9-mavzu: yuk porshenli manometrlar va elektr manometrlar. Texnik va informatsion asboblar yuk porshenli va elektr manometrlar
Download 13.54 Kb.
|
9-mavzu yuk porshenli manometrlar va elektr manometrlar. Texnik-fayllar.org
9-mavzu: yuk porshenli manometrlar va elektr manometrlar. Texnik va informatsion asboblar 9-MAVZU: YUK PORSHENLI MANOMETRLAR VA ELEKTR MANOMETRLAR. TEXNIK VA INFORMATSION ASBOBLAR Yuk porshenli va elektr manometrlar. Yuk-porshenli asboblar etalon va namuna asbob sifatida asosan laboratoriya sharoitida, turli (prujinali) manometrlarni tekshirish va darajalash uchun ishlatiladi. Yuk-porshenli manometrlarning ishlash prinsipi o‘lchanayotgan bosimning porshenga ta’sir ko‘rsatadigan tashqi yuk bilan muvozanatlanishiga asoslanadi. Yuk-porshenli asboblar yuqori aniqligi (0,02—0,2) va o‘lchash diapazonining kengligi (0,1 dan 1000 MPa gacha) bilan ajralib turadi. 3.9-rasmda yuk-porshenli manometr sxemasi ko‘rsatilgan. O‘lchanayotgan R bosim yog‘ bilan to‘ldirilgan silindr 3 ga beriladi. Bu bosim porshenning likopcha 2 va yuk 1 bilan birgalikdagi massasi bilan muvozanatlashadi. O‘lchanayotgan bosim miqdori haqida massasini hisobga olib ma’lum og‘irlik kuchini hosil qiladigan yuklar qo‘yiladi. Porshen bilan yuklarning massalari yig‘indisini hisobga olsak, suyuqlikda hosil bo‘ladigan bosim ushbu formula bilan topiladi: (3.24) bunda M — yuklar va porshenning massasi, kg; S — porshenning foydali yuzi, m2 (bu yuza porshen kesimi yuzi bilan porshen va kolonkaning silindrik kanali orasidagi halqasimon tirqish yuzining yarmi yig‘indisidan iborat); g — erkin tushish tezlanishi, m/s2. (3.24) dan ko‘rinadiki, yuklar massasi qancha ko‘p bo‘lsa va porshen yuzi qancha kam bo‘lsa, R bosim shuncha ko‘p bo‘ladi. Odatda, porshen yuzi uning egilishini (0,5 va 1 sm2) hisobga olgan holda uning bikirligi shartidan topiladi. Porshen va silindr orasidagi tirqish 0,01 mm dan oshmaydi. 3.10-rasmda yuk-porshenli namuna manometrning prinsipial sxemasi keltirilgan. Yuk kolonkasi 9 ning markazida silliqlangan silindrik kanal bo‘lib, bu kanalning ichida yuk likopchasi 8 bo‘lgan siljuvchi porshen 6 joylashgan. Kolonkaning kanali porshen 11 ga ega bo‘lgan press bilan ulangan. Bundan tashqari, u tek shirilayotgan manometr 10 bilan bog‘lovchi shtutserlar 5 ga ulangan. Kolonka va shtutser kanallari ninasimon ventillar 4 bilan ta’minlangan. Ventil 1 yordamida ish suyuqligi to‘qiladi. Ish boshlashdan avval ventil 3 ochilib, sig‘im 2 dan asbobning gidravlik sistemasi ish suyuqligi bilan to‘ldiriladi. Sistemani to‘ldirish bilan bir vaqtda maxovik 12 ni soat strelkasining harakat yo‘nalishiga qarshi burab. porshen 11 aylantiriladi. U oxirigacha aylantirilgani holda sig‘im 2 da ish suyuqligi qisman qolishi kerak. Ish suyuqligi sifatida o‘rtacha qovushqoqlikka ega bo‘lgan mineral moy ishlatiladi. Asbob to‘lganidan so‘ng ventil 3 berkitiladi. Keyin maxovik 12 moy bosimi natijasida ko‘tarilgan yuk likopchasi ko‘rsatkichi 7 to‘g‘risiga kelguncha buraladi. O‘lchanayotgan bosimning kattaligi haqida muvozanatlovchi yuklar kattaligiga qarab fikr yuritish mumkin. Kanal va porshen sirtlari o‘rtasida kichik bo‘lsa ham zazor borligi natijasida moy porshen ustiga o‘tib, uni asta-sekin pastga tushiradi. Ishqalanish ta’sirini kamaytirish uchun porshen qo‘l bilan yoki maxsus qurilma yordamida aylantiriladi. Yuklar hosil qiladigan maksimal bosim 2,45 — 4,9 MPa. Manometrni bunlan kattaroq bosimga moslash uchun porshenli pressdan foydalaniladi. Yuqori bosimlarni (1000 MPa gacha) o‘lchash uchun gidravlik multipliqatorli porshenli- differensial va yuk-porshenli manometrlar qo‘llaniladi [16]. Download 13.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling