Havo tomchi infeksiyalari Gripp
Download 21.75 Kb.
|
Havo tomchi infeksiyalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qanday himoyalanish mumkin Shaxsiy gigiyena
- Burunni chayish
- Niqob taqish
- Nam tozalash
- Vaksina Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mavsumiy yuqumli kasalliklardan, xususan, grippdan himoyalanishda eng yaxshi vosita sifatida emlashni tavsiya etadi
Kasallikning kechishi
Virusli yuqumli kasalliklarning inkubatsion (belgilarsiz) davri 2–5 kun davom etishi mumkin. Keyin esa kasallikning klinik belgilari yaqqol ko‘zga tashlana boshlaydi. Kasallikning kechish darajasi bemorning yoshi, immuniteti, xastalik qo‘zg‘atuvchisi bo‘lgan virusga nisbatan antitanachaning bor-yo‘qligiga bog‘liq. Qanday himoyalanish mumkin? Shaxsiy gigiyena Ko‘plab kasalliklar kir qo‘llardan boshlanadi. Eshik tutqichlari, jamoat joylaridagi ochiq yuzalarga tekkandan so‘ng qo‘llarni sovunlab yuvish, antiseptikdan foydalanish muhim. Shuningdek, bemor odam bilan kontaktda bo‘lish ham kasallik yuqishining asosiy yo‘llaridan biri. Shu bois gripp belgilari ko‘rinib turgan shaxs bilan aloqaga kirishmaslik, uni yakkalash maqsadga muvofiq. Burunni chayish O‘tkir respirator virusli infeksiyalar havo-tomchi yo‘li bilan yuqishi bois burun bo‘shlig‘i kasallik uchun darvoza vazifasini bajarishi mumkin. Shuning uchun kasallik mavsumida burunni chayib turish maqsadga muvofiq. Bir litr qaynatilgan suvga 1 oshqoshiq osh tuzini eritib, shu suv bilan burunni chayish kerak. Bunda: suv kaftga olinib burunning bir teshigi bilan nafas orqali tortiladi. Keyin suv tortilgan teshikni barmoq bilan yopib, nafas chiqarish orqali ikkinchi teshikdan suv chiqarib tashlanadi. Niqob taqish Ko‘cha-ko‘yda O‘RVI bilan kasallanganlar aksirganda, yo‘talganda havoga tarqaluvchi viruslarga nishon bo‘lmaslik uchun mavsum chog‘ida jamoat joylarida niqobda yurish tavsiya etiladi. Imkoni boricha jamoat joylarida yurmaslik esa eng yaxshi profilaktika. Nam tozalash Viruslar quruq va issiq muhitda yaxshi rivojlanadi. Shu bois xonada vaqti-vaqti bilan nam tozalash ishlarini olib borish, shamollatish kerak. Va albatta, sog‘lom ovqatlanish, jismoniy faollik, o‘z vaqtida uyqu rejimiga rioya qilish profilaktikaning ajralmas qismidir. Vaksina Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mavsumiy yuqumli kasalliklardan, xususan, grippdan himoyalanishda eng yaxshi vosita sifatida emlashni tavsiya etadi. Mavsum avvalida grippga qarshi vaksina olish uni yuqtirish ehtimolini 90 foizga, og‘ir kechish ehtimolini esa 60 foizga qisqartiradi. Emlashning kuzning avvalida olish maqsadga muvofiq, chunki kasallik keng tarqalgan davr noyabr-mart oylariga to‘g‘ri keladi. Davolanish Har bir organizm individual va kasallikni o‘ziga xos tarzda kechiradi. Mavsumiy gripp va O‘RVIni davolashda quyidagi umumiy tavsiyalarga rioya etish muhim: Yotoq rejimiga qat'iy rioya qiling. Ko‘proq suyuqlik (qaynatilgan suv, limonli/malinali/asalli choy) iching. Tana haroratini doimiy nazorat qilib turing. Taomnomaga e'tibor qarating: S, A, Ye, D3 vitaminlari va beta-karotinga boy mahsulotlarni ko‘proq iste'mol qiling. Bular: sitrus mevalari, qizil bulg‘or qalampiri, brokkoli karami, karam, na'matak, rezavor mevalar, baliq, jigar, sariyog‘, tuxum sarig‘i, sabzi, ismaloq, qovoq, yong‘oq, o‘simlik moylari. Ishtahangiz bo‘lmasa ham ovqatlaning. Bemor yotgan xona tez-tez shamollatilishi va nam tozalash ishlari olib borilishi kerak. Download 21.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling