Tibbiyot mikrobiologiyasi
Download 15.11 Kb.
|
KARIMOVA OYBARCHIN
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gepatit С
- Laboratoriya diagnostikasida asosan IFA, BGAR. PZR kabi
- OITS kasalligi laboratoriya tashxisi
- Serologik usullardan
Gepatit В virusi — gepadnaviruslar oilasiga kiruvchi, DNK — saqlovchi virus boMib. zardob gepatitini qo‘zg‘atadi. Virusning olchami 42 nm. Uni 1970-yilda D.Deyn aniqlagan. Virus genomi halqa shaklidagi ikki ipli halqasimon DNK hosil qiladi. Kasallikning inkubatsion davri 2-6 oy va undan ham uzoq bo‘lib, yengil simptomsiz shakldan boshlab, og'ir kechadigan shakllari ham uchraydi. Ko'pincha kasallik xronik shakllarda kechadi; sirroz va jigar raki kelib chiqadi. Kasallik boshlanishida virus qon orqali jigarga kirib, gepatotsitlarda ko‘payadi va ularni zararlaydi. Kasallikning o‘tkir shaklida sariqlik oldi davri va sarg'ayish davrlari tafovut qilinadi. O'tkir gepatitning asosiy belgisi sariqlik hisoblanadi. Uning qariyib 90% ini subklinik, simptomsiz shakllari tashkil qiladi. Bunday paytlarda, asosan biokimyoviy tekshirishlar asosida (bilirubin, aminotransferazalarning oshishi) kasallikka tashxis qo'yiladi.
Gepatit С virusi RNK tutadi. parenteral ya’ni ifloslangan shprits ninalari orqali yuqadi. Gepatit E virusi RNK tutadi, og‘iz orqali yukadi, 32-34nm kattalikda bo'ladi. Gepati D virusi RNK tutadi, 36 nm kattalikda, ichki oqsili-D-antigen vazifasini bajaradi. Virus genomi juda kichik bo'lganligi sababli virusning reproduksiyasi uchun yordamchi virus kerak, bu vazifani gepatit В virusi bajaradi. Gepatit D virusi mustaqil ravishda gepatotsit hujayralarida replikatsiya bo4a olmaydi. Shuning uchun bu virus gepatit В bilan birga kelib kasallik patogenezining og‘ir o‘tishiga sababchi bo'ladi. Laboratoriya diagnostikasida asosan IFA, BGAR. PZR kabi serologik reaksiyalar qo‘llaniladi. В gepatiti bilan og'rigan kasaila" qon zardobida, kasallik yuqqandan so'ng 3-5 hafta o4gach, HBs - antigenini (avstraliya antigeni) aniqlash mumkin. Bu antigenning yo‘q bo'lishi - sog’ayish yoki sog‘ayayotganlikdan darak beradi. Virusning jigar hujayralariga ко pincha kirib joylashib olishi, surunkali gepatitga olib keiadi. O’tkir virusli В gepatitida HBs ga qarshi oqsil boMgan antitelalar juda kam topiladi. OITS - (orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi) limfotrop viruslar qo'zg'atadigan va organizmda immunitet yetishmay qolishi, shuning oqibatida turli kasalliklar paydo bo‘lishi, xavfli o'smalar rivojlanishi bilan xarakterlanadigan xavfli yuqumli kasaliikdir. Oxirgi yillarda bu kasallik ver yuzida deyarli hammaning diqqatini jalb qilmoqda. Yil sayin OITS kasalligi ko‘payib bormoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra yer sharida har bir daqiqa da bitta odam OITS bilan zararlanmoqda. Shuning uchun ham bu kasallikni XXI asrning o4ati deb atalmoqda. Rasmiy maMumotlarga qaraganda 2014- yilda dunyo bo‘yicha kasallanganlar soni 36,9(34,3- 41,4) mln. ni tashkil qilgan. OIV infektsiyasi Sharqiy Osiyo, Shimoliy Afrika, Yaqin sharqda nisbatan kam qayd etilgan. Eng ko'p kasallikga chalinganlar Janubiy Afrikada istiqomat qiluvchi aholi bo‘lib. ularning soni 2014-yilga kelib 25,8(24,0-28,7)mln.ni ko‘rsatgan. Asr oxiriga kelib yer sharida zararlanganlar soni 40 mln.dan ortib ketadi, bu esa 2- jahon urushida o'lgan odamlar sonidan 2 barobar ko‘p Achinarlisi shundaki, zararlanganlarning aksariyati yoshlardir. OITS kasalligi laboratoriya tashxisi Laboratoriya tashxisida asosiy yo‘nalish, 01V va uning markerlarini, immun sistemasidagi o'zgarishlarni aniqlash hisoblanadi. Tekshirish uchun bemordan qon, sperma, ko‘krak suti, likvor olinadi. Virusni elektron mikroskop yordamida ko‘rish mumkin. Serologik usullardan: IFR, IFA, RIA, immunobloting kabi reaksiyalar bemor va tashib yuruvchilar qonidagi virusga qarshi antitelalami aniqlash imkonini beradi. Download 15.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling