Reja; Klassik umumiy iqtisodiy muvozanat modeli
Download 121.93 Kb.
|
Makroiqtisodiyot klassik nazariya.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Pulga talabning klassik nazariyasi. 4. Yalpi taklif grafigi va omillariga klassik va keys nazariyalarini yondashuvi. 1.Klassik umumiy iqtisodiy muvozanat modeli.
- AD ≠ AS
- Klassik dixotomiya
Referat. Mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot fanidan. Mavzu: Makroiqtisodiy muvozanatning klassik nazariyasi. MMT-92 guruh talabasi Jo`raboyev Sarkor. REJA; 1.Klassik umumiy iqtisodiy muvozanat modeli. 2.Xalqaro savdoning klassik nazariyasi. 3. Pulga talabning klassik nazariyasi. 4. Yalpi taklif grafigi va omillariga klassik va keys nazariyalarini yondashuvi. 1.Klassik umumiy iqtisodiy muvozanat modeli. Klassik maktab namoyondalari bozorlar va baholarning umumiy muvozanati nazariyasini yaratdilar. Ularning umumiy muvozanat konsepsiyasiga ko`ra iqtisodiyotda faqatgina to`liq bandlilik sharoitidagi muvozanat mavjud bo`lishi mumkin. Bunday xulosa J.B.Seyning bozorlar qonuniga tayanadi. Bu qonunga ko`ra mehnat taqsimotiga asoslangan iqtisodiyotda har bir subyektning ishlab chiqarishi bir vaqtning o`zida boshqa subyektlarning ishlab chiqarish natijalariga talab hisoblanadi. Oxir-oqibat yalpi talab yalpi taklifga teng bo`ladi. Klassik iqtisodchilar fikriga ko`ra AD ≠ AS holati ro`y bermaydi, umumiy xarajatlar miqdori yetishmay qolgan, ya‘ni AD< AS holati ro`y bergan sharoitda ham baho, ish haqi va foiz stavkasi kabi dastaklar ishga tushadi va natijada xarajatlar miqdorining kamayishi ishlab chiqarishning real hajmi, bandlik va real daromadlar miqdorining kamayishiga olib kelmaydi. Makroiqtisodiy muvozanatning klassik modeli ishlab chiqarish hajmi resurslarning bandliligi va ishlab chiqarish texnologiyalarining funksiyasi hisoblanadi, va egiluvchan baholar mexanizmi tomonidan potensial darajada tutib turiladi degan shartlarga tayanadi. Egiluvchan baholar mexanizmi hisobiga bozor iqtisodiyoti barcha mavjud resurslarning to`liq bandlilgini ta‘minlab turadi. Klassik makroiqtisodiy muvozanat modelining o`ziga xos xususiyati pulning neytralligi prinsipini ko`zda tutishidir. Bu model pul massasi real ishlab chiqarishga hech qanday ta‘sir ko`rsatmaydi degan prinsipga asoslanib tuziladi. Klassiklar modelida pul bozor agentlariga faqatgina bitimlarga xizmat qilishi, ya‘ni oldi-sotdi jarayonida sof texnik vazifalarni bajarishi uchungina kerak. Bu asosga ko`ra klassiklar tomonidan klassik dixotomiya konsepsiyasi shakllantirilgan. Klassik dixotomiya konsepsiyasida – ikki parallel bozor, real va pul bozori alohida-alohida amal qiladi, ular o`rtasidagi muvozanat avtomatik barqarorlashtirgichlar orqali ta‘minlab turadi deb hisoblanadi. Pul bozori investitsiya va jamg‗armalar tengligini hamda to`liq bandlik sharoitini ta‘minlaydi. Faqatgina, ishsizlikning tabiiy darajasida «ixtiyoriy‘ ishsizlik bo`lishi mumkin, deb hisoblashadi. Bu shuni bildiradiki, AD va AS ning muvozanat nuqtasida ishlab chiqarish hajmi (Y) uning potensial hajmiga esa (Y*) teng. Iqtisodiyotda yaratilgan daromadlaning bir qismi jamg`arilishi yalpi talabning yalpi taklifni qoplashi uchun yetishmasligiga olib kelmaydi, chunki har bir jamg`arilgan so`m tadbirkorlar tomonidan investitsiyalanadi, deb ta‘kidlashadi. Agarda, tadbirkorlar uy xo`jaliklarining jamg`armalari miqdorida investitsiya qilishsa, ishlab chiqarish hamda bandlik darajalari doimiy bo`lib qoladi. Klassik iqtisodchilar ta‘kidlashlaricha, kapitalizmning o`ziga xos pul bozori mavjud va bu bozor jamg`arma va investitsiyalarning tengligini ta‘minlaydi. Bunda tenglashtiruvchi omil rolini foiz stavkasi o`taydi (1-chizma). Shuning uchun ham to`liq bandlik mavjud bo`ladi. Bu iqtisodchilar davlatning iqtisodiyotga aralashuvi qisqa muddatli samara bersada, uzoq muddatga, oxir-oqibat bozor iqtisodiyotining tabiiy harakat mexanizmiga notabiiy aralashilganligi uchun, salbiy oqibatlarga olib keladi deb hisoblashadi. 1-chizma. Download 121.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling