Buxoro davlat universiteti fizika matimatika fakulteti texnologik ta
Download 1,58 Mb.
|
DILNOZA KURS ISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- TEXNOLOGIYA TA’LIMI METODIKASI FANIDAN
- MUNDARIJA Kirish
- II. BOB. VITAMINLARGA BOY SABZAVOTLARDAN TO‘YIMLI SALATLAR TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI. MAVZUSINI O‘QITISH METODIKASI
- Kurs ishining maqsadi
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI FIZIKA - MATIMATIKA FAKULTETI TEXNOLOGIK TA’LIM YO’NALISHI ELEKTRONIKA VA TEXNOLOGIYA KAFEDRASI 4-1TEX-20 GURUH TALABASI SHOMURODOVA DILNOZA TEXNOLOGIYA TA’LIMI METODIKASI FANIDAN “VITAMINLARGA BOY SABZAVOTLARDAN TO‘YIMLI SALATLAR TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI. (KARAM, SABZI, TURP, LAVLAGI, BAQLAJON) MAVZUSINI O‘QITISH METODIKASI” MAVZUSIDA KURS ISHI VITAMINLARGA BOY SABZAVOTLARDAN TO‘YIMLI SALATLAR TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI. (KARAM, SABZI, TURP, LAVLAGI, BAQLAJON) MAVZUSINI O‘QITISH METODIKASI MUNDARIJA
KIRISH Mamlakatimizda etishtirilgan sabzavotlar va mevalar inson oziq-ovqat mahsulotlari orasida xushta`mligi, vitamin, mineral moddalar va qimmali uglevodlarga boyligi bilan ajralib tutadi. O`zbekiston Respublikasi qishloq xujaligida meva-sabzavot maxsulotlarini kupaytirishga karatilgan xujjatlarda, tibbiy me`yorga ko`ra har bir inson yiliga 113 kg sabzavot 56,4 kg meva va 38,4 kg uzum iste`mol etishi lozim. Ya`niy mamlakatimiz aholisi va qayta ishlash sanoatining yangi meva va uzumga bo`lgan talabini qondirish uchun yiliga kamida 3,3 mln. t sabzavot, 1,68 mln tonna meva, 1,20 mln tonna uzum etishtirish va ularni mavsumdan tashqari paytda aholiga etkazish uchun sifatli saqlashni taqozo etadi. Meva va sabzavotlar inson organizmini biologik faol moddalar bilan ta`minlaydi. Inson organizmi uchun zarur bo`ladigan vitaminlarning qariyb barchasi sabzavotlar va mevalar tarkibida mavjuddir. Ularning tarkibida uglevodlar, mineral tuzlar, fermentlar, fitontsidlar va boshqa biologik moddalarni ko`pligi jihatidan u insonni ishlash qobilyatini muntazam davom etishi hamda yashash davrini uzaytiradigan asosiy vositalardan biridir Sabzavot va mevalar ishlab chiqarish bilan bir qatorda, aholi tomorqala-rida ham ko`plab etishtiriladi. Ularni uy sharoitida saklashni har bir aholi xonadonining bilishi mamlakatimizda turmush darajasining yana bir pog`onaga ko`tarilishida muhim omil hisoblanadi. Chunki uy sharoitida meva-sabzavotlarni ko`plab saklash mavsumdan tashqari vaqtlarda shu xonadonlarning dasturxonida to`kinlik bo`lishini ta`minlaydi. Sabzavotlar–bu sersuv, etli va mazali (mevalari, ildizmevalari, karamboshi, piyozboshi, tuganaklari, poyalari, barglari, kurtaklari, ildizlari va sh.k.) inson iste’mol qiladigan o‘tsimon o‘simliklardir. Bularni yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi o‘simlikshunoslikning bir tarmog‘i sabzavotchilik deyiladi, shuningdek, u o‘simliklarning biologiyasi va mahsulot yetishtirish texnologiyasini o‘rganuvchi ilmiy fandir. Bu tarmoqning ochiq dala sabzavotchiligi, himoyalangan yer sabzavotchiligi, polizchilik, urug‘chilik kabi yo‘nalishlari mavjud. Sabzavotchilikni o‘rganish natijasida o‘quvchilar asosiy sabzavot ekinlarining biologik xususiyatlari va navlarini o‘zlashtirib, ularni ochiq va himoyalangan yerlarda yetishtirishning zamonaviy texnologiyasini hamda himoyalovchi inshootlar turlari, tuzilishi, vazifasi, mahsulotlar sifatiga talablar, xaridorgirlik xususiyatlar berish sabzavotlarni tashish va vaqtincha saqlash texnologiyalarini egallashlari lozim. Sabzavotchilikning vazifalari, maqsadi, kelib chiqishi va xususiyatlari. Sabzavot ekinlari mamlakatimizning hamma joyida o‘stiriladi va haydaladigan jami maydonning yaqin 1% ni egallaydi. Biroq gektaridan olinadigan umumiy mahsulot miqdoriga ko‘ra sabzavotlar o‘simlikshunoslikda birinchi o‘rinda turadi. Qishloq xo‘jaligining bir tarmog‘i sifatida sabzavotchilikning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: aholi va qayta ishlash sanoatlarining sabzavot mahsulotlariga bo‘lgan talablarini to‘la qondirish, sabzavot turlarini kengaytirish aholini yil bo‘yi davomida sabzavot mahsulotlariga talabini bir me’yorda ta’minlash va mahsulotlar sifatini yaxshilash. Kurs ishining maqsadi. Vitaminlarga boy sabzavotlardan to’yimli salatlar tayyorlash texnologiyasi (karam, sabzi, turp, lavlagi, baqlajon) mavzusini o’rganishdan iborat. . Kurs ishining vazifasi. 5-sinf o‘quvchilarining taom tayyorlash texnologiyalariga bo‘lgan nazariy bilimlarini rivojlantirish. O‘quvchilarni texnologiya darslarida zamonanaviy usullardan foydalanishga o‘rgatish. Vitaminlarga boy sabzavotlardan to’yimli salatlar tayyorlashda o‘quvchilarning ijodkorlik qobiliyatlarini shakllantirish. 5-sinf o‘quvchilariga amaliy dars ishlanmasini ishlab chiqish metodikasini o‘rgatish. Download 1,58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling