Nonarkotik analgetiklar


Atsetilsalitsilat kislotaning


Download 41.26 Kb.
bet4/5
Sana25.04.2023
Hajmi41.26 Kb.
#1398365
1   2   3   4   5
Bog'liq
НОНАРКОТИК АНАЛЬГЕТИКЛАР

Atsetilsalitsilat kislotaning nojо‘ya ta’sirlari: oshqozon shilliq pardasini ta’sirlashi tufayli dispeptik holatlar rо‘y beradi: kо‘ngil aynaydi, oshqozon og‘riydi, bemor qayd qilady. Uzoq vaqt qо‘llanganda oshqozonda yaralar paydo bо‘ladi. Nojо‘ya ta’sirlariga salitsilatlarning oshqozon shilliq pardasidagi glikoproteinning tarkibiy qismlarini pretsipitatsiya qilishiga ham bog‘liq. Yaradan qon ketishi ham mumkin, bu holat atsetilsalitsilat kislotaning trombotsitlar agregatsiyasiga qarshi xususiyati bilan ham bog‘liq.
Gemorragiyalar, ayniqsa yosh bolalarda kо‘proq uchraydi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning onalari atsetilsalitsilat kislota bilan davolangan bо‘lsalar, chaqaloq kindigidan qon ketishi, miyasiga qon quyilishi, kattaroq yoshdagi bolalarda burun, bachadon, oshqozon-ichakdan qon ketishi mumkin. Oshqozon shilliq pardasida salitsilatlar YE prostaglandinlar, prostatsiklin mikdorini kamaytiradi, shu tufayli ularning xlorid kislota ajralishiga tо‘sqinlik qiladigan xususiyati kamayib boradi, natijada oshqozonda kislotalik oshadi. Kо‘ngil aynish, qayt qilish salitsilatlarning shilliq pardalarni hamda qusish markazini — trigrep sohasini ta’sirlashiga bog‘liq. Salitsilatlar uzoq vaqt mobaynida qо‘llanganda bolalar skeletining tiklanishi izdan chiqishi mumkin, chunki bular suyak tо‘qimalarida kollagen va mukopolisaxaridlarning hosil bо‘lishini kamaytiradi. Atsetilsalitsilat kislota bemorlarda eshitish qobiliyatining pasayishiga, quloq shang‘illashiga, allergik jarayonlarga sabab bо‘lishi mumkin. Ba’zi shaxslar atsetilsalitsilatni kо‘tara olmaydilar, moddaga nisbatan idiosinkraziya bо‘lishi mumkin. Hozirgi kunda tibbiyotda 40 dan ortiq atsetilsalitsilat kislotaning moddalari har xil nomlar bilan, masalan, kolfarit, atsetilin, aspizol, aspirin-kardio, salitsilamid va boshqalar qо‘llanib kelmokda.
Pirazolon unumlaridan amidopirin haroratni tushirish, og‘riq qoldirish, yallig‘lanishga qarshi xususiyatlarga ega. Asosan bosh og‘rig‘ida, nevralgiya, artrit, miozit, xoreya, ba’zan о‘tkir revmatizmda qо‘llaniladi. Amidopirin davomli kо‘llanilganda qon sistemasiga salbiy ta’sir kо‘rsatib agranulotsitopeniya, agranulotsitoz, terida toshmalar, allergik jarayonlar keltirishi mumkin. Analgin amidopiringa nisbatan kо‘proq qо‘llaniladi, chunki og‘riq qoldiruvchi va boshqa xususiyatlari kuchliroq, ta’siri tezroq boshlanadi.

Download 41.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling