Makroiqtisodiy beqarorlik vaziyati yuzaga kelib, iqtisodiy rivojlanish pasayish tomon o‘zgarganda, iqtisodiy resurslardan to‘liq foydalanmaslik oqibatida ishsizlik muammosi yuzaga kelishi mumkin. Ishsizlarni aniqlash uchun eng avvalo aholining asosiy toifalarini ko‘rib chiqish lozim bo‘ladi.
Mamlakat aholisi (population – POP) makroiqtisodiy nuqtai nazardan ikki toifaga ajratiladi:
ishchi kuchi tarkibiga kiritiladigan aholi (labour force - L);
ishchi kuchi tarkibiga kiritilmaydigan aholi (non-labour force - NL)
POP = L + NL
Aholining «band bo‘lganlar», «ishsizlar» va «ish kuchi tarkibiga kiritilmaydiganlar» toifalari o‘rtasida doimiy ravishda aloqa mavjud bo‘lib, ularga o‘zaro bir-biri bilan o‘rin almashish jarayonlari xosdir (8.
Ishchi kuchi tarkibiga kirmaydiganlar
Band bo‘lganlar
1. 1-rasm).
Ishsizlar
9.1.1-rasm. Aholining turli toifalari o‘rtasida o‘zaro
aloqadorlik33
Ishsizlikni belgilab beradigan asosiy ko‘rsatkich bu – ishsizlik darajasi hisoblanadi. Ishsizlik darajasi (rate of unemployment - u) ishsizlar sonini umumiy ishchi kuchi soni (band bo‘lganlar va ishsizlar soni yig‘indisi)ga nisbati bilan aniqlanib, foizlarda ifodalanadi:
33 N.Maxmudov, H.Hakimov. Makroiqtisodiy tahlil. O‘quv-uslubiy majmua. T.TDIU, 2018
bunda,
u U 100%
L
yoki
u U 100% E U
u – ishsizlik darajasi; U - ishsizlar soni;
L - umumiy ishchi kuchi soni; E – band bo‘lganlar soni.
Umuman olganda, ishsizlik barcha mamakatlar uchun salbiy ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarga olib keluvchi jiddiy makroiqtisodiy muammo hisoblanadi. Shuning uchun turi mamlakatlar ishsizlik darajasini uning tabiiy darajadan yuqori darajada bo‘lmasligining yo‘llarini izlash maqsadida turli davrlarda chora-tadbirlar dasturlarini ishlab chiqadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |