Mato va trikotajni bo‘yash uchun mo‘ljallangan zamonaviy laboratoriya uskunalari Ishning maqsadi
Laboratoriya mashg’ulotiga kerak bo’ladigan jixozlar
Download 0.81 Mb.
|
2 5463146835134646340
Laboratoriya mashg’ulotiga kerak bo’ladigan jixozlar:
Ushbu laboratoriya mashs’ulotini bajarishda to’qima matoni pardozlash korxonasida ishlab turgan naqshband metall valli, uzluksiz usulda gul bosish uskunasi kerak bo’ladi. Umumiy ma’lumotlar: Laboratoriya ishini bajarishda talaba dastlab texnologik jixozni vazifasi, ishlatilish o’rni, unda bajaradigan jarayonlarni nazariy jixatdan o’zlashtiradi, so’ngra uni amaliy jixatdan o’rganishga kirishadi. Laboratoriya ishi bevosita pardozlash korxonasida bajarilayotgani uchun talaba doimo texnika xavfsizligi qoidalarini yodda tutishi lozim. Ishni bajarish davomida talaba yuqorida berilgan topshiriqlarni bajarishi lozim. Buning uchun talaba texnologik jixozni va uning ishchi organlarini ko’zi bilan ko’rib, qo’li bilan ushlab ko’rgani holda topshiriqlarda talab etilgan ma’lumotlarni o’rganadi va maxsus daftarga texnologik jixoz sxemasini, maxsus organlari tuzilishini va konstruksiyasini chizadi, hamda bu jixoz yoki maxsus organning vazifasi, ishlash prinsipini yozadi, jixozning muxim elementi yoki qismi, hamda asosiy ishchi organi alohida qayd etilishi lozim. Laboratoriya ishini topshirish uchun talaba daftarda Ushbu ish bo’yicha yig’gan ma’lumotlarini: talab etilgan texnologik sxemalar, jixozning maxsus organlari sxemalari, texnologik sxema elementlaring nomlari, vazifalari va ishlash prinsiplari haqidagi yozuvni o’qituvchiga ko’rsatadi, ishni qanday bajarilganini gapirib beradi va va shu ma’lumotlar bo’yicha o’qituvchiningsavollariga javob beradi. Quyida ushbu laboratoriya ishi mavzusi bo’yicha talaba pardozlash korxonasida o’rganadigan jixozning umumiy texnologik sxemasi keltiriladi: Valli gul bosish mashinasining ishlash printsipi va tuzilishini 3.24-rasmda keltirilgan to’rt valli mashina sxemasi asosida ko’rib chiqamiz. Keltirilgan sxemadan ko’rinib turibdiki, gul bosish vallari 2 gruzovik deb ataluvchi tsilindr 1 atrofida joylashgan. TSilindr yuzasiga 10÷16 qavat mato o’ralib laping deb ataluvchi elastik yuza hosil qilinadi. Gul bosish bo’yog’i tepaga ko’tarilish-tushirish konstruktsiyasiga ega vanna 5 ga quyiladi va uni ichiga o’rnatilgan cho’tka 6 bo’yog’ni val yuzasiga surtadi. Gul bosish vali yuzasidan bo’yog’ni sidirib, uni faqat gravyura ichida qoldiradigan raklya deb ataluvchi pichoq valni aylanish yo’nalishiga qarshi holda o’rnatiladi. 3.24-rasm. To’rt valli gul bosish mashinasining sxemasi 1-gruzovik; 2- gul bosish vali; 3-laping; 4-raklya; 5-bo’yog’ vannasi; 6-cho’tka; 7-konrtraklya; 8-mato; 9-chexol; 10-kirza. Raklya yuqori sifatli legirlangan po’lat markasidan tayyorlanadi va gul bosish vali yuzasiga pishang va yuk yordamida chiqilib turadi. Uning tig’ini bir tekisda yiyilishi va uzoq vaqt xizmat qilishini ta’minlash maqsadida unga bordi-keldi harakat beriladi. Umuman raklyaning vazifasi gul bosish vali yuzasini bo’yoqni faqat uning rasm tushirilgan joyida qoldirib qolgan teks qismini tozalashdan iborat. Rossiya standartiga muvofiq raklyaning oltita (1-6) nomeri belgilangan va ular raklya plastinkasining qalinligi bilan farqlanadilar. Birinchi nomerli raklyaning qalinligi 0,75 mm. bo’lsa oltinchi nomerniki esa 0,50 mm. ni tashkil qiladi va har bir raklya nomerdan nomerga qalinligi 0,05 mm. ga o’zgaradi. 3.25-rasmda raklyani gul bosish valiga nisbatan joylashishi ko’rsatilgan. Raklyaga qarama-qarshi tarafda gul bosish vali harakati yo’lishiga mos ravishda kontrraklya 7 o’rnatiladi. Kontrraklya metallar qotishmasi-latundan tayyorlanadi, malumki bu qotishma bo’yoq muhitiga chidamli va yumshoq. Uning vazifasi gul bosish vali yuzasini matodan o’tgan tolachalar va bo’yoqdan tozalashdir. Shuning uchun ko’p valli mashinalarda kontrraklya mato bilan birinchi uchrashadigan gul bosish validagina o’rnatiladi. Gul bosiladigan mato 8 chexol 9 ustiga yotqiziladi, uni tagida esa kirza joylashgan. Uzluksiz lenta ko’rinishidagi kirza gruzovik yuzasiga tarang tortilgan holatda harakatlanadi va gruzovik yuzasidagi laping bilan elastik gul bosish yuzasi- «gul bosish stoli» ni hosil qiladi. Gruzovik gul bosish vallarining tayanchi vazifasini bajaradi, unga hamma gul bosish vallari alohida mexanizm yordamida siqilib turadilar, natijada gruzovik harakatanadi. 3.25-rasm. Raklyani gul bosish vali yuzasiga nisbatan joylashishi. 1-val yuzasi; 2-raklya; 3-raklyaning charxlangan tig’i.
Gul bosish vali yuqori tozalikka va mayda kristallik strukturaga ega bo’lgan misdan tayyorlangan, devori qalin tsilindrdan iborat. Misni tejash maqsadida val po’latdan tayyorlangan choksiz truba yuzasiga galvanik usulda 2÷10 mm. qalinlikda miss qatlami hosil qilish yo’li bilan tayyorlanadi yoki bo’lmasa po’lat trubaga devor qalinligi 10-15 mm. bo’lgan mis tsilindri pryesslash yo’li bilan kiygiziladi. Gul bosish valini tayyorlashda qo’llaniladigan misning mustahkamligi 35 kG/mm2 kam bo’lmasligi talab qilinadi. Bunday valda elementlari o’zaro mustahkam birikishlari uchun po’lat val tashqi yuzasi va miss tsilindrning ichki yuzasi konussimon qilinadi yoki biriktirish uchun shponkadan foydalaniladi. 3.26-rasmda miss valning shponka uchun ariqchali va ichki yuzasi silliq turlari keltirilgan.
Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling