24-Laboratoriya mashg`uloti: Adrenalin gormonining ko`z qorachig`iga ta’sirini aniqlash
Download 20.89 Kb.
|
FIZIOLOGIYA AMALIY
24-Laboratoriya mashg`uloti: Adrenalin gormonining ko`z qorachig`iga ta’sirini aniqlash Адреналин гормонининг кўз қорачиғига таъсири. 1. Бақа тахтачага боғланади, миллиметр қоғози ёрдамида кўз қорачиғи ўлчанади. 2. Кўз қорачиғига 2-3 томчи адреналин томизилиб, кўз қорачиғининг ҳолати кузатилади ва ўлчанади. Кўз қорачиғининг кенгайиши кузатилади. 2 – иш. Адреналин гормонининг юрак ишига таъсири. 1. Бақанинг кўкрак қафаси очилиб, юракнинг нормал иши ёзилади. ( Кордиограмма ). 2. Бақа юрадигади бир неча томчи адреналин томизилиб брак иши яна ёзилади. Юрак иши кучаяди, тезлашади. 25-Laboratoriya mashg`uloti: Insulin gormonining qondagi shakаr miqdoriga ta’siri Инсулин гормонининг қондаги шакар миқдорига таъсири. 4 та оқ сичқон олиниб вазни ўлчанади ва териси остига шприц ёрдамида инсулин, биринчи сичқонга 0,01 бирлик (10 гр. оғирлик-ка), иккинчисига 0,5 бирлик ва учинчисига – 1 бирлик, тўртинчиси-га эса 0.05 мл физиологшик эритма юборилади. Сичқонлар белгила-ниб эксикаторга солинади. Уларнинг ҳолати кузатилади. Агар сич-қонларда гипогликемик шок (қонда шакар миқдорининг камайиши-дан ҳушидан кетиш) содир бўлса, уларга 0.025-0.5 мл 1%ли глюко-за эритмаси юборилиб, унинг ҳолати кузатилади. 4 – иш. Инсулин ва адреналин гормонларининг органзм функция-ларига таъсири. (Инсулин шоки). 1. Тажриба учун 2 та оқ сичқон олинади. 2. Тери остига шприц ёрдамида 0,2 мл инсулин юборилади, 2-сичқонга 0,5 мл физиологик эритма юборилади. 3. Сичқонларнинг ҳолати кузатилади. 4. Агар инсулин юборилган сичқонда инсулин шоки ҳосил бўлса, унга (тери остига) 0,1 мл, адреналин ёки 1 мл 5%ли глюкоза эрит-маси юборилади. 5. Сичқонларнинг ҳолати кузатилади. Сичқонлар ҳолсизланади. 26-Laboratoriya mashg`uloti: Esteziometriya. Tananing turli sohalarida esteziometr orqali sezgi bo`sag`asini aniqlash Бунда тактил сезгини сезги майдони ва сезги бўсағалари аниқла-нади. Текширилувчи стулга ўтиради ва кўзини юмади. Энтезио-метрнинг (циркуль) икки учу бир-бирига мутлоқ яқинлаштирилиб, текширилувчининг тана қисмларига бир вақтнинг ўзида бир хил босим остида тегизилади. Бу ҳодиса бир неча марта қайтарилади. Ҳар бир қайтарилганда циркульнинг учларини 1 мм га кенгайтири-либ текширилади. Шу йўл билан сезгинимайдон бўсағаси аниқла-нади, яъни циркулнинг шкала учлари энг яқинлашганида ҳосил бўлган иккита сезги ҳиссиёти аниқланади. Нормал ҳолатда тилнинг учи учун 1,1 мм, лаб, бармоқларнинг кафт томонида – 2,2 мм, буруннинг учида 6,8 мм, кафтда 8,9 мм, орқа 54,1 мм, билакда 40,5 мм, сон ва елкада 67,6 мм. Қайднома бажарилган ишдан олинган натижалар жадвал шаклида берилади ва хуласа қилинади. Текширилувчи жойлар Сезги бўсағаси мм да 1. Орқа 2. Қўл учи Хулоса: 21-Laboratoriya mashg`uloti: Siydikning sifat taxlili Mashgʻulotning maqsadi: Siydikning solishtirma ogʻirligini, reaksiya koʻrsatgichini, siydik tarkibidagi qand, oʻt pigmentlari va oqsil borligini aniqlashni oʻrganish. Kerakli jihozlar va reaktivlar: hayvondan olingan yangi siydik, 500 ml li silindr, menzurka, urometr, termometr, lakmus qogʻozi. Gaynes reaktivi, probirkalar, spirt lampa, kontsentratsiya qilingan azot kislota, sirka kislotaning 10 protsentli, 2% li eritmasi, KMnO4 (marganets oksidi kaliyli tuzi)ning 1:1000 eritmasi, shisha voronka, pipetkalar, osh tuzining toʻyingan eritmasi, sulfosalitsil kislotaning 20 protsentli eritmasi. Ishning bajarilishi: Ishni bajarishda talabalar 3-4 guruhlarga boʻlinib, quyida keltirilgan ishlarni bajaradi. 1-ish. Siydikning solishtirma ogʻirligini aniqlash. Siydikning solishtirma ogʻirligini aniqlashda siydik menzurkaga quyiladi va unga urometr tushiriladi. Urometrni menzurkaning xech bir joyiga yani devorlariga tegmasdan turishi kerak. Menzurkadagi siydikning balandligi urometr darajalarining qaysi biriga toʻgʻri kelsa, undagi raqam siydikning solishtirma ogʻirligini koʻrsatadi. Urometr darajasi 15oC suyuqlikning solishtirma ogʻirligini koʻrsatishga moʻljallangan. Agar tekshirilgan siydik temperaturasi 15oC dan yuqori yoki past koʻrsatgichga ega boʻlsa, olingan natijaga qoʻyidagicha oʻzgartirish kiritish lozim: 15oC dan yuqori boʻlgan har 3o ga 0,001 solishtirma ogʻirlik qoʻshiladi, agar kam boʻlsa, har 3o uchun 0,001 solishtirma ogʻirlik olib tashlanadi. Masalan, siydik harorati 21oC solishtirma ogʻirlik 1,025 boʻlib chiqadi. Bu holda siydikning haqiqiy solishtirma ogʻirligi 1,025+0,002=1,027 boʻladi. 2-ish. Siydikning reaksiya koʻrsatgichini aniqlash. Siydikning reaktsiyasi, solishtirma ogʻirligi aniqlangandan keyin unga lakmus qogʻozi botirib qoʻyish yoʻli bilan aniqlanadi. Agar koʻk lakmus qogʻozi siydik ta’sirida qizarsa, siydik kislotalik reaktsiyaga, agar bordi-yu qizil lakmus qogʻozi koʻk rangga kirsa, siydik ishqoriy reaksiyaga ega boʻladi. Siydikning reaksiyasi neytral boʻlsa, lakmus qogʻozlarining rangi oʻzgarmaydi. Agar siydik amfoter reaktsiyasiga ega boʻlsa qizil lakmus qogʻozi koʻkaradi, koʻk lakmus qogʻozi qizaradi. 3-ish. Siydik tarkibidagi qandni aniqlash. Siydik tarkibidagi qandni aniqlash uchun bitta probirkaga 3-4 ml Gaynes reaktivi quyilib, qaynaguncha qizdiriladi, soʻngra unga tekshirilayotgan siydikdan 8-10 tomchi qoʻshiladi. Agar siydikda qand boʻlsa suyuqlik sariq rangga kiradi va qoʻngʻir yashil yoki qizil rangli mis (I) oksid (Cu2O) choʻkma hosil qiladi. Choʻkmaning qanday rangli boʻlishi siydikdagi qand miqdoriga qaraydi. 4-ish. Siydik tarkibida oʻt pigmentlarini aniqlash. Siydikdagi oʻt pigmentlari aniqlash uchun probirkalarning biriga 5 ml azot kislota solinadi. Probirkani yotiq holda tutib, unga ehtiyotkorlik bilan 1 ml siydik quyiladi. Agar siydikda oʻt pigmentlari boʻlsa, bir necha rangli xalqalar hosil boʻladi. Ulardan yashil ranglisi biluribin borligini koʻrsatadi. 5-ish. Siydik tarkibida oqsilni aniqlash. Siydik tarkibidagi oqsil, siydikni qaynatish yoʻli bilan aniqlanadi. Bunda bitta probirkaga 5 ml chamasida filtrlangan siydik solinadi. Agar siydik ishqoriy reaktsiyaga ega boʻlsa, ozgina kislota qoʻshiladi. Siydik kuchli kislota reaktsiyasiga ega boʻlsa, uning ustiga osh tuzining toʻyingan eritmasidan 1 ml quyiladi. Probirkadagi suyuqlikning ustki qismi spirt lampasida qizdiriladi. Suyuqlik yuzasi qaynay boshlashi bilan qizdirish toʻxtatiladi va unga sirka kislotaning 2% li eritmasidan 2-3 tomchi qoʻshiladi. Agar probirka tagida choʻkma hosil boʻlsa va sirka kislota ta’sirida erimasa, demak, tekshirilgan siydikda oqsil bor. Siydikdagi oqsil, kontsentrattsiyalangan azot kislota bilan ham aniqlanadi. Bunda bitta probirkaga kontsentratsiyalangan azot kislotadan 2-3 ml quyiladi. Keyin unga juda ehtiyot boʻlib probirka devori boʻylab 2-3 ml filtrlangan siydik qoʻshiladi. Agar siydikda oqsil boʻlsa, azot kislota bilan siydik orasida xira oq qavat hosil boʻladi. Bordi-yu siydikda oqsil oz miqdorda boʻlsa, bunday halqa birdan emas, balki 2-3 minutdan keyin hosil boʻladi. Siydikdagi oqsilni sulfosalitsil kislota bilan aniqlashda probirkaga 4 ml nordon reaktsiyali siydik olinadi va unga sulfosalitsil kislotasining 20 protsentli eritmasidan 8-10 tomchi qoʻshiladi. Siydikda oqsil boʻlsa, choʻkma yoki loyqa hosil boʻladi. Bu usulda juda kam miqdordagi (0,0015 protsentgacha) oqsilni ham aniqlash mumkin. Tajribani rasmiylashtirishga doir koʻrsatmalar. Siydikning solishtirma ogʻirligini, reaksiya koʻrsatgichini, siydik tarkibidagi qand, oʻt pigmentlari va oqsil borligini aniqlash davomida erishilgan natijalarni daftarga yozib, tegishli ravishda xulosalar qilinadi. 22-Laboratoriya mashg`uloti: Kraxmalning so’lak (enzimi) ta’sirida parchalanishi. Mashgʻulotning maqsadi: Soʻlakning ahamiyati, tarkibi, odam va hayvonlarda ajralish xususiyati, miqdorini bilish va soʻlak fermentlari ta’sirida kraxmalning gidrolizlanishini oʻrganish.
Bilim va koʻnikmalarni mustahkamlash uchun savollar 1. Soʻlak nima va u qayerda hosil boʻladi? 2. Soʻlakning tarkibi va xususiyatlarini tushuntiring? 3. Soʻlakning vazifasi va ahamiyatini tushuntiring? 4. Soʻlakning turli hayvonlarda ajralish miqdori va oʻziga xos xususiyatlarini ayting? 23-Laboratoriya mashg`uloti: MMashgʻulotning maqsadi: Me’da shirasining oziq moddalarni parchalash xususiyatlarini tekshirish Kerakli jihozlar va reaktivlar: probikalar shtativi, 6 ta probirka, Fibrin yoki tuxum oqsili, me'da shirasi, NaOH, 4% HC1, muz, suv hammomi. Ishning bajarilishi: Me’da shirasining parchalash xususiyatini aniqlash uchun 6 ta probirka olib, raqamlanadi va hamma probirkaga bir xil miqdorda fibrin yoki tuxum oqsili solinadi. Tajribaga ishlitiladigan me’da shirasini baravar 3 qismga boʻlib, bir qismini qaynatiladi, ikkinchi qismiga NaOH qoʻshib, undagi kislotani neytrallanadi. Uchinchi qismini 1- va 6-probirkalarga baravar miqdorda solinadi. 2-probirkaga qaynatilgan me’da shirasidan, 3-probirkaga neytrallangan me’da shirasidan, 4-probirkaga 4% xlorid kislotasidan va 5-probirkaga distillangan suvdan solinadi.1,2,3,4,5-probirkalarni 37-38°C darajali suv hammomiga solinadi va 6-probirkaga muz solingan kolbachani 15 daqiqa qoʻyiladi. 15 daqiqadan keyin hamma probirkalarni suv hammomidan olinib, vodoprovod suvida sovutiladi va probirkalarda oqsil bor-yoʻqligini aniqlab bilish uchun biuret reaktsiyasi oʻtkaziladi (har bir probirkaga CuSO4 dan 1 tomchi tomiziladi, bu vaqtda oqsil koʻk-gunafsha, peptonlar esa qizil-gunafsha rangga aylanadi). Probirkalarda hosil boʻlgan ranglarga asoslanib, qaysi probirkada fibrin yoki tuxum oqsili parchalanganligi aniqlanadi. Tajribani rasmiylashtirishga doir koʻrsatmalar: me’da shirasining hazm qilish qobiliyatini aniqlashga moʻljallangan tajriba oʻtkazishdagi aniqlangan farqlarni tahlil etib, olingan natijalar boʻyicha tegishli xulosa daftarga yozilsin. Bilim va koʻnikmalarni mustahkamlash uchun savollar 1. Me’da sekretsiyasi va uning fazalari? 2. Me’daning tuzilishi. Medadan ovqat luqmasining evakuatsiyasi? 3. Me’dadan qanday fermentlar ajralib chiqadi? 4. Odamning me’da shirasida necha % HCl bor? Download 20.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling