Aholining asosiy kategoriyalari


Download 363.22 Kb.
bet6/13
Sana11.03.2023
Hajmi363.22 Kb.
#1260135
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Fillips egri

Inflatsiya turlari. O‘lchov mezoniga ko‘ra, inflatsiya bir necha turlarga bo‘linadi. Agarda o‘lchov mezoni inflatsiya sur’atlari (darajasi) bo‘lsa, u holda inflatsiya quyidagi turlarga ajratiladi: mo‘tadil inflatsiya, sakrab chopuvchi inflatsiya, yuqori darajadagi inflatsiya va giperinflatsiya.
Tanqislik (defitsit) inflatsiya ko‘rinishining bir shakli bo‘lib xizmat qiladi, chunki inflatsiyani xarakterlovchi xususiyatlardan biri pullar to‘lov qobiliyatining pasayishi hisoblanadi. Defitsit pullarning to‘lov qobiliyati yo‘qligini, ya’ni kishilar ularga hech narsa xarid qila olmasliklarini anglatadi.


9.4.1-rasm. Bostirilgan (yashirin) inflatsiya36


bunda,
AD – yalpi talab;
AS – yalpi taklif;
PMmuvozanatli bozor narxi, bunda yalpi talab yalpi taklifga teng;

PG – davlat tomonidan o‘rnatilgan narxlar darajasi; YS – yalpi taklif;
YD – yalpi talab;
YD va YS o‘rtasidagi farq – bu tovarlar tanqisligini ifodalovchi kattalik.
    1. Inflatsiyaning kelib chiqish sabablari va oqibatlari. Inflatsiya xarajatlari.


Odatda inflatsiyaning ikki asosiy sababi keltirib o‘tiladi:

  1. yalpi talabning ortishi;

  2. yalpi taklifning kamayishi.

Umumiy narxlar darajasining oshishiga olib kelgan sababga ko‘ra inflatsiyani ikki turga ajratadilar:

    1. talab inflatsiyasi

    2. xarajatlar inflatsiyasi.

Narxlar darajasini real ishlab chiqarish hajmiga ko‘paytmasi (P × Y) nominal ishlab chiqarish hajmi (real YaIM)ni beradi. Muomaladagi pullar tezligi odatda o‘zgarmas kattalik hisoblanadi, shuning uchun pullar taklifining ortishi, ya’ni tenglama chap qismining ortishi uning o‘ng qismining oshishiga olib keladi. Pul hajmining ortishi qisqa muddatda ham (chunki zamonaviy qarashlarga ko‘ra yalpi taklif egri chizig‘i yuqoriga, ya’ni musbat yo‘nalishga ega), uzoq muddatda (yalpi taklif egri chizig‘i vertikal yo‘nalishga ega) ham narxlar darajasining oshishiga olib keladi. Bunda qisqa muddatda inflatsiya real ishlab chiqarish hajmining ortishi bilan kuzatilsa, uzoq muddatda real ishlab chiqarish hajmi o‘zgarmaydi va o‘zining tabiiy (potensial) hajmiga teng bo‘ladi.



Download 363.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling