Aholining asosiy kategoriyalari


Rn = r + ???????? bunda, r –


Download 363.22 Kb.
bet9/13
Sana11.03.2023
Hajmi363.22 Kb.
#1260135
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Fillips egri

Rn = r + 𝝅𝒆
bunda,
r – real foiz stavkasi;
- kutilayotgan inflatsiya darajasi.


    1. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida inflatsiya jarayonlari va aksilinflatsiya siyosati xususiyatlari.


Inflatsiyaning salbiy ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari turli mamlakatlarda qat’iy aksilinflatsiya siyosat olib borishlikni taqazo etadi. Bunda iqtisodchilar birinchi navbatda inflatsiyani keskin chora-tadbirlar ko‘rib
«bartaraf etish» yoki unga «moslashish kerak» degan savolga javob topishga harakat qiladilar. Inflatsiyani bartaraf etishda davlat fiskal va
pul-kredit siyosatining mavjud dastaklaridan oqilona foydalanishga harakat qilsa, inflatsiyaga moslashishda masalan, indeksatsiyadan keng foydalanadi va shu tariqa aholi qo‘lidagi naqd pullarning keskin darajada qadrsizsizlanishining oldi olinadi.
Zamonaviy bozor iqtisodiyoti inflatsiyali xarakterga ega, chunki unda inflatsiyaning barcha omillarini bartaraf etishning imkoni cheklangan bo‘ladi (budjet taqchilligi, monopoliyalar, xalq xo‘jaligidagi nomutanosibliklar, aholi va tadbirkorlarning inflatsiyali kutishlari va boshqalar). Real hayotda inflatsiyani to‘liq va batamom yo‘q qilib bo‘lmaydi, ammo uning sur’atlarini barcha mamlakatlar mo‘tadil darajada ushlab turish, uni nazorat qilishni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘yadilar va shuning uchun aksilinflatsiya siyosatini olib boradilar.


    1. Ishsizlik darajasi va inflatsiya sur’ati o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik. Fillips egri chizig‘i.


Inflatsiya va ishsizlik o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni Fillips egri chizig‘i yordamida tasvirlash mumkin.
Inflatsiya sur’atlarining o‘zgarishi, aniqrog‘i, ish xaqining o‘sish sur’atlari va ishsizlik o‘rtasidagi bog‘liqlikni O. Fillips tadqiq qilgan (9.7.1–rasm).



9.7.1-rasm. Qisqa muddatda Fillips egri chizig‘i40


bunda,
u - ishsizlik darajasi;
W - ish haqining o‘sish sur’atlari.
Gorizontal o‘q bo‘ylab Fillips ishsizlik darajasi (unemployed - u) ni, vertikal o‘q bo‘yicha esa ish haqining o‘sish sur’atlari (W)ni belgiladi. Yuksalish davrida ish haqining yuqori o‘sish sur’atlari va ishsizlikning past sur’atlari (W1; u1), davriy tebranishning pasayish fazasida esa aksincha, - ish haqining past va ishsizlikning yuqori sur’atlari (W2, ; u2) kuzatildi. O‘rtacha holat (W0; u0) ish haqi va ishsizlik sur’atlarining eng maqbul (optimal) barqaror iqtisodiy rivojlanish vaziyatini aks ettiradi. Ya’ni, bunday vaziyatda ikkala ko‘rsatkichning minimal darajasiga erishiladi.
Keyinchalik Fillips egri chizig‘i modifikatsiya qilingan: taniqli iqtisodchi olimlar P. Samuelson va R. Solou ish haqi sur’atlarini narxlarning o‘sish darajasiga yoki inflatsiyaga o‘zgartirdilar (8. 7. 2- rasm).





Download 363.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling