Reagin turi (krapivnitsa, anaf shok) Immun komplekslar bilan jarohatlanish


Download 39.05 Kb.
bet1/12
Sana17.11.2023
Hajmi39.05 Kb.
#1782219
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
O’tkir allergozlar

O’tkir allergozlar


Reja:
  1. Reagin turi (krapivnitsa, anaf. shok)

  2. Immun komplekslar bilan jarohatlanish

  3. Sekin rivojlanadigan allergik reaksiya


  4. Ngionevrotik shish
  5. Nafilaktik shok




O’tkir allergozlar


Allergik kasalliklar — bu rivojlanishning asosida jarohat yotadigan, ekzogen allergenlarga immunologik ta’sir etadigan kasalliklar guruhidir. Allergik kasalliklar aholining 10% ini tashkil etadi.
Allergiya — atrof-muhitning allergenlar deb ataluvchi ba’zi omillari (kimiyoviy moddalar, mikroblar va ularning hayot faoliyatida hosil bo’ladigan mahsulotlar, oziq-ovqatlar) ta’siriga organizmning o’ta sezgir bo’lishi. Allergik kasalliklar qadimdan ma’lum. Ba’zi odamlar ayrim ovqat mahsulotlarini iste’mol qilganda me’dasining ishi buzilib, badaniga eshakyemi toshishini Gippokrat (mil.av.V—IV asr), gul isidan ba’zilarning tumov bo’lishini Galen (II—asr) yozib ketgan. O’simliklar changi dimoqqa kirganda bo’ladigan isitma XIX asrda tasvirlangan.
Allergik kasalliklar butun jahonda tarqalgan bo’lib, tobora ko’payib bormoqda. Har xil dori preparatlarining ko’payishi va ularni qo’llashning o’sishi funksiyalarning neyroendokrin regulatsiyasining buzilishi va organizm sensibilizatsiyasining oshishiga olib keladigan shart-sharoitlar yaratishi mumkin. Dorilarga bo’lgan allergiya klinik ko’rinishlarining ko’pligi, ularning o’sishi, hozirgi zamon diagnostikasi, adekvat davolash va profilaktika o’tkazishni talab etadi.
Shunday qilib, allergik kasalliklar — asosida ekzogen allergen (Al)ga immun ta’sir etadigan jarohat yotadigan kasallikdir. Autoallergik kasalliklar — bu asosida xususiy to’qimalar allergenlariga (autoallergenlar) javoban to’qimalar jarohati yotadigan kasalliklar guruhi.
Allergik reaksiyalarda sensibilizatsiya (yuqori ta’sirchanlik) davri ajratiladi — bu allergen bilan birinchi uchrashuv paytidan to allergenning organizmga qayta tushishida yuzaga keladigan allergik reaksiya rivojlanishigacha bo’lgan yuqori ta’sirchanlikning paydo bo’lish davridir.
Allergen antigenning (Ar) hamma xususiyatlariga ega: makromolekularlik, ko’proq oqsil tabiatlik, organizmga begonalilik, sensibilizatsiyaning borligi.
Etiologiyasi. Allergenlar — ekzogen va endogen, atrof- muhit omillari (issiq, sovuq, chang), organizmning reaktiv holati (sensibilizatsiya, yuqori ta’sirchanlik).
Ekzogen allergenlar turli yo’llar bilan organizmga tushib, turli organ va sistemalarning zararlanishiga sabab bo’lishi mumkin.

Download 39.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling