Mavzu: Bosimni o’lchashda qo’llaniladigan elektr manometrlar
Download 11.72 Kb.
|
Mavzu Bosimni o’lchashda qo’llaniladigan elektr manometrlar-fayllar.org
Mavzu: Bosimni o’lchashda qo’llaniladigan elektr manometrlar Andijon 2021 Mavzu: Bosimni o’lchashda qo’llaniladigan elektr manometrlar REJA: Bosimni o’lchash asboblari Elektr manometrlarlar Zamonaviy bosimni o’lchash qurilmalari Bosimni o'lchash asboblari o'lchanayotgan kattalikning turiga va ishlash usuliga ko'ra tasniflanadi. O'lchanayotgan kattalikning turiga ko'ra bosimni va siyraklanishni o'lchaydigan asboblar quyidagilarga bo'linadi: barometrlar - atmosfera bosimini o'lchash uchun mo'ljallangan; manometrlar - ortiqcha bosimni o'lchash uchun mo'ljallangan; differensial manometrlar - bosimlar farqini o'lchash uchun mo'ljallangan; vakuummetrlar - siyraklangan bosimni o'lchash uchun mo'ljallangan; manovakuummetrlar - ortiqcha hamda siyraklashgan bosimni o'lchash uchun mo'ljallangan. Kichik hajmdagi (40 kPa gacha) bosim, siyraklanish va bosimlar farqini o'lchash uchun mo'ljallangan asboblar naporomerlar, tyagomerlar va tyagonaporomerlar deyiladi. Ishlash usuliga ko'ra bosimni o'lchash uchun mo'ljallangan asboblar to'rt guruhga bo'linadi: 1. Suyuqlikli manometrlar, ularda o'lchanayotgan bosim suyuqlik ustuni hosil qilgan bosim bilan muvozanatlashib, uning balandligi bo'yicha bosim qiymati aniqlanadi. 2. Deformatsion (prujinali) manometrlar, bu asboblarda o'lchanayotgan bosim turli konstruksiyadagi egiluvchan elementlarning deformatsiyalanish qiymati yoki ularda hosil bo'ladigan kuch qiymati bilan aniqlanadi. 3. Yuk porshenli manometrlar, ularda o'lchanayotgan bosim porshen massasi yoki qo'shimcha yuklar hosil qiladigan bosim bilan muvozanatlashadi. 4. Elektrik manometrlarning ishlashi ma'lum materiallarning ularga tashqi bosim ta'sir etganda elektrik xususiyatlarining o'zgarishiga asoslangan. Download 11.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling