Mato va trikotajni bo‘yash uchun mo‘ljallangan zamonaviy laboratoriya uskunalari Ishning maqsadi


Download 0.81 Mb.
bet3/20
Sana08.01.2022
Hajmi0.81 Mb.
#253393
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
2 5463146835134646340

LABORATORIYA MASHG’ULOTI – 4-5-6
Laboratoriya mashg’uloti mavzusi:

Mato bo‘yovchi uzluksiz ishlaydigan agregat
Ishning maqsadi:

– Uzluksiz usulda ishlaydigan bo’yash agregatini o’rganish;

– Uning tarkibi, tuzilishi, texnologik sxemasi va ishlash prinsipini o’rganish.
Ishning bajarilish tartibi:

Laboratoriya ishi rejaga asosan to’qimachilik materiallarini pardozlash korxonasi sharoitida amalga oshiriladi. Barcha ma’lumotlar bevosita ishlab turgan mavzuga oid jihoz bo’yicha to’planadi.


Laboratoriya mashg’ulotiga kerak bo’ladigan jixozlar:

Ushbu laboratoriya mashs’ulotini bajarishda pardozlash korxonasida ishlab turgan Uzluksiz usulda ishlaydigan bo’yash agregati, agregat tarkibiga kiruvchi mfshinalar kerak bo’ladi.


Umumiy ma’lumotlar:

Ishlab chiqarish quvvati katta bo’lgan pardozlash korxonalari uzluksiz ishlaydigan yuqori unumli bo’yash agregatlari bilan jihozlanishlari zarur. Bunday agregatlar tarkibiga tipovoy mashina va uskunalar kiradi va mahsulot sifatini ta’minlash bilan bir qotorda ba’zi talablarni qondirishlari zarur. Ularni qisqacha sanab o’tamiz.

- uzliksiz ishlaydigan agregatlar ishlab chiqariladigan tayyor mahsulot sifatiga bo’lgan talabga mos kelishi zarur.

- agregatni tejamkorligi, ya’ni boshqa agregatlarga nisbatan mahsulotni aniq miqdori uchun kam energiya, suv sarf qilishi; boshqarishni, unga xizmat ko’rsatishni kam xarajatligi.



3.18-rasmla Rossiyada ishlab chiqarilgan bo’yash - bug’lash LKZ-120 agregatinig sxemasi keltirilgan.


3.18-rasm. LKZ-120 bo’yash agregatining sxemasi

1-plyusovka; 2-bug’lash kamerasi; 3-yuvish mashinasi; 4-kuchaytirilgan siqish mashinasi; 5-barabanli quritish mashinasi; 6-mato; 7-mato taxlash mexanizmi.


Mato 6 plyusovka 1 da bo’yash eritmasi bilan shimdiriladi va siqiladi, shundan so’ng bug’lash kamerasi 2 ga kiritiladi va 100-102 0S haroratda unga ishlov beriladi. Bug’lash jarayonini o’tagan mato yuvish mashinasida yuviladi. Qo’llanilayotgan bo’yovchi modda va qabul qilingan bo’yash texnologiyasiga muvofiq (kub va oltingugurtli bo’yovchi moddalar qo’llanilganda) yuvish mashinasining birinchi vannasida mato oksidlovchi modda eritmasida ishlov oladi. Shundan so’ng mato 6 kuchaytirilgan siqish vallari juftligi 4 dan o’tkaziladi va quritish barabanlari 5 da quritiladi va taxlash mexanizmi 7 uni aravachaga taxlaydi.

Hozirda to’qimachilik sanoatida keng matolar ishlab chiqarishga intilish tendensiyasi xukm surmoqda. Shuning uchun jahonga mashhur ko’p chet el to’qimachilik mashinasozligi firmalari jahon bozoriga kengligi 3000 mm va undan ortiq bo’lgan matolarni pardozlovchi agregatlarni ko’plab taqdim etishmoqda. Mutaxassisni vazifasi shularning ichidan o’z korxonasi ishlab chiqaradigan assortimentlarga bozor talabini inobatga olib eng ma’qul agregatni sotib olishni tavsiya etishdur.



Bo’yash agregatlarining asosiy mashinalaridan biri bu shimdirish mashinasi - plyusovkadir. 3.18-rasmda plyusovkalarning sxemalari keltirilgan

3.18-rasm. Shimdirish mashinalari-plyusovkalarnig sxemalari.

1-mato; 2- siqish vallari; 3- vanna; 4- siqib chiqaruvchi element.

FA modeli– ikki valli siqish mexanizmi, vallar vertikal joylashgan, umumiy siqish kuchi 12 000 kg.

FB modeli– gorizontal joylashgan ikki valli siqish mexanizmi, umumiy siqish kuchi 6000 va 12 000 kg. Bu model bo’yash jarayoni uchun mo’ljallangan.

FC modeli– siqish vallari fazoda qiyshiq chiziq bo’yicha joylashgan bo’lib, umumiy siqish kuchi 6000 va 12 000 kg. Bo’yash va shimdirish jarayonlariga mo’ljallangan.

FD modeli– ikkita gorizontal o’rnatilgan siqish vallari, mahkam o’rnatilgan uchburchak bilan. Vallarning umumiy siqish kuchi 6000 kg. Suyuqlik miqdori juda oz.

FS modeli– uchta qiyshiq joylashgan siqish vallari. Umumiy siqilish kuchi 12 000 kg. Asosan pardozlash agregatlarida qo’llashga mo’ljallangan. Eritma beruvchi qo’shimcha uskunasi bor.

FV modeli– uch valli siqish mexanizmi, umumiy siqish kuchi 6000 kg. ikkita mato cho’ktirish vannasi bor. Asosan bo’yash jarayoniga mo’ljallangan.

FN model– uch valli siqish mexanizmi, umumiy siqish kuchi 1200 kg. ikkita cho’ktirish bilan, birinchisi vannada va ikkinchisi uchburchakda. Bu bo’yash plyusovkasi oQir matolarga ham mo’ljallangan.

FF modeli– uchta valli, umumiy siqish kuchi 6000 kg. ikkita cho’ktirish bilan, birinchisi uchburchakda va ikkinchisi vannada.

FX modeli– yuqori effektli siqish kalandri. Suvsizlantirish uchun maxsus yaratilgan. Mato yoyilgan holda ishlov oladi.



Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling