Reagin turi (krapivnitsa, anaf shok) Immun komplekslar bilan jarohatlanish
Download 39.05 Kb.
|
O’tkir allergozlar
DiapedezDiapedez — qon tomirlari devorlari buzilmagani holda qon shaklli elementlarining qon tomiridan tashqaridagi to’qimalarga chiqishi. Shunday qilib, anafilaktik shokda gistamin va boshqa biologik moddalarning ta’siri natijasida qon tomirlar o’z tarangligini (tonusini) yo’qotadi, oqibatda periferiya qon tomirlar qarshiligining keskin pasayishi tufayli qon bosimi pasayib ketadi. Qon tomirlar tonusining pasayishi periferik qon tomirlarga hamda vena qon aylanish doirasida qonning dimlanishi, qon aylanish doiralarida qon miqdorining keskin kamayib ketishiga olib keladi. Vena qon aylanish doirasida, kapillarlarda qonning to’planishi, qon aylanish doirasida aylanayotgan qonning nisbatan kamayishiga sabab bo’lib, gipovolemiyaga, ya’ni yurakka oqib kelayotgan qonning kamayib ketishiga olib keladi. Natijada to’lish bosimi pasayib ketadi. Yurakning zarbali hajmi ham kamayadi. Keyingi yillarda o’tkazilgan tekshirishlar yurak mushaklari qisqarishi qobiliyatining to’g’ridan to’g’ri buzilishi, yurakda ortib borayotgan qon hajmining kamayishiga olib kelishini isbotlab berdi. Demak, yurak ish unumdorligining pasayishi qon bosimining yanada tushib ketishiga sabab bo’ladi. Kasallik belgilari. Kasallikning ikki xil ko’rinishi bo’lib, belgilari jihatidan juda tez o’tadigan hamda sekinroq rivojlanadigan turlari farq qilinadi. Tez — yashin tezligida o’tadigan anafilaktik shokda kasallikning belgilari haddan tashqari tez boshlanib, rivojlanadi va bir necha daqiqa davomida o’lim bilan tugaydi. Bemorda oldiniga holsizlik, to’sh orqasida og’riq, ko’ngil aynishi, o’lim talvasasi paydo bo’lib, tezda hushini yo’qotadi. Bularning hammasi shunchalik tez sodir bo’ladiki, bemor qanday qilib hushini yo’qotganligini aytib ulguradi, xolos. Bu holda bemordan sovuq ter chiqadi, rangi bo’zarib ketadi. Ayniqsa, yuz ko’rinishi alohida tusga kirib bir necha daqiqa ichida o’zgarib ketadi. Tomir urishi ipsimon, kuchsiz va yuzaki yoki bilinarbilinmas bo’ladi. Agar anafilaktik shok halqum shishi bilan birga sodir bo’lsa, stridor tusga kiradi. Stridor — hiqildoqda o’sgan o’sma, hiqildoq mushaklari innervatsiyasining buzilishi tufayli vujudga keladigan xirillab ovoz chiqishi. Bunda bemorning yuz terisi ko’kargan bo’lib, bo’yin venalari bo’rtib chiqadi va yaqqol ko’zga tashlanadi. Ko’pincha bemorda klonik tortishish alomatlari sodir bo’lib, u siydigini va ichini tutolmaydi. Ayrim hollarda a’zolarning tabiiy teshiklaridan (og’iz, quloq, jinsiy a’zolardan) qon ketish alomati ham kuzatiladi. Anafilaktik shokning sekinroq o’tadigan turida kasallikning shiddatli boshlanishi kuzatilmaydi: bemor tanasida issiqlik belgisi, quloq shang’illashi, holsizlik, tomoqda qichishish alomati, ko’z shilliq pardasida yallig’lanish, yosh oqishi, quruq qattiq chiyillash alomati bilan yo’tal, butun organizm bo’ylab qichishish sezgisi, qorinda tutib-tutib bo’ladigan qattiq og’riq, ich kelishi va siyishga kuchaniq alomatlari (tenezmalar) paydo bo’ladi. Bemor ko’zdan kechirilganda terining qizarishi, qavariq toshmalarning toshishi, ko’z qovoqlarida va quloq pardasida shish bilan bir qatorda, allergik konyunktivit, rinit, o’pkada esa chiyillaydigan xirillash alomatlari kuzatiladi. Qon bosimi pastga tushib, katta yoshdagi kishilarda simob ustuni hisobida 70/40 mm bo’ladi. Bu belgilardan so’ng bemorda alahlash alomatlari paydo bo’ladi. Bemor es-hushini yo’qotadi, ko’z qorachiqlari kengayib, yorug’likda o’zgarmaydi. Tez hushini yo’qotish, o’tkir kollaps va tirishish bilan ro’y beradigan shiddatli anafilaktik shok xavfli holat bo’lib, bir necha daqiqa ichida bemorni o’limga duchor qilishi mumkin. Download 39.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling