Kasalliklari (bronxial astma va yo’tal)


Download 115.4 Kb.
bet9/10
Sana18.02.2023
Hajmi115.4 Kb.
#1211042
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
11-mavzu Nafas bronxial astma yo\'tal

АSTMАTIK XOLАT.


Аstmatik holat – bu hayot uchun xavfli darajada kasallikning xuruji boʼlib, bronxolitik preparatlar samarasizligi va samarasiz yoʼtal natijasida nafas siqish xurujining bir soatdan ortiq davom etishidir. Gipoksiya, giperkapniya rivojlanib tezlik bilan ortib boradi, atsidoz rivojlanadi. Nafas olishda yordamchi mushaklar ishtirokining tobora ortib borishi bemorlarga ogʼir jismoniy zoʼriqish sababi boʼladi.
Kuchli terlash yuzaga keladi. Buning natijasida gipovolemiya yuzaga kelib, oʼz navbatida patologik jarayonlarni kuchaytiradi. Buning natijasida balgʼam quyuqlashib uning yopishqoqligi ortadi, yaʼni bronxoobstruktsiya kuchayadi. Gipovolemiya natijasida qon quyuqlashadi, mikrotsirkulyatsiya buzuladi. Bu esa oʼz navbatida mavjud gipoksik gipoksiyaga sirkulyator gipoksiyaning qoʼshilishiga sabab boʼladi.
Klinik astmatik xolat uch bosqichda kechadi.
Birinchi bosqich – boshlangʼich bosqich. Bunda bemorlarning holati ogʼir boʼladi. Kuchli ekspirator xansirash, samarasiz yoʼtal bezovta qiladi. Uni samaralikka aylantirishga urinish bemorlarni holdan toydiradi. Yordamchi mushaklarning nafas olishda ishtiroki koʼkrak soxasida ogʼriqning sababi boʼladi. Bemorlar majburiy xolatda, yaʼni ikkala qoʼllariga tiranib yelkalari koʼtarilgan boʼladi. Kuchli diffuz va akrotsianoz kuzatiladi. Masofadagi xirillashlar eshitiladi.
Ikkinchi bosqich – oʼpkaning tovushsiz bosqichi. Balgʼamning quyuqligi va yopishqoqligi ortib borishi natijasida sekin – asta mayda bronxlar balgʼam bilan toʼlib berkila boshlaydi. Buning natijasida oʼpkaning ayrim-ayrim joylarida xech narsa eshitilmay qoladi. Borgan sari oʼpkaning ventillyatsiyada ishtirok etmaydigan o’choqlari kengayib boradi. Bu gipoksiya va giperkapniya darajasining ortib borishiga sabab boʼladi.
Uchinchi bosqich – gipoksik va giperkapnik koma. Oʼpkaning ventilyatsiyada ishtirok etmaydigan oʼchoqlarining kengayib borishi oxir oqibat gipoksiya va giperkapniyaning oʼta yuqori boʼlishiga olib keladi. Bu oʼz navbatida bosh miyaga taʼsir qilib bemor hushidan ketadi.

Download 115.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling