NONARKOTIK ANALGETIKLAR
atsetilsalitsilat kislota, metilsalitsilat, amidopirin, analgin,
butadion, fenatsetin, paratsetamol
Nonarkotik analgetiklar sintetik moddalar bо‘lib, og‘riq qoldiruvchi, haroratni tushiruvchi, yallig‘lanishga qarshi ta’sirlarga ega. Nonarkotik analgetiklar markaziy nerv sistemasiga ta’sir etuvchi moddalarga shartli ravishda narkotik analgetiklar bilan solishtirish uchun kiritilgan, chunki ular tinchlantiruvchi, uxlatuvchi, eyforiya, tobelik paydo qiluvchi xususiyatlarga ega emas.
Moddalar sintez yо‘li bilan olingan, kimyoviy jihatdan nonarkotik og‘riq qoldiruvchi moddalar uchta guruhga bо‘linadi: 1) salitsilatlar — metilsalitsilat, natriy salitsilat, atsetilsalitsilat kislota 2) pirazalon unumlari — amidopirin, analgin, butadion. 3) anilin unumlari — fenatsetin, paratsetamol.
Nonarkotik analgetiklarning kimyoviy tuzilishi.
Nonarkotik analgetiklarning og‘riqni qoldirish mexanizmlari periferik yallig‘lanishga qarshi ta’siri bilan bog‘liq. Ma’lumki, yallig‘lanishda prostaglandinlar mikdori oshadi, prostaglandinlar esa notsitseptorlar (og‘riq retseptorlari) sezuvchanligini oshirib, og‘riqni zо‘raytiradi. Nonarkotik analgetiklar esa prostaglandinlar hosil bо‘lishini, yallig‘lanish о‘chog‘idagi tо‘qimalarda shish, infiltratsiya, retseptorlarga bо‘layotgan bosimni pasaytiradi, shu tufayli og‘riqni sezish kamayadi.
Nonarkotik analiyetiklarning og‘riq qoldiruvchi mexanizmida markaziy nerv sistemasiga bо‘lgan ta’siri ham ahamiyatga ega.
Analgetiklarnnng yalliglangan va yallnglanmagan tо‘qimalardagya og‘riq sezuvchanlik bо‘sagasiga ta’siri
|
Moddalar
|
Og‘riq sezuvchanlik bо‘sag‘asining oshishi (kalamushlardagi tajriba)
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |