Tibbiyot mikrobiologiyasi
Download 15.11 Kb.
|
KARIMOVA OYBARCHIN
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI BIOLOGIYA FAKULTETI BIOLOGIYA YO’NALISHI 4-KURS 408-GURUH TALABASI KARIMOVA OYBARCHINNING “TIBBIYOT MIKROBIOLOGIYASI” FANIDAN TAYYORLAGAN ISHI MAVZU; VIRUSLI INFEKSIYALAR DIAGNOSTIKASI. O'tkir respirator virusli infeksiyalarning klinik kechishiga va og'irligiga qarab bir-biriga juda o'xshash belgilar namoyon bo'ladi. Shu sababli respirator virusli infeksiyalarning umumiy kechimiga to'xtalmoq zarur. Bu guruhga gripp, paragripp, adenovirusli kasallik, reovirusli kasallik, respirator-sinsitial infeksiya va rinovirusli infeksiyalar kiradi. GRIPP Asosiy xususiyatlari. Yashirin davri bir necha soatdan 1—2 kungacha, kasallik to'satdan boshlanadi, ommaviy epidemiya keltirib chiqaradi, yuqori va o'rta nafas yo'Ilari yallig'lanadi, bosh og'rig'i, ko'z kosachasi va olmalarida og'riq, oyoq-qo'l mushaklari harakatlantirilganda og'riq, yuqori harorat, zahar- lanish belgilari baland bo'ladi, kasallik qisqa vaqt (3—6 kun) davom etadi. Gripp to'satdan boshlanuvchi yuqumli kasallik bo'lib, yuqori zaharlanish belgilari, nafas yo'Ilari yallig'lanishi, bosh, ko'z olmalari va kosachasi, oyoq-qo'l mushaklarida og'riq va kasallikning qisqa m uddatda davom etishi bilan xarakterlanadi. Tashxisi. Tashxis qo'yish klinik va epidemiologik usulda olib boriladi. Laboratoriya usullaridan erta diagnostika maqsadida burun-halqumdan olingan surtniadan imimmoferment analizi (IFA) usulida virus RNK sini topish qo'llaniladi. Gemagglyutinatsiya reaksiyasi, gemagglyutinatsiyani to'xtatish reaksiyasi yordamida (juft zardob usulida) virusni neytrallovchi antitelolar titrining o ’sishini aniqlash bilan retrospektiv tashxis qo'yiladi. Buning uchun kasallikning birinchi kunlarida va 5—6 kun o ’tkazib ikkinchi marotaba qon zardobi tahlil qilinadi. Bunda antitelolar titri birinchi marotaba aniqlanganidan 4 —5 barobar ortgan bo'lishi lozim. Rinositoskopiya, shuningdek, virusni ajratish usullaridan foydalaniladi. Download 15.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling