Kasalliklari (bronxial astma va yo’tal)


Download 115.4 Kb.
bet7/10
Sana18.02.2023
Hajmi115.4 Kb.
#1211042
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
11-mavzu Nafas bronxial astma yo\'tal

Bronxial astma xurujining anatomiyasi
BRONXIАL АSTMАNING KLINIK TURLАRI.
А t o p i k t u r i bu turli allergenlar taʼsiri natijasida rivojlanadigan turi boʼlib, xattoki nojoʼya hid ham kasallikning xurujlanishiga olib kelishi mumkin. Bunda allergologik anamnezni batafsil yigʼish va allergenlarni aniqlash katta ahamiyatga ega. Birlamchi tekshirishda skarifikatsion, teri osti va igna sanchuvchi («prik-test») taʼsir qilish ehtimoli bor antigen bilan qoʼzgʼatuvchi sinamalar qoʼllaniladi. Аmmo, teri sinamalari qalbaki ijobiy va salbiy natijalar berishi mumkin. Shuning uchun, qon zardobida IgE ning topilishi allergenlarni aniqlashning aniq usuli xisoblanadi. Ushbu tekshirishlar yordamida atopik va noatopik bronxial astmani ajratish mumkin.
D i s g a r m o n a l t u r i. Bu turi ayolarda jinsiy garmonlar (asosan estrogen) ishlab chiqarilishining buzilishi bilan bogʼliq va kasallik menstruatsiya oldi davrida rivojlanadi va migren, kayfiyatning oʼzgarishi, yuzi va qoʼl-oyoqlarining kerikishi algomenoreya kabi belgilar bilan birga kechadi. Bunday bemorlarga yuqorida qayd etilgan tekshirishlardan tashqari jinsiy gormonal funktsiyasini: menstrual davrning maʼlum kunlari qonda radioimmun usilida estradiol va progesteronlarini tekshirish kerak.
А s a b i y – r u x i y t u r i nafas siqish xurujlarining asabiy zoʼriqishdan soʼng rivojlanishi bilan xarakterlanadi va oʼz navbatida quyidagi turlari mavjud:

  • Nevrosteniya turi o’ziga baxo berishning sustligi, oʼziga eʼtiborni koʼproq talab qilish va oʼzining muammolarini hal qilishga qodir emasligi jarayonida rivojlanib, nafas siqish xuruji shu muammolardan «ximoya» sifatida rivojlanadi.

  • Isteriya turi bemorning atrofidagi u uchun ahamiyatli odamlar (oila aʼzolari, kasbdoshlar) ga yuqori darajada talabi bilan holda rivojlanadi va bemor «nafas siqish xuruji orqali» oʼz istaklariga erishishga harakat qiladi.

  • Psixastenik turi yuqori darajada qoʼrquv-xatar, atrofidagi yaqin odamlardan bogʼliqligi va oʼzi biron-bir qarorga kelishining pastligi jarayonida rivojlanadi. Nafas siqish xuruji bemorning oʼzi bir qarorga kelishdan «ozod» qilganday boʼladi. Bronxial astmaning nevrotik turi bemorning uning atrofidagi odamlar bilan kelishmovchiligi vaqtida taranglashgan asabiy-ruxiy xolatdan chiqib ketish va uziga nisbatan yuqori eʼtiborga erishish uchun «kerak».

А u t o i m m u n t u r i. Bronxial astmaning bu turi oʼpka toʼqimasiga qarshi antigenlarga sensibilizatsiya natijasida rivojlanadi va barcha kasallarning 0,5 – 1 % da uchraydi. Kasallikning ushbu turining rivojlanishi allergik javob bilan bogʼliq va uzluksiz retsidivli, ogʼir kechuvi bilan xarakterlanadi. Bu turdagi bronxial astma bilan kasallangan bemorlarda gormonlarga bogʼliqlik va ularga rezistentlik boʼladi. Labortor tekshirganda oʼpka toʼqimasiga qarshi antigenlar, qonda aylanib yuruvchi immune komplekslar va ishqoriy fosfatazaning organligi aniklanadi.
«А s p i r i n» turi. Kasallikning bu turi NYaKP lar, koʼpincha atsetil salitsilat qabul qilgandan keyin rivojlanadi. U polipoz va aspirinning nojoʼya taʼsiri bilan kechadi.

Download 115.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling