Kasalliklari (bronxial astma va yo’tal)
Download 115.4 Kb.
|
11-mavzu Nafas bronxial astma yo\'tal
- Bu sahifa navigatsiya:
- BRONXIАL АSTMА.
PROFILАKTIKАSI.Kasallikning avj olib borishini oldini olish uchun eng avval kasallikning xavfli omillarini, birinchi navbatda tamaki chekishni yuqotish kerak. Xavoning ifloslanishini oldini olish, bemorlarning ko’proq toza xavoda boʼlishlari, infektsiya epidemiyasi davrida vaktsinatsiya oʼtkazish, immun tizimini mustahkamlash (fitopreparatlar, polivitaminlar) va organizmni chiniqtirish shu kasallikning muhim profilaktik chora – tadbirlaridir. BRONXIАL АSTMА.Bronxial astma oʼtgan asrning oʼrtalaridan boshlab keng tarqala borib, bugungi kunda nafas tizimi kasalliklari oʼrtasida eng koʼp tarqalgan kasalliklardan biriga aylandi. U yer yuzasidagi aholi oʼrtasida nogironlik va oʼlim darajasiga oʼzining katta xissasini qoʼshmoqda. Shuning uchun ushbu kasallikka shifokor – olimlarning boʼlgan eʼtibori kattadir. Shu bois oxirgi 20-30 yil mobaynida shu kasallikning mohiyati va davolash usullari soxasida katta yutuqlarga erishildi. Bu kasallikka turlicha taʼrif beriladi. Bizning nazarimizda kasallikning mohiyatini koʼproq ochib beradiganlaridan ikkitasini keltiramiz. 1982 yilda G.B.Fedoseev quyidagicha taʼriflagan: «Bronxial astma - bu xurujlar bilan kechadigan oʼpkaning alohida surunkali kasalligi boʼlib, uning asosiy patogenetik mexanizmi bu spetsifik (sensibilizatsiya va allergiya) va nospetsifik taʼsirlar ostida bronxlar reaktivligining ortishi, va asosiy klinik belgasi bronxospazm, bronxlar shillik kavatining shishi va gipersekretsiyasi natijasida yuzaga keladigan nafas siqish xurujlari bilan kechadigan kasallikdir». 1994 yilda Moskvada Rossiyaning 4- Milliy Kongressida qabul kilingan taʼrif quyidagicha: «Bronxial astma - bu asosan nafas yullarining yalligʼlanishi boʼlib, bronxlar reaktivligi va sezgirligining oʼzgarishi bilan, nafas siqish va astmatik xolat yoki xurujli yoʼtal, xansirash va xirillashlar bilan, hamda oʼtib ketuvchi bronxoobstruktsiya bilan kechib, allergiyaga irsiy moyillik, oʼpkadan tashqari allergik belgilar, qonda va balg’amda eozinofiliya bilan namoyon boʼladigan kasallikdir. Bu ikkala taʼrifda oʼxshash tomonlari koʼp va bu taʼriflarni quyidagicha talqin qilish mumkin: bronxial astmaning asosida bronxlaning yalligʼlanishi yotadi. U allergenlar, infektsiya taʼsirida va nevrogen boʼlishi mumkin. Bronxial astmaning rivojlanishi allergiyalarga irsiy moyillik bilan bogʼliq. Kasallikning xurujlarsiz kechadigan turi nafas olishda noxushlik, oʼpkadan tashqari allergiya (vazamotor rinit, allergik dermatit, Kvinke shishi), qonda va balgʼamda eozinofiliya bilan namoyon bo’ladi. Bronxial astma bilan kasallangan bemorlada davolash natijasida qaytuvchi bronxoobstuktsiya mavjudligi xos. Download 115.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling