Tibbiyot mikrobiologiyasi


Download 15.11 Kb.
bet2/4
Sana01.04.2023
Hajmi15.11 Kb.
#1317826
1   2   3   4
Bog'liq
KARIMOVA OYBARCHIN

Paragripp viruslari (PV). Odamlarda yuqori nafas yo‘llarining shilliq qavatlarida paragripp kasalligini (para-oldida, yunoncha) keltirib chiqaradi. Kasallik ko‘proq bolalarda kuzatiladi. Bolalarda kasallik larengotraxeobronxit ko‘rinishda o‘tib, yolg'on krup deb ham ataladi ( 1,2 tiplari chaqiradi). Virusning 3 tipi bir yoshgacha bolalarda bronxit va zotiljam kasalliklarini keltirib chiqaradi.
Epidemik parotit virusi (tepki). 0 ‘tkir yuqumli infeksion kasallik bo‘lib asosan quloq oldi bezini jarohatlab, ko'pincha birdan bolalar orasida epidemiya boshlanishi mumkin. Epid parotit virusini bitta serovari uchraydi. Qizamiq virusi (QV). Virus dastlab yuqori nafas yo‘ lidagi epitelial hujayralarga kiradi va shilliq qavat, burun-halqum, traxeya va bronxlarning epiteliy hujayralarida ko'payadi, so'ngra qonga tushadi. Virus qon kapillyarlarining endoteliy hujayralarini shikastlaydi. Bu hujayralar nekrozga uchrashi natijasida terida toshmalar paydo bo'ladi. Ayrim hollarda virus markaziy nerv sistemasiga borib ensefalomielitni keltirib сhiqaradi.
Virusologik tekshiruv. 0 ‘tkir respirator virusli kasalliklarda tekshirish uchun material burun halqum chayindisi, balg‘am va boshqalar bo‘lishi mumkin. Patologik material hujayra yoki tovuq embrioniga yuqtirishdan oldin, ularning tarkibidagi boshqa mikroorganizimlami yo‘qotish uchun antibiotiklar bilan ishlov berilib (pensillin, streptomitsin 1000 ТВ mi) sentrifuga qilinadi. Virusologik ishlar hammasi bokslarda o‘ta steril sharoitlarda olib boriladi.
Suvchechak va o‘rab oluvchi temiratki viruslarning tashxisi
Tekshirish uchun teridagi toshmalardan material burun halqum suyuqligi. qon olinadi. Bemorga laboratoriya tashxisini qo‘yish uchun virusoskopik, virusologik va serologik usullaridan foydalaniladi. Tezkor tashxisda vezikula suyuqliklaridan tayyorlangan surtmalar Romanovskiy Gimza usulida bo‘yaladi, bunda katta, ko'p yadroli hujayralar va yadro ichi kiritmalari topiladi. Maxsus antigenni aniqlash uchun IF, IFA va KBR qo'llaniladi.

Download 15.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling