Reja; Klassik umumiy iqtisodiy muvozanat modeli


-jadval. Mahsulot ishlab chiqarish uchun zarur bo`lgan mehnat sarfi


Download 121.93 Kb.
bet4/8
Sana18.06.2023
Hajmi121.93 Kb.
#1598983
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Makroiqtisodiyot klassik nazariya.

1-jadval.
Mahsulot ishlab chiqarish uchun zarur bo`lgan mehnat sarfi.

Yuqoridagi misoldan ko`rinib turibdiki Portugaliya barcha turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishda mutlaq ustunlikka ega. Ya‘ni bir dona movut ishlab chiqarish uchun 90 mehnat birligi, bir barrel vino ishlab chiqarish uchun esa 80 mehnat birligini sarflaydi. Ammo, D. Rikardo Portugaliyada movut ishlab chiqarishga nisbatan vino ishlab chiqarish savdosini yo`lga qo`yish ko`proq foyda olib kelishini ta‘kidlaydi. Chunki, bir dona movutga nisbatan bir barrel vino ishlab chiqarish arzonga tushmoqda. Bunda nisbiy ustunlikdagi farq har bir millat uchun xalqaro savdoda yutuqqa olib keladi. Ya‘ni, Portugaliya bir barrel vinoni (80 birlikda) 120 birlikda Angliyaga sotsa va o`z navbatida, Angliyadan (100 birlikda) ushbu birlikda 1,2 dona movut sotib olish imkoniyatiga ega bo`ladi.
O`zida ishlab chiqarilgan mahsulotga solishtirganimizda esa 8/9 donaga ega bo`lar edi. Boshqacha aytganimizda, Portugaliyaning vino ishlab chiqarish va movutni sotib olish evaziga oladigan foydasi quyidagicha bo`ladi.
120 / 100 – 8 / 9 =1,2 - 0,(8) = 0,31 dona movut.
Angliya esa movut ishlab chiqarishda kamroq zaiflikka ega. Ya‘ni movut ishlab chiqarishga qilinadigan mehnat sarflari o`rtasidagi farq vino ishlab chiqarishdagiga nisbatan kamroq. Demak movut ishlab chiqarishga ixtisoslashish hisobiga xalqaro savdodan Angliya ham yutadi. Ya‘ni, movut ishlab chiqarib, uni Portugaliyaga sotish hisobiga 11/8 barrel vino (o`zidagiga nisbatan 5/6 barrel) sotib olishi mumkin. Ushbu vaziyatda Angliyaning yutug`i:
9 / 8 - 5 / 6 =7 / 24 = 0,29 barrel vino.
Bu misolda Portugaliya uchun har bir barrel vinoga 9/8 dona movut sotib olgandagina xalqaro sovda foydali hisoblansa, Angliya 183 uchun esa har bir barrel vinoga 5/6 dona movut almashganda savdo foydali hisoblanadi.
Shunday qilib, erkin savdo xalqaro ixtisoslashuvni rag`batlantirib, quyidagi imkoniyatlarni yaratadi: har bir mamlakat biror turdagi mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashishguncha o`tgan davrgiga nisbatan kamroq moddiy va mehnat xarajatlari sarflaydigan bo`ladi. Ammo, bu borada barcha nazariyalar ham savdoda mamlakatlarning pul birliklari ishtorokida amalga oshishi hisobga olinmagan. Chunki, mamlakatlar o`zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun valyutalarini almashtirishadi. D. Rikardo ushbu vaziyatni ham tushuntirib bera olgan. U izohlaganidek yuqorida keltirilgan imkoniyat valyutalarni almashtirish sharoitida ham saqlanib qoladi. Bu vaziyatda eksport-import to`lovlari o`zaro balansga ega emas. Bunday vaziyat valyuta kurslaridagi o`zgarishlar hisobiga yoki biror bir mamlakatdagi barcha baholarni o`zgartirish hisobiga bartaraf etiladi. Yuqoridagi misol mavhum xususiyatga ega. U aniq vaziyatlarga asoslanishi uchun:
 mehnat savdo qilayotgan mamlakatlar o`rtasida emas, balki mamlakat ichida harakatchan bo`lishini;
 transport, bojxona xarajatlari, savdo ustamalari va boshqa cheklashlar hisobga olinmasligini;
 mahsulotlarning yangi namunalarni ishlab chiqarishda yangi texnika va texnologiyalarni qo`llash hamda ularni ko`p miqdorda seriyali ishlab chiqarishda xarajatlardagi o`zgarishlar e‘tiborga olinmasligini ta‘minlash imkoniyatlari yaratilishi lozim.
Angliya va Portugaliya misolida keltirilgan vaziyatlarda xalqaro savdo narxlarining keng amal qilayotgan shaklini qo`llash mumkin. Chunonchi, bir barrel Portugaliya vinosini Angliyada tannarxidan kam narxda (80) va sotib olingan bahodan (120) yuqori narxda sotmaslik kerak. Shuningdek, angliyaliklar movutidan Portugaliyada (90 dan 100 gacha) shunday tartibda sotilishi kerak.
Mahsulotlar bahosi o`rtasidagi o`zaro nisbat aniqlab olingandan keyin «savdo sharoiti‘ (terms of trade) tushunchasi savdo sharoitini aniqlab olish uchun esa ―”savdo sharoiti indek” tushunchasi kiritilgan. Bu indeks quyidagi formula orqali aniqlangan:

Indeksning o`sishi (masalan, 100 dan 105 gacha) savdo sharoitlarining yaxshilanayotganligini ko`rsatadi. Ya‘ni, ushbu miqdordagi importga hisob-kitob qilish uchun undan kam miqdorda eksport talab etiladi.
Amaliyotda savdo sharoiti, birinchidan, tovarlar bahosi o`zgarishi hisobiga, unga bo`lgan talabning oshishi yoki kamayishiga bog`liq. Ayrim mahsulot ishlab chiqaruvchilar (masalan, neft va neft mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar) narxlarda bo`layotgan o`zgarishlarga qaramay, katta yutuqlarga erishadilar.
Ikkinchidan, savdo sharoiti ishlab chiqaruvchilar yoki yetkazib beruvchilarning bozorga moslashishiga (egiluvchanligiga) bog`liq bo`ladi.
Uchinchidan, savdo sharoiti ishlab chiqarish sharoitlari yoki mahsulotlar iste‘molidagi o`zgarishlarga qarab o`zgaradi. Savdo sharoiti indeksi mamlakatning xalqaro savdodagi holati to`g`risida ma‘lumotlar bersada, ko`pgina kamchiliklardan xoli emas. Ularning eng asosiylaridan biri mamlakatda umumiy sharoitni yaxshilasada, sotilgan mahsulotlar miqdorini hisobga olmaydi. Boshqacha aytganda, savdo sharoiti yaxshilanishi eksport hajmi qisqarishi va import hajmi oshishiga olib keladi. Bu esa to`lov balansini yomonlashtiradi. A. Smit va D. Rikardo nazariyasida ishlab chiqarishga ta‘sir qiladigan eng asosiy omil mehnat hisoblangan. Mahsulotlar narxi esa ishlab chiqarish xarajatlariga bog`liq.
Keyingi tadqiqotlar ishlab chiqarishda asosiy omillar sifatida yer, kapital kabi omillardan foyda olish imkoniyatini hisobga olgan. Agarda, mehnatning bozor bahosi ish haqi sifatida gavdalansa, kapitalning bahosi foiz stavkalari ko`rinishida, yerning bahosi renta miqdorida aniqlangan.
J. St. Millning xalqaro savdo nazariyasi. Millning fikriga ko`ra, import qilinadigan tovarlarning narxi evaziga berilishi kerak bo`lgan eksport qilingan tovarlarning miqdori bilan o`lchanadi, ya'ni Millga ko`ra birja narxi talab qonuni va ta'minot qonuni bo`yicha aniqlanadi, bu esa mamlakat eksporti va importi o`rtasidagi muvozanatni ta'minlaydi. Binobarin, xalqaro savdo muammolarini tahlil qilishda u talab va taklif omillaridan foydalanadi. Mill shuni aniqladiki, tovarlari chet elda eng katta talabga ega bo`lgan va chet eldan tovarlarga eng kam ehtiyoj sezadigan mamlakat g`olib hisoblanadi. Demak, J. St. Millning xalqaro savdo nazariyasi, talab va taklifning o`zaro ta'siri asosida belgilanadigan va mamlakatlar o`rtasidagi tovar ayirboshlashni muvozanatlashtiradigan bozor narxi mavjudligidan kelib chiqadi.

Download 121.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling