Reagin turi (krapivnitsa, anaf shok) Immun komplekslar bilan jarohatlanish


Download 39.05 Kb.
bet11/12
Sana17.11.2023
Hajmi39.05 Kb.
#1782219
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
O’tkir allergozlar

Allergik sinash usullari


Allergik sinash usullari ko’pincha teri yuzasida, ikkinchi o’rinda esa shokli a’zolarga to’g’ridan to’g’ri ta’sir qilib o’tkaziladi. Bu sinash usullarini o’tkazishdan oldin bemorni bu tadbirga tayyorlash lozim. Buning uchun bemor amalda sog’lom bo’lishi, so’nggi 2—3 hafta mobaynida organizm sezgirligini pasaytirib yuboradigan dori-darmonlar qabul qilmagan bo’lishi lozim. Agar bemor gormonlar, dorilar ichgan, gistoglobulin yoki allergoglobulinlar olganligi ma’lum bo’lsa, unda sinash usullarini 2 oydan keyin o’tkazish lozim.

Tomchi va suyuqlik bilan o’tkaziladigan sinash


Tomchi bilan sinashni doriga allergiya bo’lgan hollarda, uning unchalik xatarli emasligini hisobga olib, ko’proq qo’llaniladi.
Bilak yuzasini 70° spirtda artib, quriguncha kutib turiladi, so’ngra I ml fiziologik eritmada juda past konsentratsiyada eritilgan allergen (tekshirilayotgan dori, antibiotik) dan bir tomchini bilak yuzasiga tomiziladi. Agar bemorda doriga sezgirlik bo’lsa, 20 daqiqadan keyin tomizilgan sohada qizarish, qavariqsimon shish hamda qichishish alomatlari paydo bo’ladi.

Epidermal sinash


Qo’lning bilak yuzasidan chechakka qarshi emlaydigan lanset yordamida 1 sm kattalikda epidermaning yuza qismi olib tashlanadi. Xuddi ana shu sohaga tekshiriladigan doridan I tomchi tomiziladi, keyin gistamin va sinalayotgan dori eritmasining o’zidan ham tomiziladi. Agar o’zgarish tez orada yuz bersa, eritmani o’sha zahoti artib tashlash kerak.

Skarifikatsiya usulida sinash


70° li spirt eritmasi bilan artilgan bilak terisiga alohida shpris bilan tekshiriladigan allergen tomiziladi, so’ngra allergen eritma va ketma-ket 0,1% li gistamin tomiziladi. Tomchilar orasidagi masofa 3—4 sm ni tashkil qilishi lozim. Sterillangan skarifikator yoki muolaja ignasi yordamida har bir tomchi ustidan parallel holda 5 mm uzunlikda tirnaladi. Oradan 5—10 daqiqa o’tgandan keyin paxta tampon yordamida har qaysi tomchi qoldig’i artib olinadi. 10—20 daqiqadan so’ng allergik reaksiya belgilari paydo bo’lsa, maxsus jadval ko’rsatkichi yordamida o’qib, natija yoziladi (1- jadval).

Teri orasiga allergen yuborib sinash


Bu sinash usuli skarifikatsiyada manfiy natija olingan hollardagina qo’llaniladi. Bu sinash usuli yuqori sezgirlik xususiyatiga ega. Teri orasiga allergen yuborib, sinash usulini tuberkulin shprisi va uning ignasi yordamida o’tkaziladi.
Teri orasiga konsentratsiyasi yuqori eritmada 0,01 ml sinalayotgan dori yuboriladi. 12 mm kattalikdagi papula paydo bo’ladi. Nazorat qilish uchun dori yuborilgan miqdorda dori eritilgan suyuqlik teri orasiga yuboriladi. Natijasi 2- jadval ko’rsatkichlari bo’yicha o’qiladi. Teri ostiga dori yuborib sinash usuli natija bermasligi ham mumkin, chunki dori odam organizmiga tushib, oqsil bilan birikkandan keyingina haqiqiy allergenga aylanadi, shuning uchun ham manfiy natija kasallik yo’qligidan darak bermaydi. Agar bemor sinash usulini o’tkazish arafasida gistaminga qarshi dori-darmonlar olgan bo’lsa, bu holda ham bu usul manfiy natija berishi mumkin.

Provokatsiya usulida sinash


Bu usul faqat kasallik alomatlari bo’lmagan vaqtda amalga oshiriladi. Bemorga antibiotik yoki boshqa dorilarni tezda yuborishga hayotiy zarurat bo’lsa, bu usuldan foydalaniladi.
Kasallarda ma’lum dorilarga sezgirlik bo’lsa, bu usuldan foydalanish mumkin emas.
Agar maktabgacha katta va maktab yoshidagi bolalarga ular anamnezida qo’llanilayotgan dorilarga allergik sezgirlik borligi ma’lum bo’lmasa, til ostida sinash usulini qo’llash mumkin. Bu usul quyidagicha amalga oshiriladi: sinalayotgan dori miqdorining 1/5—1/4 qismini yutmasdan til tagida Z—5 daqiqa saqlanadi. Agar til tagida shish, qavariqsimon toshma paydo bo’lsa, dorini o’sha zahoti tuflab tashlanadi.

Trombopenik indeks


Dori allergiyasini aniqlash maqsadida trombopenik va leykopenik testlarni qo’llash mumkin. Organizmida sezgirligi bor bemorlarga o’sha sezgirlikka mos allergen tushsa, trombopenik reaksiya sodir bo’ladi. Trombotsitlar miqdorining kamayib ketishi antigen-antitana o’rtasidagi maxsus reaksiyaning oqibatidir.
Tekshirish nahorda o’tkaziladi. Bemor barmog’idan bir tomchi qon olinib, maxsus laboratoriya buyum oynasi ustida yangi tayyorlangan 14% li magniy sulfatning bir tomchisi bilan aralashtiriladi. Trombotsitlar soni allergenni organizmga kiritishdan oldin sanab chiqiladi. Keyin bemorga 30—50°C gacha isitilgan allergenni ichishga yoki yeishga beriladi, oradan 30—90 daqiqa o’tgandan so’ng qon tomchisi qayta olinib, trombotsitlar soni sanaladi.
Ma’lumot uchun trombotsitlarning eng kam foizi olinadi, bu miqdor trombopenik indeks deyiladi.
Trombopenik indeks—trombotsitlar sonining allergenni tanaga kiritguncha va tanaga kiritgandan keyingi farqidir.
Davolash. Anafilaktik shokda bemorga quyidagicha yordam ko’rsatilishi kerak:

  1. Bemorga yordam ko’rsatish uchun ikkita shifokor va tajribali hamshira kerak. Bir shifokor kasalning qon bosimini o’lchash bilan band bo’lsa, ikkinchi shifokor bemorga doridarmonlar buyurib, uni hamshira yordamida amalga oshirish bilan shug’ullanadi.

  2. Bemorning qon o’zaniga shokka sababchi allergenning tushishini, albatta, to’xtatish darkor. Buning uchun dori yuborilgan yoki hasharot chaqqan joydan yuqoriga jgut bog’lanadi.

  3. Anafilaktik shok holatida dori-darmonlar ichida tez yordam berib, o’limdan olib qoladigan adrenalin va uning guruhidagi preparatlar hisoblanadi. Shuning uchun ham anafilaktik shok kasalligida bemor og’ir xavfli holatdan chiqib, qon bosimi ko’tarilgunga qadar adrenalin qo’llanish kerakligini unutmaslik lozim.

Avvalo hashoratlar chaqqan joy atrofiga teri ostiga, mushak orasiga 0,1% 0,3—0,5 ml adrenalin eritmasi yuboriladi. Hashorat chaqqan joydan uning nishtarini olib tashlash kerak. U joyni uqalash man etiladi, chunki har bir uqalash harakati qon tomirlariga allergenning so’rilishini tezlashtiradi.

  1. Teri ostiga 0,1% adrenalin, kordiamin, 10% koffein eritmasi yuboriladi. Prednizolonni venaga, gidrokortizonni esa bir vaqtning o’zida mushak orasiga yuborish kerak.

Adrenalin bilan muolaja qilish 10—12 daqiqada o’z ta’sirini ko’rsatmasa, qon bosimi ko’tarilgunga qadar yana adrenalin qo’llash kerak bo’ladi. Adrenalinni 20 ml 40% li glukoza bilan venaga yuborish mumkin.

  1. Boshqa vena tomiriga 150—200 ml 5% li glukozaga 0,5 ml adrenalin yoki noradrenalin aralashtirib, tomchi holida yuboriladi. Lozim topilsa, ana shu eritmaga 0,05% strofantin yoki 0,06% korglukon, prednizolon qo’shish mumkin.

  2. Penitsillin antibiotikini qo’llashdan kelib chiqqan anafilaktik shokda mushak orasiga bir marta 1000000 TB penitsillinazani 2 ml fiziologik eritmada eritib yuboriladi. Agar shok bitsillindan kelib chiqsa, 3 kun mobaynida bir mahal penitsillinaza yuboriladi, bolalarga esa 600.000 TB qo’llaniladi.

  3. Yurak to’xtab qo’lgudek bo’lsa, uzun muolaja ignasi yordamida bolalarga 0,3—0,5 ml, katta yoshdagi kishilarga esa I ml 0,1% li adrenalin yurak ichiga kiritilib, yurak atrofida yopiq uqalash (massaj) qilinadi.

  4. Tirishish alomatlari paydo bo’lganda venaga dropiredol eritmasini yuborish kerak bo’ladi.

  5. Gistaminga qarshi ishlatiladigan dori-darmonni juda ehtiyotlik bilan ishlatish lozim, chunki bu dorilarning ko’p qismi miyaning po’stloq qavatiga ta’sir qilib, chuqur uyquga sabab bo’ladi va qon bosimini tushiradi.

  6. Anafilaktik shok dori-darmonlar yoki ovqat iste’mol qilish oqibatida kelib chiqqan bo’lsa, bu holda darhol oshqozonni yuvish va huqna qilib, tanani allergen qoldiqlaridan tozalash lozim.

Agar burunga, ko’z shilliq qavatiga allergen dori tomizish oqibatida shok kelib chiqqan bo’lsa, darhol sohalarni turg’an suv bilan yuvib, 0,1% adrenalin yoki 1% li gidrokortizon eritmasidan tomiziladi.

  1. Bordi-yu, anafilaktik shok uyda sodir bo’lsa, bemorga, avvalo, adrenalin, kordiamin, prednizalon kabi dorilarni yuborib, maxsus jihozlangan tez yordam mashinasida kasalxonaga olib borish kerak.

  2. Anafilaktik shok muolaja yoki yaralarni bog’lash xonasida sodir bo’lsa, bemorga adrenalin, kordiamin, prednizolon yuborib, uni boshqa xonaga ko’chirish kerak.

  3. Bemorlarga muolajada ishlatiladigan dorilar bir martafoydalaniladigan shprislarda qilingani ma’qul.

Muolaja xonasidagi antibiotiklar va boshqa dorilarning hidi, ishlatilgan shprisdagi qoldiqlar anafilaktik shokning qaytalashiga sabab bo’lishi mumkin.
Bemor anafilaktik shok holatidan chiqarilgandan so’ng 12 kungacha kasalxonada yotishi kerak, chunki bemorda shok holati qaytalanishi mumkin. Elektrokardiogramma va laboratoriya ko’rsatkichlari yaxshi bo’lgandagina uyga ruxsat beriladi.
Anafilaktik shokda kalsiy glukonat yoki kalsiy xlorid, natriy tiosulfat, novokain kabilarni ishlatish mumkin emas.
4-jadval

Download 39.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling