2 – laboratoriya mashG’uloti mashg’ulot mavzusi
Download 27.71 Kb.
|
2-лаборатория 8.2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- Laboratoriya ishini olib borish uchun kerakli jihozlar
- Suyuqlik-suyuqlik ekstraksiyasi
2 – LABORATORIYA MAShG’ULOTI Mashg’ulot mavzusi: Suyuqlik-suyuqlik ekstraksiyasi. Ekstraktdan fenatsetin, salitsil kislotasi, atsetil salitsil kislotasini aniqlash Mashg’ulot maqsadi: Suyuqlik-suyuqlik ekstraksiyasining mohiyati va amalda bajarilish ketma-ketligini talabalarga o`rgatish. Kislotali muhitda organik erituvchi qatlamiga o’tuvchi moddalarning toksikologik ahamiyati hamda tahlil usullari bilan talabalarni tanishtirish. Laboratoriya mashg’ulotini bajarish davrida talabalar fеnatsеtin va salitsil kislotasini toza eritmalarda hamda noma'lum tarkibdagi eritmada sifat rеaktsiyalarini o’tkazish sharoitini o’zlashtiradilar va olingan natijalarni ish daftariga yozib, o’qituvchidan tasdiqlatadilar. Laboratoriya ishini olib borish uchun kerakli jihozlar: Xajmi 100, 200 ml kolbalar Varonka Ajratgich varonka Menzurka Pipetkalar Probirkalar Univеrsal indikator Suv hammomi Chinni tovoqcha Kerakli reaktivlar: oksalat kislotasi, xloroform, 25% ammiak eritmasi, kontsеntrlangan xlorid kislotasi, 1 % natriy nitrit eritmasi, β-naftolning ishqoriy eritmasi, 2 % xrom angidridi, 20 % nitrat kislotasi, tеmir (III) –xlorid, bromli suv, kontsеntrlangan sulfat kislota. Suyuqlik-suyuqlik ekstraksiyasi Talabalar biologik suyuqliklardan (qon, peshob) zaharli moddalarni ajratib olish uchun suyuqlik-suyuqlik ekstraksiyasini bajara olishi kerak. Buning uchun talabalarga fenasetin yoki salitsil kislotasi bilan zaharlangan peshob beriladi. Peshobning pH ko`rsatkichi oksalat kislotasi bilan kislotali sharoitga keltiriladi. So`ngra 5 ml organik erituvchi (xloroform yoki dietil efiri) qo`shilib, 15 daqiqa chayqatib turiladi. Aralashma ajratgich voronkaga solinib, organik qatlam ajratib olinadi. Ushbu jarayon 3 marta takrorlanadi. Organik qatlamlar birlashtiriladi. Suvli qatlam ammiak yordamida ishqoriy sharoitga keltiriladi (pH=9-10). So`ngra 5 ml organik erituvchi (xloroform yoki dietil efiri) qo`shilib, 15 daqiqa chayqatib turiladi. Aralashma ajratgich voronkaga solinib, organik qatlam ajratib olinadi. Ushbu jarayon 3 marta takrorlanadi. Olingan kislotali va ishqoriy ajratmalar alohida idishlarda xona haroratida bug`latiladi. Quruq qoldiq 5 ml etil spirtida eritilib, fenatsetin va salitsil kislotalarga tahlil o`tkaziladi. Download 27.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling