Havo tomchi infeksiyalari Gripp
Download 21,75 Kb.
|
Havo tomchi infeksiyalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Grippning asosiy belgilari
- Gripp og‘ir shaklga o‘tmasligi va asorat qoldirmasligi uchun quyidagi holatlarda shifokorga murojaat qilish shart. Bolalarda
Havo tomchi infeksiyalari Gripp – yuqumli respirator kasallik, qo‘zg‘atuvchisi – gripp virusi. Qishda va erta bahorda ko‘p kuzatiladi. O‘RVI – o‘tkir respirator virusli infeksiyalar guruhi. Bu guruhga respirator-sinsitial infeksiya, rinovirus, adenovirus va yuqori nafas yo‘llarining boshqa infeksiyalari kiradi. Har ikki kasallik ham havo-tomchi yo‘li orqali va bemor bilan kontaktga kirishganda yuqadi. Ikkovining belgilari juda o‘xshash, ammo gripp xavfliroq. O‘RVIning asosiy belgilari:
Grippning asosiy belgilari:
Har ikki kasallikda ham yo‘tal, bosh og‘rig‘i va holsizlik kuzatiladi. O‘RVI va grippning namoyon bo‘lishidagi asosiy farq – grippda tana haroratining keskin ko‘tarilishi kuzatiladi. O‘RVI o‘z vaqtida to‘g‘ri davolansa, asoratlarsiz kechadi. Ammo grippning og‘ir shakllarida asoratlar, xususan, pnevmoniya yuzaga kelishi mumkin. Gripp og‘ir shaklga o‘tmasligi va asorat qoldirmasligi uchun quyidagi holatlarda shifokorga murojaat qilish shart. Bolalarda – nafas olishning tezlashishi, rangparlik yoki teridagi ko‘kimtirlik, suv ichishdan bosh tortish, uzoq vaqt uxlash, jizzakilik, ozgina tuzalishdan keyin kasallik belgilarining birdaniga qaytalanishi, toshma bilan kechuvchi isitma kuzatilsa. Kattalarda – nafas olishning qiyinlashuvi va nafas yetishmovchiligi, ko‘krak va qorin qismidagi og‘riq, to‘satdan kuzatiluvchi bosh aylanishi, kuchli va davomli qusish, tafakkurning xiralashuvi, kasallik yengillasha boshlaganda yana belgilarning paydo bo‘lishi. Gripp va O‘RVI yosh, jins, irq tanlamagan holda barcha uchun birdek xavflidir. Shunga qaramay, uni yuqtirishda asosiy xavf guruhiga quyidagilar kiradi:
Download 21,75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling