Tishli gʻildirak


Download 13.02 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi13.02 Kb.
#1595806
Bog'liq
Tishli g ildirak


Xulosa
Tishli gʻildirak bir valdan ikkinchi valga harakat uzatish uchun moʻljallangan detal; tishli uzatmaning asosiy detali. Silindr yoki konussimon sirtlarga tishlar kesilgan diyekdan iborat. Bir Tishli gʻildirak tishlari ikkinchi T.gʻ. tishlari bilan ilashib harakat uzatadi. T.gʻ. termik yoki kimyoviytermik ishlov berilgan legirlangan poʻlat, plastmassa, yogʻoch, tekstolitdan tayyorlanadi. Silindrik, evolventa, sikloidal va boshqa shakllarda yasaladi. Silindrik T.gʻ. tishlari tashqi va ichki boʻladi. Tishlar toʻgʻri vintsimon, shevron va qiyshiq qilib yasaladi. T.gʻ. shesternya deb ham ataladi. Mas., reduktorsozlikda tishlar sonidan qatʼiy nazar kichik T.gʻ.lar shesternya, kattalari gʻildirak deyiladi. Mashina, asbob, apparat, hisoblagich va boshqa mexanizmlarda turli shakllardagi T.gʻ.lar ishlatiladi. Konussimon tishli uzatmalar harakatni o‘qlari burchak ostida kesishadigan vallarga uzatish uchun xizmat qiladi. Kesishish burchagi 900 bo‘lgan uzatmalar ko‘p ishlatiladi. Konussimon tishli uzatmalar hamma asosiy parametrlari bo‘yicha silindrik tishli uzatmalardan past hisoblanadi. Shu sababli ularning yuklanish qobilyati silindrik uzatmalarga nisbatan pasayishi 0,85 qiymat bilan o‘lchanadi. Lekin shunga qapamay mexanizmlarning kompanovka joylashish sharti bo‘yicha harakatni burchak ostida uzatish talab etilsa, konussimon tishli uzatmalar qo‘llanadi.
Konussimon tishli uzatmalar tishlarining yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ri, qiya, doiraviy turlari bo‘ladi. Ulardan eng ko‘p tarqalgani to‘g‘ri tishli hisoblanadi.
Download 13.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling