Kasalliklari (bronxial astma va yo’tal)


Download 115.4 Kb.
bet2/10
Sana18.02.2023
Hajmi115.4 Kb.
#1211042
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
11-mavzu Nafas bronxial astma yo\'tal

KLINIKАSI.


Bronxlar yalligʼlanishi oʼtkir respirator kasallik (OʼRK) dan keyin yoki u bilan birgalikda boshlanadi. Infektsiyaning inkubatsion davri 3-5 kun davom etadi va bu davrda bemorda asosan OʼRK belgilari (umumiy xolsizlik, tumov, bosh ogʼrigʼi, tana xaroratining koʼtarilishi) hukm suradi. Soʼngra, yalligʼlanish jarayoni nafas yoʼllari boʼylab pastga tarqaladi. Bemorda quruq yoʼtalning, tomogʼida tirnalish hissining paydo boʼlishi traxeyaning zararlanayotganligidan darak beradi. Keyinchalik jarayon avval yirik bronxlarga, soʼng mayda bronxlarga tarqaladi. Bunda bronxoobstruktsiya belgilari (xurujli yoʼtal, xansirash) paydo boʼladi. Kasallikning 2-3 kunlarida balgʼam ajrala boshlaydi. U shilliqli, bakterial infektsiya qoʼshilganda shilliq-yiringli va xattoki qon aralash boʼlishi mumkin. Bemorlarda yoʼtal va diafragmaning talvasali qisqarishi bilan
bogʼliq xolda toʼsh soxasida ogʼriq paydo boʼladi, xolsizlik, tanada ogʼriq, baʼzida terlash bezovta qiladi. Tana xarorati meyyorida yoki subfibril boʼladi. Ogʼir xollarda 37,5 – 38o С gacha koʼtarilishi mumkin. Boshqa aʼzolar tarafidan oʼzgarishlar aniqlanmaydi. Faqat taxikardiya kuzatiladi.


Oʼtkir bronxitni davolash

  1. Kun tartibiga rioya qilish. Bunday bemorlar kasallikning 1-3 kunlari yotoq harakat tartibotida boʼlishlari zarur. Bunda bemor krovatda yotishi va oʼtirishi mumkin. Kasallikning 3chi kunidan boshlab yarim yotoq (palata) xarakat tartibotida boʼladilar. Bemor bunda ehtiyojiga koʼra xojatxonaga chiqishi va palatada yurishi, xona ichida ovqatlanishi mumkin.

  2. Davolovchi parhezga rioya qilishi. Koʼproq suyuq yoki boʼtqa koʼrinishdagi ovqatlar, vitaminlarga boy sabzavotli salatlar, turli mevalar(tsitrusli bundan mustasno) isteʼmol qilishlari lozim. Ovqatlanish tez tez (kuniga 5 mahal) va kam kamdan boʼlishi kerak. Ovqat mahsulotlari qaynatilgan, dimlangan va qovurmay pishirilgan holda boʼlishi kerak. Ich qotiruvchi mahsulotlarni cheklash lozim (xamir maxsulotlari, oshirma hamirli nonlar, margarin qoʼshilgan pishiriqlar, shakar).

  3. Fitoterapiyadan foydalanish. Fitopreparatlar quydagi xususiyatlarga ega boʼlishi kerak: antibakterial, balgʼam koʼchiruvchi, yalligʼlanishga qarshi, yoʼtalga qarshi.

Dorivor gulxayri (ildizi) – 20 g. Qizilmiya (ildizi) – 20 g. Oddiy Аrpabodiyon (mevalari) – 20 g. Dorivor Mavrak (barglari) – 20 g. Oddiy Qaragʼay (kurtaklari) – 20
g. Nafas olish aʼzolari kasalliklarida kuniga 3-4 marta 1/4 stakan damlama qabul qilinadi.
Dorivor gulxayri (ildizi) – 40 g. Qizilmiya (ildizi) – 40 g. Oddiy oq zira (mevalari)
– 20 g. Nafas olish aʼzolari kasalliklarida har 4 soatdan keyin 1/4 stakan damlama qabul qilinadi.
Dorivor gulxayri (ildizi) – 40 g. Koʼka (barglari) – 40 g. Oddiy togʼrayhon (oʼti) – 20 g. Nafas olish aʼzolari kasalliklarida kuniga 3-4 marta 1/2 stakan iliq damlama koʼrinishida qabul qilinadi.
Zubturum (barglari) – 30 g. Qizilmiya (ildizi) – 40 g. Koʼka (barglari) – 40 g. Nafas olish aʼzolari kasalliklarida damlama har 4 soatdan keyin 1/2 stakandan qabul qilinadi.
Dorivor gulxayri (ildizi) – 40 g. Qizilmiya (ildizi) – 30 g. Qora Аndiz (ildizi) – 30
g. Nafas olish aʼzolari kasalliklarida damlama har 3 soatdan keyin 1/4 stakandan qabul qilinadi.
Oddiy Аrpabodiyon (ildizi) – 20 g. Dorivor gulxayri (ildizi) – 40 g. Qizilmiya (ildizi) – 40 g. Nafas olish aʼzolari kasalliklarida damlama har 3 soatdan keyin 1/4 stakandan qabul qilinadi.
Dorivor Mavrak (barglari) – 20 g. Oddiy Аrpabodiyon (mevalari) – 20 g. Qaragʼay (kurtaklari) – 20 g. Dorivor gulxayri (ildizi) – 20 g. Qizilmiya (ildizi) – 20 g. Nafas olish aʼzolari kasalliklarida damlama kuniga 3-4 marta 1/3 stakandan qabul qilinadi.
Koʼka (barglari) – 25 g. Аrpabodiyon (mevalari) – 25 g. Dorivor gulxayri (ildizi) – 40 g. Nafas olish aʼzolari kasalliklarida damlama kuniga 3 marta ovqatdan keyin 1/2 stakandan qabul qilinadi.

  1. Аkupunkturadan foydalanish. Bunda istmani tushuruvchi, balgʼam ajralishini yaxshilovchi, umumiy quvvatni oshiruvchi nuqtalardan foydalaniladi.

  2. Yotgan va oʼtirgan xolatda nafas mashqlarini bajarish.

  3. Medikamentoz davo.

Download 115.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling