Kasalliklari (bronxial astma va yo’tal)


Download 115.4 Kb.
bet1/10
Sana18.02.2023
Hajmi115.4 Kb.
#1211042
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
11-mavzu Nafas bronxial astma yo\'tal

Mavzu № 11. Nafas tizimi kasalliklari (bronxial astma va yo’tal) davolash va profilaktikasida xalq tabobati zamonaviy usullari.


Nafas olish aʼzolari kasalliklarini oʼrganadigan fanning yoʼnalishi – pulmonologiya bugungi kunda butun dunyoda alohida yoʼnalish sifatida shakllandi va jadallik bilan rivojlanib bormoqda. Bunga sabab oʼtgan asrning oxiriga kelib butun dunyoda oʼpkaning surunkali obstruktiv kasalliklari keng tarqalib, aholi nogironligining va oʼlimining asosiy sabablaridan biriga aylanib qoldi. Shundan kelib chiqqan holda Oʼzbekiston Respublikasi sogʼliqni saqlash vazirligining maxsus buyrugʼiga asosan bizning Respublikamizda ham klinikalarda va poliklinikalarda pulmonologiya xizmati tashkil etilgan. Shu soha olimlari nafas tizimi kasalliklarining diagnostikasi va samarali davolash ustida keng-koʼlamda izlanishlar olib bormoqdalar.

OʼTKIR BRONXIT.


Oʼtkir bronxit – bronxlar shilliq qavatining (oʼtkir endobronxit) yoki baʼzi hollarda boshqa qavatlarining ham (panbronxit) oʼpka toʼqimasini shikastlamagan holda oʼtkir diffuz yalligʼlanish kasalligidir. Mayda bronxlar (diametri 2 mm. dan kichik) ning yalligʼlanishi broxiolit deyiladi va asosan bolalarda uchraydi. Oʼtkir bronxit eng keng tarqalgan kasalliklardan biri boʼlib, ayniqsa gripp epidemiyasi davrida koʼp uchraydi. АQSh da xar yili 12 milliondan ziyod kishi shu kasallik bilan ogʼriydilar.

ETIOLOGIYASI.


Oʼtkir bronxitning rivojlanishida asosiy oʼrinni infektsiya egallaydi va bunda viruslar, bakteriyalar va mikoplazmalar alohida oʼrin tutadi. Koʼpchilik hollarda kasallikning ravojlanishi viruslar (gripp, paragripp, adenoviruslar va rinoviruslar) taʼsiridan boshlanadi va keyinchalik bakteriyalar (pnevmokokk, stafilokokk, streptokok) taʼsiri qoʼshiladi. Oʼtkir bronxit rivojlanishida fizik (sovuq yoki issiq havo) va kimyoviy (ammiak, brom, xlor va boshqa toksik moddalar parlari) omillarning taʼsirida ham rivojlanishi mumkin. Bu hollarda infektsion omil ikkilamchi ahamiyatga ega boʼladi. Bunda virus toksinlari fagotsitozni va boshqa spetsifik va nospetsifik himoyani zaiflashtiradi. Bu oʼz navbatida bakterial florani faollashtiradi.

Download 115.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling