Reagin turi (krapivnitsa, anaf shok) Immun komplekslar bilan jarohatlanish


Download 39.05 Kb.
bet7/12
Sana17.11.2023
Hajmi39.05 Kb.
#1782219
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
O’tkir allergozlar

Anafilaktik shokhayotga tahdid soluvchi holat, o’tkir allergik reaksiyaning eng og’ir ko’rinishlaridan biri. Aksari penitsillin va boshqa antibiotiklar, shuningdek, shifobaxsh zardoblar, rentgenokontrast moddalar va boshqalar inyeksiya qilinganidan keyin paydo bo’ladi. Asosiy belgilari: preparat inyeksiya qilinganidan keyin darrov ko’krak siqayotgandek bo’lishi, bo’g’ilish, bosh aylanishi, bosh og’rishi, besaranjomlanish, tinka-mador qurib ketishi, a’zoyibadan qizib ketayotgandek bo’lib sezilishi. Og’ir hollarda bu belgilarga kollaps simptomlari qo’shiladi. Kollaps odamning o’zidan ketib qolishi bilan birga davom etishi ham mumkin, ba’zan komatoz holat boshlanadi. Ayniqsa, og’ir hollarda anafilaktik shokning dastlabki simptomlari paydo bo’lganidan bir necha minutdan keyin odam o’lib qolishi mumkin. Tez yordam tadbirlari ko’rsatilishi lozim.
Adrenalin vena orqali, inyeksiya qilingan joy atrofiga dori yuborish, kislorod, shokka qarshi suyuqliklar, yangi muzlatilgan plazma, yurak preparatlari, pressor aminlar, antigistamin vositalar qo’llaniladi.
Manipulatsiya xonalarida tez yordam aptechkalari tayyor turishi va shaxsiy tayyorlovdan o’tgan bo’lishi kerak. Bemor shokdan chiqarilgach, sutka davomida reaksiyaning kech fazasidan asrash uchun kuzatib turilishi lozim.
Kasallikning sabablari. Anafilaksiya fenomeni 1902- yilda ikkita fransuz olimi Portiyer va Richet tomonidan ochilgan. Ular oz miqdordagi yot oqsilni it a’zosiga yuborilganda sezgirlikning yuqori darajada oshib ketishi natijasida itning bir necha daqiqa ichida halok bo’lishini kuzatdilar. Anafilaktik shokning kelib chiqish sabablariga qarab, dori-darmonlarni qo’llash oqibatida kelib chiqadigan anafilaktik shok, zardob hamda vaksinalarni qo’llash, hasharotlarning chaqishidan vujudga keladigan shoklar farq qilinadi.
H. P. Schuster, H.Schonborn, H. Danep (1975) anafilaktik shok sabablarini 2 turkumga bo’ladilar:

  1. Tashxis va davolash maqsadida ishlatiladigan vositalar: — dori-darmonlar, immun zardoblar;

— o’zida yod saqlagan rentgen kontrast moddalar va boshqa turli testlar uchun dorilar;
— teri orqali allergik kasalliklarni davolash va aniqlash maqsadida ishlatiladigan allergenlar;
— kolloid holatdagi qon o’rnini bosuvchilar;
— qon quyish jarayonida yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan xatoliklar.

  1. Hayvonlar zahari:

— asalari, oddiy beli ingichka qovoq ari va boshqalar chaqqanda.
Keyingi vaqtda doriga bo’lgan allergik reaksiyalar tobora ko’payib bormoqda. Har xil kasalliklarni davolashda ishlatiladigan antibiotiklar ichida penitsillindan kelib chiqadigan anafilaktik shok yuqori foizni tashkil etadi. Hozirgi kunda penitsillindan anafilaktik shokka chalinganlar 0,6 — 16% ni tashkil etadi. Dori-darmonlar ishlatishdan kelib chiqadigan anafilaktik shokni ularning tutgan o’rniga qarab quyidagilarga bo’lish mumkin:

  1. Tabiiy (penitsillin, bitsillin) va yarim sintetik penitsillinlar (oksatsillin, ampitsillin va boshqalar) guruhi.

  2. Tetratsiklin guruhiga kiruvchi dori-darmonlar (tetratsiklin, rondomitsin, metatsiklin, morfotsiklin, glikotsiklin va boshqalar).

  3. Streptomitsin va aminoglikozidlar (neomitsin, kanamitsin, gentamitsin va boshqalar) guruhi.

  4. Fenotiazid va ba’zi bir gistaminga qarshi ishlatiluvchi dorilar (aminazin va uning analoglari, pipolfen, diprazin).

  5. O’z tarkibida yod saqlaydigan barcha dori-darmonlar (lugol eritmasi, sayodin, yod kontrast dorilar).

  6. Vitamin B1 (tiamin bromid) va kokarboksilaza.

  7. Barbituratlar (fenobarbital, medinal va boshqalar) guruhiga kiruvchi dorilar.

  8. Pirazolin turkumiga kiruvchi dorilar (analgin, antipirin, amidopirin, butadion), asetilsalitsilat kislota va fenil propionatlar (brufen va boshqalar).

  9. Novokain, sulfanilamid va uning turkumiga kiruvchi dorilar.

  10. Etilendiamin (suprastin va boshqalar) guruhiga kiruvchi dorilar hamda eufillin guruhi.

  11. Sefalosporin guruhi.

Adabiyotda anafilaktik shokning og’ir ko’rinishi dori-darmonlar juda oz miqdorda qo’llanganda ham yuzaga kelganligi haqida ma’lumotlar bor.
Penitsillin antibiotikini ishlatish maqsadida qo’llanilgan shpris sterilizatorlar ham anafilaktik shok xastaligini boshidan kechirgan bemorlar uchun xavflidir. Odatda, anafilaktik shok konstitutsiyasida anomaliyasi bo’lgan hamda allergik kasalliklarga moyilligi bor bolalarda va katta yoshdagi kishilarda sodir bo’ladi. Hasharotlar chaqishi oqibatida tana sezgirligining oshib ketishi E.Rayk (1966) ma’lumoti bo’yicha 5% ni tashkil qilgan bo’lsa, hozir bu ko’rsatkich birmuncha ko’paygan.
Hashorotlar chaqishi oqibatida kelib chiqadigan anafilaktik shok dori allergiyasi oqibatida yuzaga keladigan belgilardan farq qilmaydi, lekin hasharotlar zaharining o’ziga xos xususiyatlari bor. Hasharotlar zahari ichida asalari zaharigina o’rganilgan xolos. Anafilaktik shokning kelib chiqishida ovqat allergiyasining o’rni qanday? Allergenli ovqatlar deb quyidagilar hisoblanadi: sigir suti, yong’oq, tuxum, pista, pistabodom, pishloq, baliq, shokolad, moshli taomlar, kofe, kakao, sitrusli mevalar, asal, tovuq go’shti, pepsi-kola. Anafilaktik shok allergik reaksiyasi hatto bir necha millilitr yoki bir necha tomchi sutga ham qisqa vaqt ichida paydo bo’lishi mumkin.
Sovuq havoga nisbatan allergik sezgirligi bor bolalarda tananing katta qismiga sovuq ta’sir qilganda (daryo yoki dengizda cho’milish vaqtida) anafilaktik shok yuz berishi mumkinligini A.D.Ado va Y.A.Poroshina (1976) qayd qilib o’tishgan.

Download 39.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling