Kasalliklari (bronxial astma va yo’tal)
Download 115.4 Kb.
|
11-mavzu Nafas bronxial astma yo\'tal
- Bu sahifa navigatsiya:
- ETIOLOGIYASI.
EPIDEMIOLOGIYASI.Turli maʼlumotlarga koʼra yer yuzidagi aholining 4-10 % da bronxial astma kasalligi mavjud. Maʼlumotlar òrtasidagi bunday farq kasallikning diagnostikasi va differentsial diagnostikasiga yondoshish turlichaligi, yaʼni kasallikning belgilarini turlicha talqin qilish bilan bogʼliq. Yer yuzida bu kasallik bir xil tarqalmagan. Masalan, Yangi Zelandiya, Kuba va Аngliyada bronxial astma bilan kasallanish yuqoridir. Bu shu davlatlarda ishlab chiqarish, oʼsimlik dunyosi va okean xavosi bilan olib kelinadigan allergenlar bilan bogʼliq. Bolalar oʼrtasida bu kasallik koʼproq tarqalgan boʼlib, 10-15 % ni tashkil qiladi. Yoshlikda (10 yoshgacha) koʼproq oʼgʼil bollarda va kattalar oʼrtasida ayollarda ko’proq uchraydi. ETIOLOGIYASI.Kasallikning turli xavfli omillari mavjud boʼlib, ular ikki guruhga – kasallik rivojlanishiga olib keluvchi va qoʼzgʼatuvchi (triggerlar) larga bo’linadi. N a s l i y o m i l. Kasallikni rivojlanishida eng katta ahamiyatga ega boʼlgan omil bu irsiy moyillikdir. Klinik-genialogik tekshiruvlar bronxial astma bilan kasallanganlarning 1/3 qismida nasliy omil borligi aniqlangan va bu asosan kasallikning atopik turi bilan bogʼliq. Bunda agar ota-analarining birida kasallik boʼlsa, bolada bronxial astma rivojlanish xavfi 20-30 % ni, va ikkalasida kasallik boʼlsa, bolaning kasallanish xavfi 75 % ni tashkil qiladi. Аllergenlar. Kasallikni keltirib chiqaradigan ularning asosiy qismi xavoda uchraydi. Bu oʼsimliklar changi, zamburugʼlar, uydagi chang, xayvonlar yungi orasidagi qazgʼoqlari va boshqalar. Xayratga soladigani shuki, ushbu allergenlar juda kichik kontsentratsiyada taʼsir qiladi va juda tez patologik jarayonni rivojlantiradi. Ularning organizmga kirish yo’llari turlicha va xozirgi kunda allergik reaktsiyaning mexanizmi yaxshi oʼrganilgan. Oxirgi vaqtda mutaxassislarni ovqat bilan bogʼliq boʼlgan allergiya tashvishga solmoqda, chunki bu turdagi allergiya ortib bormoqda. Masalan Stokgolmda 20 yil (1960-1980 yy.) mobaynida sut mahsulotlariga sensibilizatsiya 10 barobar ortgan. Ovqat bilan bog’liq bo’lgan allergiyaning rivojlanishida ovqat hazm qilish tizimining holati ham ahamiyatga ega. Gastrit, kolit, xoletsistit, pankreatit kasalliklarining mavjudligi, fermentopatiyalar bu holatning rivojlanishida ahamiyatlidir. N o s t ye r o i d ya l l i gʼ l a n i sh g a q a r sh i p r e p a r a t l a r (NYaQP). Baʼzi bemorlarda N Ya K P lar qabul qilganlaridan keyin nafas siqish xuruji kuzatiladi. Bundan tashqari ularda sinuit va polipoz aniqlangan. Shuning uchun bu belgilar aspirin uchligi deyiladi. Bu bemorlarda allergik belgilar: krapivnitsa, anginevrotik shish, hamda baʼzi ovqatlarni qabul qilolmaslikni koʼrish mumkin. Lekin, tekshirishlar paradoksal natijalar bergan, yaʼni ularda reagin tabiatli antitanalar topilmagan. Аspirin uchligi bronxial astma bilan bemorlarda 30 % gacha uchraydi. Izlanishlar natijasi bemorlarning aspirin va shu kabi preparatlar (indometatsin, brufen, iboprfen va boshkalar) ni qabul qilomasliklarining mexanizmi prostoglandinlar ishlab chiqarilishi bilan bogʼliqligini aniqladi. M e t e o r o l o g i k o m i l. Bronxial astma bilan kasallanganlar ob-havo oʼzgarishlariga sezgirdirlar va bu oʼzgarishlar kasallikning xurujlanishiga olib kelishi mumkin. Bunda ayniqsa sovuq shamol koʼproq taʼsir qiladi. Bemorlar meteorologik oʼzgarishlar ( xavo xaroratining pasayishi, atmosfera bosimining oʼzgarishi, xavo namligining oʼzgarishi) ni oldindan sezadilar. Hozirgi vaqtda turli kasalliklarda, shu jumladan bronxial astmada geliogeofizik oʼzgarishlar, yaʼni quyoshda boʼladigan oʼzgarishlarning ham ahamiyati borligi aniqlangan. Yangi Orleanda «astmatik epidemik kunlar» ajratilgan va shu kunlari qariyib 90 % bemorlarda kasallik xurujlanishi aniqlangan. Shundan kelib chiqqan holda bronxial astma bilan kasallangan bemorlarni davolashda klimatoterapiyaning ahamiyati muhimligini eʼtirof etish kerak. K a s b i y o m i l. Zararli ishlab chiqarish bilan bogʼliq kasb egalarida ham bronxial astma ravojlanishi mumkin. Ilk bor bu hayvonlar terisini qayta ishlash bilan mashgʼul odamlarda aniqlangan. Hozirgi vaqtda koʼp moddalar taʼsirida shu kasallik rivojlanish imkoniyati aniqlangan. Shu jumladan metalni xromlovchilarda, vannadiy, platina, boʼyoqlar va sherst bilan ishlovchilarda, plastmassa va dorilar bilan ishlovchilarda, qishloq aholisida yadoximikatlar – defoliantlar qoʼllanganda bronxial astma rivojlanishi aniqlangan. I n f e k s i ya. Organizm immun tizimining notoʼgʼri shakllanishi sababli baʼzi kishilarda nafas yo’llarining infektsiyasi qayta-qayta taʼsir qilishi natijasida bronxial astma rivojlanishi mumkin. Bundan tashqari infektsiya mavjud kasallikni avj olib borishiga ham sabab boʼladi. Hozirgi vaqtda ush bu kasallikning rivojlanishida gripp, paragripp, rinoviruslarga alohida eʼtibor berilmoqda. Infektsiya taʼsiri ostida kasallikning rivojlanish mexanizmi sifatida bakterial allergiya va boshqa immunologik oʼzgarishlar koʼrilmoqda. J i s m o n i y z oʼ r i q i sh. Qariyib barcha bemorlarda jismoniy zoʼriqish natijasida bronxoobstruktsiya kuchayishini kuzatish mumkin. Baʼzi bemorlarda u xal qiluvchi omilga ham aylanishi mumkin. Bemorlarda jismoniy zoʼriqishga javob bir necha bosqichda kechadi. А s a b i y z oʼ r i q i sh. Ushbu omilning bronxial astmaning rivojlanishidagi ahamiyati hammaga ayon. Koʼpchilik hollarda kasallikning xuruji asabiy zo’riqishdan soʼng yuzaga keladi. Bunda patologik jarayon rivojlanishining mexanizmi asosida reflektor bronxospazm yotadi. Ushbu omilning ahamiyatini yorqin namoyish etadigan misol sifatida baʼzida hayotda uchraydigan voqeani keltirish mumkin, yaʼni bolalar oʼynab biri ikkinchisini qoʼrqitib yuborishi natijasida unda boʼgʼilish yuzaga kelishi. Download 115.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling