Aholining asosiy kategoriyalari


-rasm. Talab inflatsiyasi37


Download 363.22 Kb.
bet7/13
Sana11.03.2023
Hajmi363.22 Kb.
#1260135
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
Fillips egri

9.5.1-rasm. Talab inflatsiyasi37


bunda,
AD – yalpi talab;
SRAS – qisqa muddatdagi yalpi taklif chizig‘i; P – umumiy narxlar darajasi;
Y – milliy ishlab chiqarishning real hajmi; LRAS – uzoq muddatdagi yalpi taklif chizig‘i.
Agar inflatsiya yalpi taklifning qisqarishi oqibatida yuzaga kelgan bo‘lsa (ya’ni xarajatlarning ortishi oqibatida yuz bersa), u holda bunday inflatsiya xarajatlar inflatsiyasi deb ataladi (cost-push inflation). Xarajatlar inflatsiyasi stagflatsiya holatiga olib keladi, ya’ni bu – bir vaqtning o‘zida ishlab chiqarishning pasayib ketishi va narxlar darajasining oshishidir (9.5.2-rasm).




9.5.2-rasm. Taklif (xarajatlar) inflatsiyasi38


bunda,
R – narxlar darajasi;
Y –milliy ishlab chiqarishning real hajmi; AD – yalpi talab;
SRAS – qisqa muddatda yalpi taklif.
Talab inflatsiyasi va xarajatlar inflatsiyasining birlashuvi natijasida inflatsion spiral hosil bo‘ladi (9.5.3 - rasm). Faraz qilaylik, markaziy bank pul taklifini ko‘paytirdi, bu esa yalpi talabning ortishiga olib keladi. Yalpi talab egrisi AD1 o‘ngga, ya’ni AD2 ga siljiydi. Natijada narxlar darajasi R1 dan R2 ga ko‘tariladi, qisqa muddatda ish haqi stavkasi o‘zgarmas bo‘lganligi sababli (masalan, W1), bunday holatda real daromadlar
pasayadi (real daromad = nominal daromad/narxlar darajasi, ya’ni narxlar darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, real daromadlar shunchalik past bo‘ladi).



9.5.3-rasm. Inflatsiyali spiral39


bunda,
R – narxlar darajasi; AD – yalpi talab;
Y – milliy ishlab chiqarishning real hajmi; SRAS – qisqa muddatda yalpi taklif.
Ishchilar ish haqi stavkasi darajasini narxlar darajasiga proporsional ravishda oshirilishini talab qiladilar (masalan, W2 gacha). Bu o‘z navbatida firmalar xarajatlarining ortishiga olib keladi va yalpi taklif egrisi - SRAS1 ning chapga va yuqoriga - SRAS2 gacha siljishiga olib keladi. Bunda narxlar darajasi R3 gacha ko‘tariladi. Real daromadlar yana pasayadi (W2/P3 2/P2).

Download 363.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling