Aholining asosiy kategoriyalari


-rasm. Modifikatsiyalangan qisqa muddatdagi Fillips egri chizig‘i41


Download 363.22 Kb.
bet10/13
Sana11.03.2023
Hajmi363.22 Kb.
#1260135
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Fillips egri

9.7.2-rasm. Modifikatsiyalangan qisqa muddatdagi Fillips egri chizig‘i41


Bunday yangi ko‘rinishdagi modifikatsiyalangan Fillips egri chizig‘ining gorizontal o‘qi bo‘ylab ular ishsizlik darajasini (u), vertikal o‘qi bo‘ylab tovar va xizmatlar narxlarining o‘sish sur’ati (R)ni belgiladilar. Endilikda bu chizma davriylikning turli fazalarida inflatsiya va ishsizlik darajalari tebranishlarini aniqroq aks ettirdi. Yuksalish fazasida (R1;u1) inflatsiya sur’atlari ko‘tariladi, ishsizlik esa kamayadi. Pasayish fazasida (R2;u2) ishsizlik ko‘payib, inflatsiya sur’atlari pasayadi.


«Stagflatsiya» atamasi ikki so‘zning yig‘indisidan tashkil topgan: stagnatsiya (turg‘unlik) va inflatsiya. Grafikda u qisqa muddatdagi Fillips egri chizig‘ini (shot-term Phillips curve) koordinatalar o‘qiga nisbatan o‘ngga siljiganligi bilan tushuntiriladi (9.7.3-rasm).




9.7.3-rasm. Stagflatsiyaning grafik izohi42


bunda,
SPhC - qisqa muddatdagi Fillips egri chizig‘i; u - ishsizlik darajasi;
R – narxlar darajasi.
Bunday holatda qisqa muddat Fillips egrisining yangi punktir chizig‘i (SPhC2) dagi har bir nuqta uning uzluksiz chizig‘i (SPhC1) dagi har bir nuqtasidan yanada yuqoriroq bo‘lgan inflatsiya va ishsizlik darajalari bilan farq qiladi.
Tabiiy ishsizlik darajasi nazariyasi uzoq muddatda mo‘tadil inflatsiya darajasiga ishsizlikning tabiiy darajasida erishish mumkinligini, u esa o‘z navbatida mehnat bozori holatiga bog‘liq ekanligini tasdiqlaydi. Bu nazariyaga asosan, Fillips egri chizig‘i uzoq muddatda vertikal ko‘rinishga ega. Bunda ishsizlikning tabiiy va haqiqiy darajalari mos kelganda mehnat bozori kuchlari muvozanatga keladi, narxlarning haqiqiy darajasi yoki inflatsiya bashorat (prognoz) ko‘rsatkichiga teng bo‘ladi (9.7.4-rasm).



9.7.4-rasm. Uzoq muddatda Fillips egri chizig‘i43


bunda,
SPhC – qisqa muddat oralig‘ida Fillips egri chizig‘i; LPhC - uzoq muddat oralig‘ida Fillips egri chizig‘i; u* - to‘liq bandlik holati.
Uzoq muddatda Fillips egri chizig‘i (LPhC)ni grafikda tushuntirishda uning qisqa muddatdagi egrisi (SPhC) punktir yordamida tasvirlansa, tahlilimizni anglash osonlashadi. Uzoq muddat oralig‘ida Fillips egri chizig‘i (LPhC – long-term Phillips curve) uzluksiz vertikal chiziq ko‘rinishiga ega bo‘ladi, bunda u to‘liq bandlik holatini aks ettiradi (u*).



    1. Download 363.22 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling