohida-alohida bo’lishi kerak. 
Sog’liqni saqlash tajribasidan ma’lum bo’lishicha yuqumli 
kasalliklarni qabul qilish uchun eng kamida 4 bo’lim bo’lishi talab qilinadi. 
Jumladan, boks, yarim boksli bo’limlar va kichik palatali bo’limlar. Bu 
bo’limlarning ichki va tashqi eshiklari bo’lib, kasallar tashqi eshik orqali 
qabul qilinadi. Ichki eshik esa shifoxona xodimlarining kirib-chiqishi 
uchun mo’ljallangan bo’ladi. Idish-tovoqlar bo’limning o’zida tozalab 
yuviladi, qaynatiladi, bir bo’limning idish-tovog’i ikkinchi bo’limga 
byerilmaydi. 

Download 2.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling