1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov


MIKROBLARGA QARSHI KURASH


Download 2.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/165
Sana04.11.2023
Hajmi2.35 Mb.
#1748082
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   165
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ (2)

MIKROBLARGA QARSHI KURASH 
SHifoxonalarda ichki mikroblarning tarqalishini oldini olish uchun 
infekciyalar bilan zararlangan bemorlarni ajratib, ularni alohida palatalarda 
izchillik bilan davolash, ular bilan muloqotda ehtiyot bo’lish, ya’ni nafas 
yo’llariga fil’trli niqoblar kiyish, palataga kirishdan oldin va chiqqandan
so’ng qo’lni dezinfekciya 
qilish, bemor foydalangan narsalarni maxsus idishlarda dezinfekciya 
eritmalariga solib olib chiqib ketish kerak bo’ladi. 
Palata yoki shifoxonalarda olib boriladigan tadbir-choralar qanday 
infekciya bo’lishidan qat’i nazar epidemiologik holatga qarab belgilanadi. 
Masalan; adenovirus infekciyalari tarqalsa, birinchidan shaxsiy gigiena 
qoidalarini bajarish tavsiya etiladi. SHuningdek yo’talganda, aksirganda 
qo’l bilan yoki dastro’mol bilan og’iz-burinni to’sish, bemor tomonga 
qarab yo’talmaslik, aksirmaslik, kundalik dizenfekciya ishlarini olib borish
bemorlarni ajratilgan palatalarda saqlash va davolash maqsadga 
muvofiqdir. 
SHifoxona ichki infekciyasi tarqalishining oldini olish ishi sanitariya 
vrachlari bilan klinicistlar va elidemiolog, baktyeriologlar hamjihatligida 
olib borilishi kerak. 
Infekciya tarqalishining oldini olish uchun bemorlarni davolashda 
antiseptik dorilardan foydalanish, ularni sifatli ovqatlantirish, vaqti-vaqti 
bilan palatalarni shamollatish, dezinfeciya ishlarini bajarish kerak bo’ladi. 


353
Bemor atrofidagi muhitni yaxshilab, kerakli sharoitni tug’dirish, 
shuningdek infekciya bilan zararlangan zonalarda karantin e’lon qilish 
katta ahamiyatga ega. 
Masalan, yangi tug’ilgan bacilla tashuvchi bolalar burnining shilliq 
qavatlariga antiseptik kremlardan surilsa, bacilla tashuvchilar miqdori 100-
80% dan 20% gacha kamayadi. YOki shifoxonalarda ishlatiladigan 
choyshab, sochiq va ko’rpa-to’shaklarni dezinfekciya qilish maqsadida 
ularga dezinfekciya qiladigan moddalar shimdiriladi. Maqsad, yuqorida 
zikr qilingan narsalar orqali bemorlarga mikroblar yuqishini oldini olishdir. 
Kimyoviy dezinfekciya moddalaridan biri emul’sol’ eritmasi bo’lib, 
0,5 kg emul’sol’ 1 litr toza suvda eritiladi so’ng unga choyshab va boshqa 
narsalar bo’ktirib qo’yiladi, 2-3 minut o’tgach emul’siyaga bo’ktirilgan 
narsalar olinib siqiladi va yoyib qo’yiladi. Palata xonasi sut kislotasi, glikol 
va boshqa kimyoviy moddalar bilan ham dezinfekciya qilinishi mumkin. 
Palatalardaga infekciyalarni yo’q qilish uchun fizik usullardan ham 
foydalanish mumkin. Bu o’rinda palatalarni infekciyalardan tozalashda 
ul’trabinafsha nurlaridan foydalaniladi. 
Dezinfekciya turli buyumlarni infekciyalardan tozalash maqsadida 
qilinadi. Buning uchun mikroblarni yo’q qiladigan usullardan 
foydalaniladi. Dezinfekciya yordamida turli mikroblarning tarqalishi 
kamayadi. 
Nemis olimlari dezinfekciyani darajasiga qarab 4 guruhga bo’lishni 
tavsiya qiladi: 
1) A - darajali dezinfekciya - bunda yuqumli kasalliklarni 
o’zg’atuvchi mikroblar juda tez qiriladi. Jumladan, rikketsiyalar, 
mikoplazmalar, asparogen mikroorganizmlar va boshqalar. 
2) V - darajali dezinfekciya - bunday dezinfekciyalar juda chidamli
mikroblarga qarshi olib boriladi, ya’ni viruslarga, sta- 


354
3) filokokklarga, sil kasali mikroblariga, mog’orlarga qarshi. 
Viruslarga qarshi dezinfekciyada aktiv moddalar bo’lmish formal’degid, 
xloramin, achigan sirka kislotasi, spirt va boshqalardan foydalaniladi. 
SHifoxona xodimlari epidemik holatga qarab epidemiologlar, 
dezinfekcionistlar bilan kelishib ishni to’g’ri tashkil qilsalar kasalxona 
ichki infekciyalari tarqalishining oldi olinadi. 
Ambulatoriya-poliklinika muassasalari. Bular ham davolash 
muassasalari qatoriga kiradi. Bu muassasalarda bemorlar tibbiyotning 
barcha sohalari bo’yicha tibbiy yordam oladilar. Ambulatoriya-poliklinika 
muassasalari aholiga qulay joyga joylashgan bo’lib, zarur diagnostik 
davolash asbob-uskunalar bilan jihozlangan bo’lishi kerak. 
Ambulatoriya va poliklinikalar maxsus loyihalar asosida sanitariya 
normalariga va qoidalariga amal qilgan holda qurilipsh kerak. 
Poliklinikalar keng qilib qurilgan dahlizdan (vestibyuldan) boshlanadi. 
Dahlizda odamlarning echinishi uchun alohida joy (gardyerob) bo’ladi. Bu 
yerda maxsus tayinlangan xizmatchi kelib-ketganlarning ustki kiyim-
boshini olib-byerib turadi. Poliklinika xodimlarining kiyimlari uchun 
alohida joy ajratiladi yoki xodimlar uchun alohida kirish eshigi va kiyim 
echadigan joy loyihada ko’rsatilishi kerak. Poliklinikaga kelgan bemorlarni 
ro’yxatga olish uchun maxsus ro’yxatxona ajratiladi. 
Poliklinikada bemorlarning qabul qilish xonalari ma’lum bir tartibda 
joylashtiriladi. Sil kasalliklari, asab kasalliklari va tyeri-tanosil 
kasalliklarini qabul qilish muassasalari alohida dispansyerlar tipida 
quriladi. Katta poliklinikalarda, ma’bodo tyeri-tanosil kasalliklarini qabul 
qilish ko’zda tutilgan bo’lsa, ularni kirish eshiklari alohida quriladi. 
Har bir vrachning mutaxassisliklariga qarab xonalarning kattaligi har 
xil bo’ladi - jumladan tyerapevtlar uchun 12 m
2
maydon ajratilsa, ko’z 
vrachlari, quloq-tomoq vrachlari uchun 18 m
2
joy ajratiladi. Jarrohlar, 
ftiziatrlar, tyeri-tanosil kasalliklari vrachlari uchun 18 kg joy ajratiladi. 


355
Umuman olganda hamma soha vrachlari xonasining sanitariya 
normalari va qoidalari loyihada aniq ko’rsatiladi. Majlislar o’tkazish uchun 
poliklinikalar qoshida katta majlislar zali qurilishi kerak. SHuningdek 
sanitariya-maorif ishlarini olib borish xonalari ham loyihada ko’zda 
tutiladi. 

Download 2.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling