O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi termiz davlat pedagogika instituti pedagogika va san’at fakulteti


Download 1.7 Mb.
Sana22.04.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1382066
Bog'liq
5 - амалий машғулот


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYaLAR VAZIRLIGI


TERMIZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI


PEDAGOGIKA VA SAN’AT FAKULTETI

TEXNOLOGIK TA’LIM” KAFEDRASI





MATERIALShUNOSLIK’’


fanidan
Amaliy mashg‘ulot uchun
tarqatma ma’lumot


Termiz 2023y.
5- Amaliy mashg‘ulot
MIM – 7 va MIM – 8 metallografik mikroskoplarni tuzilishini o‘rganish

Odatda Fe-Fe3C qotishmalarining tuzilishini o‘rganish uchun qotishmadan taxminan 10x10 ml namuna kesib olinib, uning bir tomoni egovlanadi yoki charx toshda tekislanadi. Keyin bu yuzani donlari maydalanib boradigan jilvir qog‘ozlar bilan silliqlanib, so‘ngra movut qoplangan, xrom yoki temir oksidlarning suvli eritmasi bilan xo‘llangan yoki G.O.I. pasta surkab aylanuvchi diskda ishqab jilolanadi yoki elektr jilolanadi. Keyin ularning mikrostrukturasini o‘rganish uchun 3 - 8 % li kislota eritmalari ta’sir ettiriladi. Masalan, qora metallar qotishmalarining tuzilishini o‘rganishda, ko‘pincha, yuza nitrat kislota (НNO3)ning spirtdagi 4 -5 % li eritmasida bir necha sekund ushlanib, keyin suv bilan yuvilib, spirtda namlangan paxta bilan artib quritiladi. Bunday tayyorlangan namuna shlif deyiladi.



5.1-rasm Zamonaviy metallografik mikraskoplar ko‘rinishi

5.2-rasm. Metallografik mikroskopning ko‘rinishi (a) va unda nurning yo‘nalish sxemasi (b):
1 – lampochka, 2 – filtr, 3 – okulyar, 4 – nur yo‘naltirgich, 5 – stol, 6 – mikrovint,
7 – xomaki rostlash vinti, 8 – kaseta, 9 – transformator

5.3-rasm. Texnikaviy temir va uglerodli turli tarkibli po‘latlarning mikrostrukturalari:
a – tarkibida uglerodi 0,005% bo‘lgan temir, b – uglrodi 0,2%li po‘lat, v – uglerodi 0,6%li po‘lat, g – uglerodi 0,75%li po‘lat, d – uglerodi 0,83%li po‘lat, ye – uglerodi 1,2%li po‘lat.

Shlifni MIM 7 yoki boshqa metallografik mikroskopda 200 - 300 marta kattalashtirib tuzilishi kuzatiladi. Metallarning tuzilishini yanada chuqurroq kuzatish zarur bo‘lgan hollarda elektron mikroskoplarda 7000 - 25000 marta kattalashtirib kuzatiladi. Shuni qayd etish zarurki, namuna yuziga kislota eritmasi ta’sir ettirilganda uning fazalarining turlicha yemirilishi natijasida yuzida g‘adir-budurlik hosil bo‘ladi. Bunda shlif yuzasiga yo‘naltirilgan nurni ob’ektivga to‘g‘ri qaytargan donalari og‘ish, chetga qaytargan donalari qoramtir bo‘lib ko‘rinadi (5.2-rasm) da metallarning mikro tuzilishini 60 - 1350 martagacha kattalashtirib o‘rganishda foydalanadigan MIM7 metallografik mikroskopining umumiy ko‘rinishiva 2-rasm, b da nurning yo‘nalish sxemasi keltirilgan. Mikroskop yordamida metall tuzilishini o‘rganishda zarur ob’ektiv va okulyar olinib, mikroskop tok manbaiga ulangach, uning stolidagi kerakli o‘lchamli teshikli diskka shlif qo‘yiladi va okulyar orqali tuzilma avvaliga vint 7 bilan xomaki, keyin esa vint 6 ni burab uzil-kesil rostlanadi. Shlifning turli uchastkalarini kuzatish uchun vintlar 10 dan foydalaniladi. Bunda fazalarigina emas, ularning shakli va o‘lchamlari, g‘ovakliklar, darzlar va boshqalar ham kuzatiladi.



5.4-rasm. Qayta ishlanadigan cho‘yanlarning mikrostrukturasi
a – ledeburit, b – perlit+ledeburit, v – sementit+ledeburit

5.5-rasm. Quyma cho‘yanlarning mikrostrukturasi.
a – asosi ferlitli quyma cho‘yan, b – asosi ferrit+perlitli quyma cho‘yan, v – asosi perlitli quyma cho‘yan.


O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar
1.Po‘lat deb qaiday qotishmaga aytamiz, uning qanday xillarini bilasiz va ba’zi markalarini yozib ko‘rsating.
2.Cho‘yan deb qanday qotishmaga aytamiz, uning qanday xillarini bilasiz va ba’zi markalarini yozib kursating.
3.Po‘lat yoki cho‘yanlarning tuzilishiga ko‘ra ularning xili, markalarini qanday aniqlash mumkin?
4.Uglerodli po‘latlarda uchraydigan asosiy fazalar va ularning xarak teristikasini aytib bering?
5.Yumshatilgan uglerodli po‘latlar qanday tuzilishga ega bo‘ladi?
Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling