Butun olam tortishish qonuni
Download 13.53 Kb.
|
Fizika Labarato\'riya ximoya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Butun olam tortishish qonuni , Nyutonning tortishish qonuni
Paragraf 1 Yerning gravitatsion maydon ta’siri doirasida bo‘lgan har qanday jismga Yer tomonidan tortish kuchi ta’sir qiladi. Boshqa kuchlar ta’sir qilmaganida yoki ularning o‘zaro ta’siri kompensatsiyalashganda gravitatsion maydon hosil qilgan tortishish kuchi ta’sirida qiladigan jismning harakatiga erkin tushish deyiladi. Nyutonning 2-qonuniga asosan jism erkin tushish paytida ma’lum tezlanish oladi va bu tezlanish og‘irlik kuchining tezlanishi yoki erkin tushish tezlanishi deyiladi. Butun olam tortishish qonuni, Nyutonning tortishish qonuni — moddiy zarralarning oʻzaro tortishishi toʻgʻrisidagi qonun; tabiatning universal qonuni. Massalari m1 va m2 boʻlgan va bir-biridan r masofada turgan moddiy zarralarning oʻzaro tortishish kuchi ushbu formuladan topiladi: F=Gm1m2/r²; bunda: G — gravitatsion doimiy. Moddiy zarralar deganda oʻlchamlari shu zarralar orasidagi masofadan ancha kichik jismlar, ya’ni moddiy nuqtalar tushuniladi. Real jismlarning oʻzaro tortishish kuchini aniqlash (oʻlchamlari, shakllari va zichliklarini hisobga olgan holda) uchun shu jismlar shartli ravishda parchalanadigan alohida mayda zarralar juftlari orasidagi oʻzaro ta’sir kuchlarining geometrik yigʻindisini topish lozim. Demak, ikki shar orasidagi oʻzaro tortishish kuchini yuqoridagi formuladan topish mumkin ekan (buning uchun g sifatida sharlar markazi orasidagi masofani qabul qilish lozim). Jismlarning gravitatsion jismlarga (masalan, Yerga) tortilish kuchiga og‘irlik kuchi deyiladi va u quyidagicha aniklanadi: P=mg, bu yerda g gravitatsion jismning erkin tushish tezlanishi deyiladi. Uning qiymati jism joylashgan nuqtaning vaziyatiga bog‘liq. Og‘irlik kuchi jismning og‘irlik (massa) markaziga qo‘yilgan bo‘lib doimo Yer markaziga tomon yo‘nalgan bo‘ladi Download 13.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling