Reja: Mahalliy anestetiklar, ularga qòyiladigan talablar
Download 130.68 Kb.
|
farma referat - копия.......
- Bu sahifa navigatsiya:
- Anesteziyalovchi vositalar (mahalliy anestetiklar)
Mavzu:Mahalliy anestetiklar. Stomatologiyada qòllanilishi. Reja: 1.Mahalliy anestetiklar, ularga qòyiladigan talablar. 2.Mahalliy anestetiklarning qòllanilishi 3.Mahalliy anestetiklar tasnifi, vakillari, tasir mexanizmi, bir biridan farqlari. AFFERENT NERVLAR OXIRLARINING SEZUVCHANLIGINI SUSAYTIRUVCHI YOKI ULARNING QO‘ZG‘ALISHIGA TO‘SQINLIK QILUVCHI VOSITALAR Mazkur guruhga anesteziyalovchi, burishtiruvchi, o‘rab oluvchi va adsorbsiyalovchi vositalar kiradi. Anesteziyalovchi vositalar (mahalliy anestetiklar) Anesteziyalovchi vositalar mahalliy sezuvchanlikni bartaraf etadilar. Mazkur guruh vositalari birinchi navbatda og‘riq sezgisini bartaraf etganliklari uchun ular asosan mahalliy og‘riqni qoldirish (anesteziya) maqsadida qo‘llaniladi. Anesteziyaning chuqurlashib borishi natijasida sezuvchanlikning haroratni sezish va boshqa turlari ham astasekinlik bilan yo‘qolib boradi va oxirgi òrinda taktik sezgi yòqoladi. rasm. Anestetiklarning nerv tolasi bo‘ylab qo‘zg‘alishlarning o‘tishiga ta’siri A – anestetik qo‘llanilishidan oldingi holat; B – anestetik qo‘llanilganidan keyingi holat. Afferent nerv tolalari oxirlariga va nerv tolalariga ta’sir etish orqali ular qo‘zg‘alish impulslarining o‘tkazilishiga va tarqalishiga to‘sqinlik qiladilar. Ularning ta’sir mexanizmi asosan potensialga bog‘liq bo‘lgan natriy kanallarini bloklashlari orqali yuzaga chiqadi. Buning natijasida esa ular harakat potensialining paydo bo‘lishiga va uning tarqalishiga to‘sqinlik qiladilar. Gidrofob (ionizatsiyalanmagan) birikmalar akson membranasi orqali o‘tib, natriy kanallarini ichki tomonidan bloklaydilar. Gidrofil birikmalar esa ochiq natriy kanallari orqali o‘tib, birmuncha bloklovchi ta’sir ko‘rsatadilar. Shuning uchun ham kuchsiz asoslar hisoblanuvchi barcha anestetiklarning faolligi preparatlarning ionizatsiyalangan va ionizatsiyalanmagan qismlari mutanosibligini belgilovchi rN muhitga bog‘liq. Masalan, turli yallig‘lanish jarayonlarida rN muhitning past bo‘lishi (kislotalikmuhit) sababli anestetiklarning faolligi pasayadi, chunki bunda ularning ionizatsiyalanmagan qismlari konsentratsiyasi susayadi. Mahalliy anestetiklarga qo‘yiladigan talablar: 1) yuqori darajadagi tanlab ta’sir qilish xususiyatiga ega bo‘lishi; 2) nerv tolalariga ham, ularning atrofidagi to‘qimalarga ham noxush ta’sir ko‘rsatmasligi (ta’sirlantirmasligi); 3) latent (yashirin) davrining qisqa bo‘lishi; 4) anesteziyaning har xil turlarida ham yuqori faollikka ega bo‘lishi; 5) etarli darajadagi ta’sir davomiyligiga ega bo‘lishi; 6) qon tomirlarini toraytirishi yoki iloji boricha ularni kengaytirmasligi (agarda anestetik qon tomirlariga ta’sir qilmasa yoki ularni kengaytirsa, u holda unga adrenomimetik qo‘shib tavsiya qilini shilozim, chunki bunda qon tomirlarini toraytirib, anestetik ta’sir davomiyligining uzayishiga erishiladi); 7) zaharliligining past bo‘lishi; 8) nojo‘ya ta’sirlarining bo‘lmasligi yoki kam bo‘lishi; 9) suvda yaxshi eruvchan bo‘lishi; 10) saqlanganda va sterilizatsiyada buzilib ketmasligi; 11) sanoatda olinishi engil va oson bo‘lishi; 12) narxining arzon bo‘lishi. Mahalliy anestetiklar anesteziyaning quyidagi turlarini yuzaga chiqarish maqsadida qo‘llaniladilar: – yuza yoki terminal anesteziya – bunda anestetik eritmasini shilliq qavatlarga tomizish hamda teriga, yaralar yuzasiga, jarohatlarga surtish yoki uning kukunini sepish uchun ishlatilganda shu joydagi sezuvchi nerv oxirlarining bloklanishi yuzaga chiqadi; – infiltratsion yoki qatma-qat anesteziya – bunda anestetik eritmasini operatsiya o‘tkaziladigan joydagi teri va teriostidagi to‘qimalarga asta-sekinlik bilan ketma-ket, qavatma-qavat qilib kiritish orqali shu joylardagi nerv tolalarining hamda sezuvchi nerv oxirlarining bloklanishiga erishiladi; – o‘tkazuvchi yoki regionar (sohali) anesteziya – bunda anestetik eritmasini ma’lum bir nerv tolasining o‘tish yo‘li bo‘ylab kiritiladi va shu nerv tolasi tomonidan innervatsiya qilinuvchi sohadagi to‘qimalarga nerv impulslari o‘tishining bloklanishiga erishiladi. O‘tkazuvchi anesteziyaning o‘ziga xos turlari sifatida orqa miya anesteziyasi (bunda anestetik eritmasi subaraxnoidal kiritiladi) va epidural yoki peridural anesteziya (bunda anestetik eritmasi orqa miya qattiq pardasi oldidagi bo‘shliqqa kiritiladi) tafovut qilinadi. Anesteziyaning ushbu turlarida anestetik orqa miya kulrang moddasining oldingi yoki orqa shoxlariga ta’sir qiladi. Amaliy tibbiyotda qo‘llanilishi bo‘yicha mahalliy anestetiklarni quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin: 1. Yuza yoki terminal anesteziyada qo‘llaniladigan vositalar Kokain Dikain Anestezin Piromekain 2. Infiltratsion va o‘tkazuvchi anesteziyada qo‘llaniladigan vositalar Novokain Bupivakain 3. Anesteziyaning barcha turlarida qo‘llaniladigan vositalar Lidokain Trimekain Ayrim preparatlarning faqat yuza anesteziyasida qo‘llanilishining asosiy sababi shundaki, ular yoki suvda yomon eriydi (anestezin), yoki o‘ta kuchli zaharlilikka ega (kokain, dikain). Tibbiyot amaliyotida birinchi marta qo‘llanilgan mahalliy anestetik – k o k a i n bo‘lib, u Janubiy Amerikada o‘sadigan Erythroxylon coca o‘simligidan olinadigan a l k a l o i d hisoblanadi. Shuningdek, uni ekgonindan yarim sintetik usul bilan ham ajratib olinadi. Kimyoviy tuzilishi bo‘yicha benzoy kislotasi va metil ekgoninning murakkab efiri hisoblanadi. O‘ta kuchli anesteziyalovchi xossagaega, bu xossasi bo‘yicha novokaindan bir necha marta ustun, ammo yuqori zaharlilikka ega bo‘lganligi tufayli u faqat yuza Arabchadan al-qili – ishqor, yunonchadan eidos – tur. Alkaloidlar – asosan o‘simliklarda saqlanadigan azotli organic birikmalardir. Erkin alkaloidlar asos bo‘lib h isoblanadilar. O‘simliklarda ular tuzlar ko‘rinishida saqlanadi. Ko‘pchilik alkaloidlar juda yuqоri faollik namoyon qiladi (masalan, morfin, atropin, nikotin, pilokarpin va b.) anesteziyasida qo‘llaniladi. Hatto, bunda ham o‘ta ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak, chunki u shilliq qavatlardan oson so‘rilib, ko‘pchilik nojo‘ya ta’sirlar va hatto o‘tkir zaharlanish keltirib chiqarishi mumkin. Kokainni uning gidroxloridi sifatida asosan ko‘z amaliyotida ko‘zga tomizish uchun ishlatiladi. Bunda u ko‘z oq pardasi qon tomirlarini toraytiradi, qorachiqni esa kengaytiradi, taxminan 1 sotagacha davom etadigan anesteziya chaqiradi. Odatda ko‘z ichki bosimi pasayadi. Ammo, ba’zi bemorlarda ko‘z ichki bosimini oshirishi ehtimoli ham mavjud (aftidan, ko‘z ichki suyuqligining oqib chiqib ketishini qiyinlashtirishi hisobiga bo‘lsa kerak). Uni davomli qo‘llash oqibatida ko‘z muguz pardasi epiteliysiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi va buning natijasida epiteliyning ko‘chib tushishi hamda yara paydo bo‘lishi kuzatilishi mumkin. Agarda kokain shilliq qavatlar orqali so‘rilib, rezorbtiv ta’sir ko‘satadigan bo‘lsa, unda asosan MNSning qo‘zg‘alishi yuzaga chiqadi. Dastlab bosh miya po‘stloq qismi funksional holatining o‘zgarishi kuzatiladi. Bunda eyforiya, bezovtalanish, psixomotor qo‘zg‘alishlar, charchash va och qolish sezgilarining yo‘qolishi, gallyusinatsiyalar33paydo bo‘lishi va b. kuzatiladi. Shuningdek, kokain uzunchoq miyadagi nafas, yurak-qon tomir va qusish markazlarini ham kuchaytiradi, talvasa paydo bo‘lishi mumkin. Agarda kokainning dozasi o‘ta yuqori bo‘lsa, u holda MNS tomonidan kuchayish o‘rniga susayish yuzaga keladi. Uzunchoq miyadagi hayot uchun zarur bo‘lgan markazlar (birinchi navbatda nafas markazi) faoliyatining keskin susayishi natijasida o‘lim kelib chiqadi. Kokainning adrenergik innervatsiyaga ta’siri o‘ziga xosdir. U adrenergic innervatsiyaning qo‘zg‘atuvchi samaralarini oshiradi, shuningdek, ayrim adrenomimetiklarning ta’sirini potensirlaydi. Mazkur ta’sir kokainning adrenergic tolalarning varikoz kengayishlarida katexolaminlarning qaytar neyronal ushlanishlarini susaytirishi bilan bog‘liq. Shuning uchun ham kokain ta’sirida qon tomirlari torayadi va arterial qon bosimi oshadi . Yunonch adaneuphoria –lazzatlanish, huzur-halovat qilish holati,Lotinchadan hallucinatio – bema’ni ko‘p gapirish, vasvasa harakatlantiruvchi markaz faoliyatini ham kuchaytiradi), taxikardiya va midriaz (qorachiqning kengayishi) kuzatiladi. Odatda kokain bilan o‘tkir hamda surunkali zaharlanish kuzatilishi mumkin. O‘tkir zaharlanishda asosiy e’tiboruning kiritilgan joydan so‘rilishini kamaytirishga qaratilishi lozim. Agarda perparat ichilgan bo‘lsa, u holda oshqozon kaliy permanganatining 0,05-0,1 foizli eritmasi bilan yuviladi. Adsorbsiyaqiluvchi, o‘rab oluvchi hamda tuzli surgi vositalari tavsiya qilinadi. Agarda shilliq qavatlar orqali kiritilgan bo‘lsa, u holda shilliqqavatlar natriy xloridining izotonik eritmasi bilan yuvib tashlanadi.Agarda preparat organizmga in’eksiya orqali kiritilgan bo‘lsa, u holda uning so‘rilishini kiritilgan joydanyuqoriroqqa jgut qo‘yish orqali kamaytirish mumkin. Bundan tashqari in’eksiya qilingan joyga muzli idish qo‘yish tavsiya etiladi. O‘ta og‘ir zaharlanishlarda sun’iy nafas oldirishga, zarur paytlarda traxeotomiya qilishga tayyor bo‘lish kerak. Qo‘zg‘alish larni bartaraf etish uchun esa diazepamning eritmasini in’eksiya qilish lozim. Kokainni davomli qo‘llash (kukunini hidlash, barglarini chaynash, ba’zida esa, vena orqali qayta-qayta kiritish) natijasida surunkali zaharlanish kelib chiqadi. Bunda asosan ruhiy qaramlik ( k o k a i n i z m ) paydo bo‘ladi, jismoniy qaramlik esa kelib chiqmaydi. O‘rganib qolish yuzaga chiqmaydi yoki juda kam miqdorda paydo bo‘lishi mumkin. D i k a i n (tetrakain gidroxloridi) ham asosan yuza anesteziyasida qo‘llaniluvchi vosita bo‘lib,kimyoviy tuzilishi bo‘yicha paraaminobenzoy kislotasining unumi hisoblanadi. Faolligi bo‘yicha kokaindan taxminan 10 marta ustunroq, zaharliligi bo‘yicha esa 2-5 marta kuchli. Dikain ko‘z amaliyotida qo‘llanilganda ko‘z ichki bosimiga va akkomodatsiyaga ta’sir qilmaydi, qorachiqni kengaytirmaydi. Muguz parda shilliq qavatini ta’sirlantirishi mumkin. Dikain qon tomirlarini kengaytiradi, shuning uchun uning eritmalarini adrenomimetiklar bilan birga tavsiya qilish lozim. Ayrim paytlarda uni epidural anesteziya uchun ham ishlatiladi. Dikainni ishlatishda uning dozasiga kata e’tibor qaratish lozim, chunki u shilliq qavatlar orqali oson so‘rilish xususiyatiga ega bo‘lganligi tufayli kutilmaganda undan og‘ir zaharlanishlar kelib chiqishi va hatto bu holat o‘lim bilan yakunlanishi ehtimoli ham mavjud. Yuza anesteziyasi uchun tuzilishi jihatidan trimekainga o‘xshash bo‘lgan p i r o m e k a i n preparati ham ishlatiladi. A n e s t e z i n yuqoridagi preparatlardan farqli ravishda suvda yomon (spirda va moylarda yaxshi) eriydi. Shuning uchun ham uni asosan teriga sepishga hamda surtma va pasta shaklida jarohatlarga surtishga, ba’zan esa oshqozon-ichak yo‘li kasalliklarida shilliq qavatni og‘riqsizlantirish maqsadida sochma, tabletka va suspenziya shaklida ichishga ishlatiladi. Bundan tashqari, u orqa chiqaruv teshigi yorilishlarida hamda bavosilda shamcha shaklida ham ishlatiladi. Anestezinni qo‘llashning barcha ko‘rinishlarida u faqat yuza anesteziyasini yuzaga chiqarish uchungina qo‘llaniladi. N o v o k a i n (prokain gidroxloridi) asosan qatma-qat va o‘tkazuvchi anesteziya uchun qo‘llaniluvchi vositadir. U dietilaminoetanol va paraaminobenzoy. Ayrim mahalliy anestetiklarning o‘zaro qiyosiy taqqoslama F aolligi va zaharliligi (shartli ta’sir birliklarda) Kislotasining murakkab efiridir. Amaliy tibbiyotda gidroxlorid shaklida qo‘llaniladi. Etarli darajadagi anesteziyalovchi xossaga ega, ammo bu xossasi bo‘yicha boshqa preparatlarga nisbatan ancha orqada qoladi. Uning va metabolitlarining zaharliligi juda past, ta’sir davomiyligi 30-60 daqiqani tashkil etadi. Novokain shilliq pardalar orqali yomon o‘tadi, shuning uchun ham yuza anesteziyasida faqat yuqori dozalardagina (otorinolaringologiyada 10 foizli eritmasi) kamdan-kam paytlarda qo‘llanilishi mumkin. U qon tomirlarini biroz kengaytiradi. Shuning uchun ham uning eritmalariga adrenomimetiklar (masalan, adrenalinnig 0,1 foizli eritmasidan novokainning har 10 mliga 1 tomchi miqdorida) qo‘shib tavsiya qilish lozim. Bunda adrenomimetiklar qon tomirlarini toraytirib, novokainning so‘rilishini kamaytiradi. Natijada uning ta’sir davomiyligi potensirlanadi, zaharliligi esa kamayadi. Rezorbtiv ta’siri natijasida novokain asab tizimiga susaytiruvchi va kamroq miqdordagi analgetik samaralar keltirib chiqaradi. Yuqori dozalarda esa talvasalar kelib chiqishi mumkin. Yurak-qon tomir tizimiga ta’siri natijasidagi potenziv (asosan MNS faoliyatini hamda periferik simpatik gangliylarni susaytirishi tufayli) va qisqa muddatli antiaritmik (samarali refrakter davrni va yurakning o‘tkazuvchi tizimi orqali impulslarning o‘tish vaqtini oshiradi, qo‘zg‘aluvchanlik va avtomatizmni pasaytiradi) samaralar kuzatiladi.Novokain qon plazmasidagi esterazalar ta’sirida tezda dietilaminoetanol va paraaminobenzoy kislotalarigacha metabolitlanadi. Ulardan oxirgisi sulfanilamidlar bilan raqobatlashgan antagonist bo‘lib hisoblanadi va buularni bir paytda tavsiya qilmaslikni taqozo etadi. Metabolitlari buyraklar orqali ajratiladi. B u p i v a k a i n g i d r o x l o r i d i (longokain, merkain) keying yillarda keng qo‘llanilayotgan va kimyoviy tuzilishi hamda farmakologik xossalari bo‘yicha lidokainga juda yaqin preparat bo‘lib, yuqori faollikka ega va ta’sirda davomiyligi uzoq bo‘lgan mahalliy anestetik hisoblanadi. Asosan o‘tkazuvchi (orqa miya) va infiltratsion anesteziyalar uchun qo‘llaniladi. Samarasi 5-10 daqiqadan keyin yuzaga chiqadi va epidural anesteziyada 3-4 soat, qovurg‘alararo blokadada 7-14 soat, ba’zan esa 24 soatgacha va undan ortiq davom etadi. Dozasi oshib ketgan paytlarda kuchli kardiotoksik (qorinchalar aritmiyalari kelib chiqishi mumkin) va neyrotoksik (uyquchanlik, nistagm, tremor, talvasavab. Kelib chiqishi ehtimoli mavjud) samaralar kelib chiqishi mumkin. L i d o k a i n (ksikain, ksilokain) mahalliy anesteziyaning barcha turlarida qo‘llaniladi. Uning anesteziyalovchi faolligi novokaindan 2,5 marta yuqori va ta’sir davomiyligi 2 marta uzoqroq davom etadi. Agarda novokainni adrenomimetiklar bilan birga qo‘llanilganda ta’sir davomiyligi taxminan 1,5-2 soatgacha davom etadigan bo‘lsa, bu narsa lidokainda 2-4 soatni tashkil etadi (har ikkalasining ham 0,5 foizli eritmalarida). Zaharliligi deyarlik novokainniki bilan bir xilda yoki salgina yuqoriroq bo‘lishi mumkin. To‘qimalarga ta’sirlantiruvchi xossaga ega emas. Ko‘zga tomizilganda qorachiqqa va tomirlar tarangligiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Uni asosan adrenalin gidroxloridining 0,1 foizli eritmasi bilan birga qo‘llash tavsiya etiladi. Dozasi oshib ketganda zaharlanish kelib chiqadi va bunda uyquchanlik, ko‘rishning buzilishi, ko‘ngil aynishi, tremor, talvasalar paydo bo‘ladi. Og‘ir holatlarda yurak-qon tomir buzilishlari, nafas etishmasligi paydo bo‘lishi mumkin. Boshqa preparatlardan farqli ravishda lidokain qorinchalar aritmiyasida ham yuqori samaradorlikka ega. T r i m e k a i n – kimyoviy tuzilishi bo‘yicha lidokainga yaqin preparat bo‘lib, u ham anesteziyaning barcha turlarida keng qo‘llaniladi. Faolligi bo‘yicha novokaindan 2-3 marta yuqori, zaharliligi bo‘yicha ham undan biroz ustunroq. Ta’sir davomiyligi 2-4 soatni tashkil etadi. Yuza anesteziyasida faolligi pastroq, buning uchun nisbatan yuqori, 2-5 foizli eritmalari qo‘llaniladi. Trimekain bosh miya po‘stlog‘Iga va miya o‘zagining ko‘tariluvchi retikulyar formatsiyasiga kuchli susaytiruvchi samara ko‘rsatadi. Shuning uchun ham u tinchlanintiruvchi, uyqu chaqiruvchi va tutqanoqqa qarshi samaralar keltirib chiqaradi. Preparatni vena orqali kiritilganda aritmiyaga qarshi samara kelib chiqadi. Qatma-qat va o‘tkazuvchi anesteziyalarda terapevtik dozalarda qabul qilinganida yurak-qon tomir v a nafas tizimlari tomonidan deyarlik nojo‘ya ta’sirlar keltirib chiqarmaydi. Ba’zan nojo‘ya ta’sir sifatida preparat kiritilgan sohada achishish hissi, ko‘ngil aynishi, qusish, zaharlanishlarda esa klonik tortishishlar paydo bo‘lishi mumkin. Download 130.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling