YUK-PORSHENLI MANOMETRLAR
Yuk-porshenli manometrlarning ishlash usuli bosimni kalibrlangan yuklar bilan muvozanatlanishiga asoslangan. Ular yuqori bosimlarni (1000 MPa gacha) o'lchash uchun hamda namunaviy va nazorat asboblari sifatida ishlatiladi (aniqlik toifasi 0,02; 0,05; 0,2). Porshenli manometrlar texnik o'lchovlarda kam ishlatiladi.
ELEKTR MANOMETRLAR
Elektr manometrlar asosan yuqori chastotali o'ta yuqori va pulsatsiyali bosimlarni o'lchashda qo'llaniladi. Elektr manometrlarning ishlash usuli sezgir elementning bosim ta'sirida elektrik xarakteristikalarining o'zgarishiga asoslangan bo'lib quyidagi turlarga bo'linadi:
1. P’ezoelektrik manometrlar.
2. Induksion manometrlar.
3. Tenzometrik manometrlar.
4. Qarshilikli manometrlar.
5. Sig'imli manometrlar.
6. Induktiv manometrlar.
Elektr signalni masofaga uzatuvchi manometr - MED induksion manometrlar orasida eng keng tarqalgandir. Diametri 160 mm bo'lgan korpusga bir o'ramli trubkasimon prujinali ushlagich, uzatish mexanizmi va induksion chulg'am (g'altak) joylashtirilgan
Induksion manometr.
Ishlab chiqarishda eng ko'p qo'llaniladigan manometrlarning texnik xarakteristikalari
Nomlanishi
|
Turi
|
Yuqori o'lchash chegarasi
|
Aniqlik toifasi
|
Qo'llanish joyi
|
Ko'rsatuvchi manometrlar
|
TM(MT)
|
0,16; 0,25; 0,4; 0,6; 1,0; 1,6; 2,5; 4,6; 10,16; 25; 40
|
4
|
Suyuq va gazsimon moddalarning bo-simini o'lchaydi
|
|
АМУ
|
0,6; 1; 1,6; 2,5; 4; 16 va 10
|
1,5
|
Ammiak bosimini o'lchash uchun
|
|
M1Д
|
0,16…10; 16 va 25
|
2,5
|
Havo bosimini o’lchash uchun
|
|
MM
|
4 va 25
|
4
|
Kislorod bosimini o’lchash uchun
|
|
MП
|
0,16; 0,25; 0,4..10; 16 va boshqalar
|
1,5
|
Turli xil gazlar bosimini o’lchash uchun
|
Signal beruvchi manometrlar
|
ЭКМ
|
0,1 va 10
|
1,5
|
Suyuq gaz va bug’larning bosimini o’lchash uchun
|
|
МЭД
|
0,1 va 1,6
|
1,5
|
Suyuq gaz va bug’larning bosimini o’lchash uchun
|
Do'stlaringiz bilan baham: |