Reagin turi (krapivnitsa, anaf shok) Immun komplekslar bilan jarohatlanish


Skarifikatsiya usulida sinashni baholash


Download 39.05 Kb.
bet12/12
Sana17.11.2023
Hajmi39.05 Kb.
#1782219
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
O’tkir allergozlar

Skarifikatsiya usulida sinashni baholash
(I.Lishka bo’yicha, 1963)

¹

Reaksiyalar nomi

Shartli belgilari

Reaksiyaning hajmi va tashqi ko’rinishi

1

Manfiy



Sinov eritmasida qanday hajm bo’lsa, shunga o’xshash hajm

2

Shubhali

+





3

Kuchsiz musbat

+

Teri taranglashtirilganda skarifikatsiya qilingan joyda qizarish

4

Yuqori darajada musbat

+ +

Skarifikatsiya qilingan joyda qavariq yaqqol ko’zga tashlanadi

5

O’ta darajada musbat

+ + +

Qizarish, 10 mm dan ortiq qavariq oyoqchalari bilan

6

Ortiq darajada musbat

+ + + +

Qizarish, 10 mm dan ortiq bo’lgan qavariq uzun oyoqchalari bilan

5-jadval
Teri orasiga allergen yuborib sinashni baholash (N.I.Roshal, 1980)



¹

Reaksiyalar nomi

Shartli belgilari

Reaksiyaning hajmi va tashqi ko’rinishi

1

Manfiy



Nazorat suyuqliknatijasiga o’xshash

2

Shubhali

+


Qavariq, nazorat suyuqligiga qaraganda sekinlik bilan shimiladi

3

Kuchsiz musbat

+

Qavariq, 4—8 mm atrofida qizarish alomatlari bor

4

Musbat

+ +

8—12 mmqavariq, atrofida qizarish alomatlari va oyoqchalari bor

5

Keskin darajada musbat

+ + +

12—18 mmqavariq, atrofida oyoqchalari va qizarish alomatlari bor

6

Juda ortiq darajada musbat

+ + + +

Qavariq, 18 mmdan hamkatta, atrofida oyoqchalari va qizarish alomatlari bor



Allergologik markazlar ishi
Allergik kasalliklar bilan og’rigan bemorlarni faqat shifokor davolaydi, davo sababchi allergenni aniqlab, bemorni shu allergendan xoli qilish hamda uning o’sha allergenga sezgirligini pasaytirishga qaratiladi. Mustaqil O’zbekistonda sog’liqni saqlash organlari allergik kasalliklar bilan bemorlarga ixtisoslashgan yordam ko’rsatishga katta ahamyat bermoqda. Poliklinikalarda allergologiya kabinetlari, ko’pgina kasalxonalarda allergologiya bo’limlari hamda Respublika allergologiya markazi mavjud. Allergolog mutaxassislarni tayyorlashga katta ahamiyat berilmoqda.
Allergolog—allergik kasalliklarni oldini olish va davolash choralarini ko’radigan mutaxassis shifokor. O’zbekistonda ixtisoslashgan allergik yordam ko’rsatadigan maxsus allergik kabinetlar va bo’limlar mavjud. Allergik kasalliklarga moyilligi bor bemorlar allergologiya markazida dispanser hisobida (tekshiruvida) bo’lishi zarur. Allergologiya markazida allergik sinash usullari o’tkaziladi, bemorlarga spetsifik giposensibilizatsiya o’tkaziladi.
Allergik kasalliklarning spetsifik giposensibilizatsiyasida anafilaktik shokning oldini olish uchum bemorlar bunday giposensibilizatsiyada ma’lum qoidalarga puxta amal qilishlari (har gal allergen yuborilgandan keyin 40 minut mobaynida shifokor kuzatuvi ostida bo’lishlari, shifokor va tibbiyot hamshiraga oldingi inyeksiyasiga bo’lgan reaksiyani ma’lum qilishlari) lozim. Allergologik kabinet tibbiyot hamshirasi allergenlar inyeksiyasi vaqtida nihoyatda hushyorlik bilan ishlashi kerak. Buning uchun dori flakonlaridagi yozuvlar aniqravshan bo’lishi, hamshira dori yuborishdan oldin ularni albatda o’qishi, shifokor tayinlagan davolash tartibiga (sxemasiga) qattiq amal qilishi zarur. Allergologik markazlarda sovuqqa allergiyasi bor bemorlar ham dispanser kuzatuvi ostida bo’lishlari kerak. Allergolog-shifokor bunday bemorlarga teri sathining katta qismi sovuq ta’siriga uchraganda unda og’ir allergologik reaksiyalar paydo bo’lishi mumkinligi haqida ogohlantirib turishi lozim. Sovuqqa allergiyani profilaktik davolash allergologik kabinetlarda olib boriladi. Bemorlar bilan tushuntirish ishlari olib boriladi va tavsiyalar beriladi. Allergologik markazlarda ko’p yillik kuzatuvlar va ilmiy ishlar ham olib boriladi, yangi davolash usullari qo’llaniladi. Kasallikning oldini olish chora-tadbirlari ishlab chiqiladi va ommalashtiriladi.

Adabiyotlar



  1. O’. B. Sharapov. Ichki kasalliklar. Abu Ali ibn Sino. T., 1994.

  2. K. Bahodirov. Ichki kasalliklarda tashxis va diagnostika. T., 1993.

  3. L.S. Zalikina. Bemorlarning umumiy parvarishi. T., 1995.

  4. N.M. Kamolov. Ichki kasalliklar. T., 1996.

  5. V.A. Galkin. Ichki kasalliklar. T., 1989.

  6. E.Y. Qosimov. Ichki kasalliklar propedevtikasi. T., 1998.

  7. Hamshira“ jurnali, T. 2000.

  8. V.M. Majidov. Yuqumli kasalliklar. T., 1993.

  9. V.I. Porkovskiy. Infeksion kasalliklar. T., 1990.

  10. E.I. Salimov. Xatarli allergik holatlar. T.,1993.

Download 39.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling