Reagin turi (krapivnitsa, anaf shok) Immun komplekslar bilan jarohatlanish


Download 39.05 Kb.
bet8/12
Sana17.11.2023
Hajmi39.05 Kb.
#1782219
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
O’tkir allergozlar

Kasallikning rivojlanishi. Ma’lumki, anafilaktik shok tez o’tadigan ximergik ko’rinishdagi allergik jarayon turiga kiradi.
Anafilaktik shokda odam a’zolarida sodir bo’ladigan haddan tashqari murakkab jarayonlar rivojlanishini 3 bosqichga bo’lish mumkin.

  1. Immunologik bosqich.

  2. Biokimiyoviy bosqich.

  3. Anafilaktik shok belgilari keng yuzaga chiqqan kasallikning fiziologik bosqichi.

Anafilaktik shokda muhim ahamiyat kasb etuvchi davr — odam tanasining sezgirligi oshib, immunologik jihatidan qayta tiklanish jarayonidir. Bunda teri sezgirligini oshiruvchi antitanalarning paydo bo’lishi kasallikning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Sezgirligi oshgan tana to’qimalari muhim allergenning ko’p miqdorda o’ziga singdirib olish xususiyatiga egadir.
Anafilaktik shokning immunologik bosqichida sezgirligi oshib ketgan a’zoning to’qima va hujayralariga birikkan antitanalar bilan tashqi muhitdan tushgan allergenning to’qnashuvi oqibatida bo’ladigan reaksiya jarayoni sodir bo’ladi.
Anafilaktik shok rivojlanishida bazofil leykotsitlarda, mayda qon tomirlar atrofida shilliq qavat joylashgan g’ovak biriktiruvchi to’qimaning to’yingan hujayralarida allergen-antitana o’rtasida sodir bo’ladigan jarayon muhim ahamiyatga ega.
Allergen-antitana birikmasi oldin qonda sodir bo’lib, so’ngra shokli a’zolar to’qimalarini yemirib, birikishi ham mumkin.
Allergen antitana to’qimalarda morfologik va fiziologik ish qobiliyatini yo’qotadigan o’zgarishlar keltirib chiqaradi. Natijada, to’yingan to’qimalar hamda qonning bazofilotsitlari degranulatsiyaga uchrab, biologik jihatdan faol moddalarni ko’plab ishlab chiqara boshlaydi, oqibatda tez boshlanadigan allergik reaksiyaning ikkinchi, ya’ni ximergik—patokimyoviy bosqich boshlanadi. Immun birikma bo’lmish allergen-antitana to’qima va qon zardobi tarkibidagi fermentlarning aktivligini pasaytirib yuboradi. Allergen-antitananing to’qnashuvi natijasida proteolitik va lipolitik fermentlarning aktivligi oshib, oqibatnatijada to’qimalardan gistamin, asetilxolin, geparin, sekin reaksiya beruvchi substansiyali anafilaksin (SRS—A) vazoaktiv kininlar (bradikinin, kallidin) ajralib chiqadi.
Odamda sodir bo’ladigan anafilaktik shokda yuqorida nomi qayd qilingan fermentlar aktivligi oshishi tufayli yashin tezligida to’qimalardan katta miqdorda gistamin ajraladi.
Anafilaktik shokning rivojlanish jarayonida ko’plab gistamin ajralishi bilan bir qatorda, allergen markaziy nerv hosilalari (miyaning po’stloq qismi va po’stloq ostidagi qismini va b.) vegetativ nerv sistemasi funksiyasini qattiq pasaytiradi.
Immun kompleks allergen-antitana birikishi oqibatida to’qimalardan faqat gistamingina emas, balki asetilxolin, geparin, serotoninlar ham ajraladi.
Keyingi vaqtlarda anafilaktik shokning rivojlanishida kininlarning ahamiyati o’rganib chiqildi. Kininlarning oqqon tanachalari diapedezini, qon oqimi tezligini, kapillar qon tomirlar o’tkazuvchanligini oshirib yuborishi, shuningdek, qon bosimini pasaytirishda, qon tomirlar bo’shligini kengaytirishda ishtirok etishi aniqlangan.

Download 39.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling