Mato va trikotajni bo‘yash uchun mo‘ljallangan zamonaviy laboratoriya uskunalari Ishning maqsadi


Download 0.81 Mb.
bet1/20
Sana08.01.2022
Hajmi0.81 Mb.
#253393
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
2 5463146835134646340


LABORATORIYA MASHG’ULOTI – 1-2=3

Laboratoriya mashg’uloti mavzusi:



Mato va trikotajni bo‘yash uchun mo‘ljallangan zamonaviy laboratoriya uskunalari
Ishning maqsadi:

– Laboratoriya bo’yash jixozi bilan tanishish;

– Uuning tarkibi, tuzilishi, texnologik sxemasi va ishlash prinsipini o’rganish.
Ishning bajarilish tartibi:

Laboratoriya ishi rejaga asosan to’qimachilik materiallarini pardozlash korxonasi sharoitida amalga oshiriladi. Barcha ma’lumotlar bevosita ishlab turgan mavzuga oid jihoz bo’yicha to’planadi.


Laboratoriya mashg’ulotiga kerak bo’ladigan jixozlar:

«Mini–Colour» – «Laboratoriya bo’yash uskunasi». Pardozlash korxonasida ishlab turgan Mato va trikotaj polotnolarini «jgut» ya’ni to’plangan va yoyilgan holatida davriy bo’yash usulida bo’yash barkasi, ejektor bo’yash mashinasi.


Umumiy ma’lumotlar:

«Mini–Colour» – «Laboratoriya bo’yash uskunasi», konstruktsiyasi va ishlash printsipi. Ushbu laboratoriya ishi kafedraning sertifikat laboratoriyasida bajariladi. Bo’yash uskunasi Yaponiya granti asosida olingan bo’lib, kafedrada professor-o’qituvchilar, aspirantlar, magistrantlar va bakalavrlar tomonidan bajarilayotgan ilmiy ishlarni amalga oshirishda foydalaniladi. Uning imkoniyatlari ancha keng bo’lib, turli sharoitlarda bir nechta namunalar bo’yash imkonini beradi. Laboratoriya ishini bajarish yuqorida keltirilgan umumiy uslubiyat bo’yicha amalga oshiriladi. Ushbu laboratoriya ishini imkon bo’lsa korxona sharoitida ham bajarish mumkin, u holda quyidagi jixozlarni o’rganish nazarda tutiladi.

To’qilgan mato va trikotaj polotnolarini davriy usulda bo’yash mahsulotda to’q ranglar olishni, matoga ko’p bo’yovchi modda kiritish imkonini beradi, shu bilan birga oson deformatsiyalanadigan strukturaga ega mahsulotlarni ham bo’yash mumkin. Mato va trikotaj polotnolarini «jgut» ya’ni to’plangan va yoyilgan holatida davriy bo’yash usuli bo’yash barkalarida, ejektor mashinadarida va djigger bo’yash mashinasida amalga oshiriladi. 3.16-rasmda Rossiyada ishlab chiqarilgan MKP-1 barkasining texnologik sxemasi keltirilgan.

Mato «jguti» kiritish mexanizmidan o’tib ellips kesimli skelet barabanga halqasimon qilib yoki spiral tarzida zapravka qilinadi. Spiral tarzida zapravka qilish kam vaqt talab qiladi va barkalarni bir-biri ketin o’rnatib uzluksiz ishlaydigan agregat tarzida ishlatish mumkin.

Barka vannasi 3,5 m3 hajmga ega va u yolg’on devor (teshikli to’siq) bilan ikki qismga bo’lingan. Kichik bo’lim suv, buyash eritmasi va bug’ berish uchun xizmat qiladi. Shu bo’limda ishlab bo’lgan eritmani chiqarish klapani ham joylashgan. Vannani yuqorisidagi orqa tarafda ikkiga bo’lingan cho’ntak mavjud bo’lib, uni biriga barkani yuvish suvi berilsa, ikkinchisiga sirkulyasion nasos vannadan olib yuborayotgan bo’yash eritmasi tushadi. Eritmani jarayon davomida bunday uzluksiz sirkulyasiyasi vannani butun hajmida haroratni va kimyoviy moddalar konsentratsiyasini bir xil bo’lishini ta’minlaydi.

Ellips kesimli skelet baraban mato jgutini 52-78,7 m/min tezlikda harakatlantiradi. Bu barabanning kesimini ellips shakldaligi matoni doim chayqalishiga natijada unda buklanishlarni muxrlanib qolishiga yo’l qo’ymaydi. Mashinaning mato kiritish va uni chiqarib olish mexanizmi tarkibidagi siqish vallari bu jarayonni osonlashtiradi. Mashinaga bir vaqtni o’zida 14 ta mato halqasi zapravka qilinadi.


3.16-rasm. MKP – bo’yash-yuvish mashinasi

1-mato yuklash va chiqarish mexanizmi; 2-halqa; 3-yo’naltiruvchi blok; 4-ellips kesimli sklet baraban; 5- spiral zapravkalash roligi; 6-vanna; 7-tsirkulya-tsion nasos; 8-ajratish panjarasi; 9-qabul qilib olish roligi; 10- tortib olish barabani.

Mato qalinligiga qarab uni uzunligi 1000 metrgacha etishi va uni yuza og’irligi 300 g/m2 gacha etishi mumkin. Mashina minimal 20 bo’yash modulini ta’minlaydi. Ishlov berish davomida mato jgutlari vannaga cho’kkan holda harakatlanadi va uning alohida halqalari o’zaro chalkashib ketmasligi uchun ajratish panjarasidan o’tadi. Barkada matoni pishirish, oqartirish jarayonlarini ham amalga oshirish mumkin.



Hozirda yangi qurilayotgan pardozlash korxonalarida ejektr bo’yash mashinalari o’rnatilyapti. Buning birnecha sabablari bor, shulardan asosiylari: ejektr mashinasida mato yoki trikotaj polotnosi yuqori haroratda, kichik modulda bo’yalishi ta’minlanadi, mashina germetik jipslanishi uni ekologik tozaligini kafolatlaydi, ishlov olayotgan mato partiyasini hajmi nisbatan katta:

3.17-rasm. MCD ejektor bo’yash mashinasinig sxemasi

1-avtoklav korpusi; 2-mato to’plagich; 3-mato «jguti» 4-baraban; 5-saplo;
6-nasos; 7-issiqlik almashtirgich; 8-bak; 9-nasos; 10-filtr.


Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling