Aholining asosiy kategoriyalari
Ishsizlikning kelib chiqish sabablari va uning asosiy turlari. Tabiiy ishsizlik darajasi
Download 363.22 Kb.
|
Fillips egri
- Bu sahifa navigatsiya:
- Friksion ishsizlik
- Tarkibiy ishsizlik
- Ishsizlikning tabiiy darajasi
Ishsizlikning kelib chiqish sabablari va uning asosiy turlari. Tabiiy ishsizlik darajasiOdatda ishsizlik kelib chiqishining asosiy uchta sababi keltiriladi: ish yo‘qotish (ishdan bo‘shatilishi tufayli); ish joyidan ixtiyoriy ravishda ketish; mehnat bozoriga birinchi marotaba murojaat etish. Ishsizlikning asosan uch turi mavjud bo‘lib ularga: friksion, strukturaviy va davriy ishsizlik kiritiladi. Friksion ishsizlik («friksiya» so‘zidan olingan bo‘lib, ishqalanish ma’nosini anglatadi) deganda ish qidirish bilan bog‘liq ishsizlikni tushunmoq darkor. Ish qidirish juda ko‘p vaqt va harakatni talab etgani sababli, kishilar ma’lum vaqt ishsiz bo‘lib yuradilar. Tarkibiy ishsizlik iqtisodiyotda ro‘y berayotgan tarkibiy o‘zgarishlar bilan bog‘liqdir. Bunday o‘zgarishlar esa o‘z navbatida: a) turli tarmoqlar mahsulotlariga bo‘lgan talabdagi tarkibiy o‘zgarishlarga va b) ilmiy- texnik taraqqiyot bilan bog‘liq iqtisodiyot tarmoqlarining tarkibiy o‘zgarishlariga bog‘liqdir. Ishsizlikning tabiiy darajasi (natural rate of unemployment – u*) – bu ishchi kuchlarining to‘lik bandligi (full-employment) ta’minlangandagi darajasi bo‘lib, ulardan samarali va ratsional foydalanilayotganlikni bildiradi. Bu degani, barcha ishlashni xohlovchilar ish topish imkoniyatiga ega bo‘ladilar va ish bilan ta’minlanadilar. Shuning uchun ishsizlikning tabiiy darajasini to‘liq bandlik (full- employment rate of unemployment) sharoitidagi ishsizlik darajasi deydilar va tabiiy ishsizlik darajasiga mos keluvchi ishlab chiqarish hajmini esa tabiiy ishlab chiqarish hajmi (natural output) deb ataydilar. Iqtisodiyotda to‘liq bandlik sharoitida faqatgina friksion va strukturaviy ishsizlik mavjud ekan, u holda tabiiy ishsizlik ularning yig‘indisidan U iborat bo‘ladi: bunda, u* u фрикц
uструкт фрикц
Uструкт L 100%
u* – ishsizlik darajasi; Ufrik – friksion ishsizlik turidagi ishsizlar soni; Ustrukt - tarkibiy (strukturaviy) ishsizlik turidagi ishsizlar soni; L - umumiy ishchi kuchi soni. Ishsizlikning tabiiy darajasi ko‘rsatkichi zamonaviy ba’zi tushuntirishlarda inflatsiya darajasini tezlashtirmaydigan ishsizlik darajasi deb ham yuritiladi (NAIRU, ya’ni non – accelerating inflation rate of unemployment). Buni tushuntirish uchun iqtisodiy o‘sish va davriylik grafigidan foydalanamiz. 9.2.1-rasmda keltirilgan chizmada trendning har bir nuqtasi potensial YaIM darajasini yoki resurslarning to‘liq bandligini anglatadi (B va C nuqtalar). Sinusoidadagi, ya’ni iqtisodiy siklni tasvirlovchi har bir nuqta (A va D nuqtalar) esa haqiqiy YaIM hajmini bildiradi. Agar haqiqiy YaIM hajmi potensialdan yuqori bo‘lsa (A nuqta), ishsizlikning haqiqiy darajasi tabiiy darajadan past bo‘ladi, yalpi talab yalpi ishlab chiqarish hajmidan yuqori bo‘ladi va bu holat yuqori darajadagi bandlikka olib keladi. B nuqtadan A nuqtaga o‘tilganda narxlar darajasi ortib boradi, ya’ni inflatsiya jarayoni tezlashadi. Iqtisodiyot potensial ishlab chiqarish darajada (to‘liq bandlik sharoitida), ya’ni tabiiy ishsizlik sharoitida bo‘lganda inflatsiya jarayoni tezlashmaydi. Download 363.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling