Reagin turi (krapivnitsa, anaf shok) Immun komplekslar bilan jarohatlanish


Download 39.05 Kb.
bet3/12
Sana17.11.2023
Hajmi39.05 Kb.
#1782219
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
O’tkir allergozlar

Sensibilizatsiya — bu organizmning ekzogen yoki endogen bo’lgan antigen (allergen)larga nisbatan immunologik jihatdan vujudga kelgan ta’sirchanlikning oshishi. Sensibilizatsiya tushunchasini faqat organizmda yuz beradigan ma’lum jarayonlar bilan, ya’ni organizmga antigen kirgan paytdan to antitanalar yoki shu antigenga nisbatan sensibilizatsiyalangan limfotsitlarning vujudga kelishigacha bo’lgan paytdagi jarayonlar bilan chegaralash to’g’ridir. Sensibillashgan odam amaliy jihatdan sog’lom va faqat organizmga antigenning qayta tushishi allergik reaksiyaning realizatsiyasiga olib keladi. A.D.Ado (1970) ning ko’rsatmalariga ko’ra allergik reaksiyaning rivojlanishida uch bosqich mavjud:

  1. Immunologik bosqich — bu davr organizmga allergenningtushishidan boshlab to antitana (At)ning yoki sensibillashgan limfotsitlarning va ularning birikmalarining qayta tushgan allergen bilan bog’liq bo’lgan barcha immun tizimidagi o’zgarishlarini o’z ichiga oladi.

  2. Patoximik bosqich — mediatorlar hosil bo’lish bosqichi. Ularning paydo bo’lishiga allergenning immunologik bosqichda antitanalar yoki sensibillashgan limfotsitlar bilan o’zaro bog’lanishi sabab bo’ladi.

  3. Patofiziologik bosqich yoki klinik ko’rinishlar bosqichi. U organizmning to’qimalari, organlari va hujayralarida hosil bo’lgan mediatorlarning patogen ta’siri (allergik yallig’lanish) bilan tavsiflanadi. Allergenlar antigen sifatida organizmga kirganida ularga qarshi antitanalar paydo bo’lib, ular reaksiyaga kiradi va oqibatda qonda gistamin moddasi ajralib chiqib, ular qon tomirlarni kengaytirib, AB pasayishiga, tomirlar o’tkazuvchanligining kuchayishiga, bronxlar torayib qolishiga va ichak peristaltikasi zo’rayishiga olib keladi. Allergik reaksiyalarning tarqalishi K. Y. Yuldashevning ko’rsatkichlariga ko’ra O’zbekiston Respublikasi bo’yicha 16 yosh va undan kattalarda, 1000 aholiga nisbatan, hammasi bo’lib, 152 tani tashkil etadi.

Allergik reaksiyaning tasnifi. 1930- yilda SOOKE allergik reaksiyalarni klinik belgilarining paydo bo’lishiga qarab ajratdi: tez hosil bo’ladigan turi, 15—20 min va sekin hosil bo’ladigan turi 1—2 sutka davomida. U hozirgi zamon tushunchalaridan uzoqda edi, lekin terminlari shunday qulay ediki, ular tibbiyotga va kundalik foydalanishga puxta o’rnashdi. Hozirgi vaqtda Gell va Coombs tavsifnomalari tasdiqlangan. Reaksiya ikki fazada o’tadi:

I. Reagin turi (krapivnitsa, anaf.shok)


  1. Allergenning tushishiga javoban IgE antitanalar (reaginlar) yuzaga keladi, ular Alga retseptorlari bo’lgan bazofillar va bo’liq to’qimalarda o’rnashadi. Allergenning qayta tushishida esa Ag ± At reaksiyasi mediatorlarning (gistamin, serotonin va b.) chiqib ketishi bilan birga yuz beradi. Qanchalik reaksiya tez yuz bersa, shunchalik natijasi og’ir bo’ladi.

  2. Faza 48—72 soat o’tgach boshlanishi mumkin. Immunokompetent hujayralarning xemotoksik faktorlari ta’siri ostida va tomirlarning yuqori o’tkazuvchanligi sharoitida A — At reaksiyasi o’rniga trombotsitlar, makrofaglar, eozinofillar migratsiya qiladilar, fagotsitoz kuchayadi, faollik ko’tariladi (ajralib chiqish reaksiyasi, trombotsitlar agregatsiyasining oshishi va h.k.). Shuning uchun bemor anafilaktik shokdan chiqarilgach, uni ikki sutka mobaynida kuzatib turish kerak.

Sititoksik turi


Antigen sifatida hujayra yoki uning determinatlari hisoblanadi. Sitotoksiklik haqida hozirgi zamon tushunchalari I.I. Mechnikov, E.S.London, A.A. Bogomoleslar (1901—1908yillar) ta’limotining keyingi rivojlanishidir, bir necha yillardan keyin birinchi sitotoksik zardob olindi. Antigenning jarohatlangan hujayralari uch xil yo’l bilan o’tishi mumkin:

  1. komplement muhit sitotoksikligi, bunda vujudga kelgan komplementning faol fragmentlari hujayra membranasini jarohatlaydi;

  2. antitanalar qoplagan hujayralar fagotsitozi aktivatsiyasi;

d) hujayra sitotoksikligiga moyil bo’lgan antitana aktivatsiyasi orqali. Ushbu reaksiya turini yaratishda dorilar asosiy rol o’ynaydi. Masalan, gidrolazin bilan davolashdagi volchanka sindromi autoimmun gemolitik anemiya sindromi. Klinikada reaksiyaning sitotoksik turi dorilarga bo’lgan allergiyaning leykotsitopeniya, gemolitik anemiya kabi ko’rinishlaridan biri bo’lishi mumkin. Ushbu mexanizm organizmga autoantigenlar tushganda allergik gemotransfuzion reaksiyalar ko’rinishida namoyon bo’ladi. Masalan, chaqaloqlarda kechadigan gemolitik anemiya.

Immun komplekslar bilan jarohatlanish


Ushbu turdagi jarohatlanish Ar + At immun komplekslari orqali chaqiriladi. U immunkompleks yoki Artyus fenomeni deb ataladi. Allergen tushganda antitana vujudga kela boshlaydi (ayniqsa, IgG va IgM katta rol o’ynaydi). Antigenlar har xil bo’lishi mumkin, shu hisobda dorilar ham, antitoksik zardoblar, ingalatsion allergenlar, oziq-ovqat mahsulotlari va b.q. Ko’pgina komplekslar organizmdan fagotsitoz yo’li bilan chiqib ketadi, faqat ularning yuqori konsentratsiyalari yoki filtr organlari membranalaridagi hosilalari bo’lgan hollar bundan mustasnodir. Eng ko’p shikastlovchi ta’sir eruvchi komplekslarda bo’ladi.
Immun komplekslar komplement sistemasini aktivatsiya qiladilar. Shunday qilib, immun kompleksli komplementning fraksiyalaridan biri bo’lgan Ag + At dan tashkil topadi. Biriktiruvchi to’qima hujayralarining bazal membranasini jarohatlovchi lizosomal fermentlar roli isbotlangan, kinin-bradikinin tizimiga xos.
III turi zardob kasalligining rivojlanishida, ekzogen allergik alveolitlarda va oziq-ovqatga bo’lgan allergiyalarda asosiy ro’l o’ynaydi. Sistemali anafilaksiya rivojlanishi mumkin.

Sekin rivojlanadigan allergik reaksiya


Ushbu termin bilan sensibillashgan hayvonlarda va odamlarda allergen bilan kontaktda bo’lgandan keyin 24—48 soat mobaynida rivojlanadigan allergik reaksiyalar guruhi ko’zda tutiladi. Yaqqol misol, tuberkuloz mikobakteriyalari antigenlariga nisbatan sensibillashgan kishilarda tuberkulinga bo’lgan ijobiy reaksiya. Binobarin, keyinchalik aniqlandiki, bunday reaksiyaning vujudga kelishi mexanizmida allergenga sensibillashgan limfotsitlar ta’siri asosiy ro’l o’ynaydi. Ular antitana rolini bajaradilar.
3-jadval

Download 39.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling